topshiriq.Uslubiy qo‘llanmaga berilgan annotatsiya namunasidan foydalanib, biron-bir fan bo‘yicha darslik yoki qo‘llanmaga annotatsiya yozing.
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkistonda qishloq xo'jaligi
ANNOTATSIYA- Rossiya imperiyasi istilosi bilan bog‘liq bo‘lgan XIX asr oxiri – XX asr boshlari Vatanimiz tarixini o‘rganishda alohida muhim bosqich hisoblanadi. Bu davrda faqat siyosiy emas, balki o‘lka hayotining barcha sohalarida katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Shunday o‘zgarishlardan biri qishloq xo‘jaligidir. To‘xtaboev Rustamning “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda qishloq xo‘jaligi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishida qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq o‘zgarishlar: qonuniy asoslarning yaratilishi, yangiliklarning joriy etilishi, shu jumladan soliq va majburiyatlar bilan bog‘liq masalalar haqida ma’lumotlar berilgan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida Turkistonda xo‘jalikning asosiy turlari bo‘lgan dehqonchilik va chorvachilik masalasi yoritilgan. Bu sohadagi ishlar tarixiy adabiyotlar asosida taxlil qilingan va xulosalar berilgan.
topshiriq.Berilgan namunalardan foydalanib, 7- mavzuda berilgan ilmiy maqolaga annotatsiya yozing.
NIZOLAR VA ULARNING YUZAGA KELISH TASNIFI
Jalilov Aktam Tashnazarovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori, siyosiy fanlar doktori. Annotatsiya: Mazkur maqolada nizolar, ularning tasnifi, korxona va tashkilotlarda yuzaga keladigan nizolarning ish samaradorligiga ta’siri, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda bu borada xorijiy olimlarning nazariyalari tadqiq etilgan.