Guruh talabasi Maxsudov Elyorbek Qabul qildi: Rayimoh Abdulhamid 11- mavzu Sovet hokimyatining O’zbekistonda amalga oshirgan siyosiy, iqtisodi-ijtimoiy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati. Reja



Yüklə 193,13 Kb.
səhifə11/24
tarix19.05.2023
ölçüsü193,13 Kb.
#117004
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
3-mustaqil ish O\'zbekiston tarixi

1966-1970 yillarda sanoatda zo’raki jadallashtirish natijasida yangi (ko’mir, uran, neft ishlab chiqaruvchi) sohalar rivojlandi. Respublikada kimyo tolasi, organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, boshqarishning butkul markazlashtirilishi ko’p o’tmay samara bermay qo’ydi.
Ikkinchi jahon urushi O’zbekiston aholisining soni va tarkibiga, respublika iqtisodiy taraqqiyotiga nihoyatda salbiy ta’sir ko’rsatgan. Lekin, 1971 yildan - 1985 yillarga qadar O’zbekiston xalq xo’jaligida ishchi va xizmatchilar soni 2641,5 mingdan 4833,5 ming nafarga ko’paydi. Biroq, bu o’sish sun’iy ravishda, ya’ni respublikamizga tashqaridan ko’plab kishilarni ko’chirib keltirish hisobiga ro’y berdi.
Aholi tarkibida ishchilar soni anchagina o’sganiga qaramay, respublikamiz bu ko’rsatkich bo’yicha sobiq ittifoq respublikalari ichida 1979 yilgi ma’lumotga ko’ra, 13 o’rinda turar edi.
Toshkent shahrida 1985-1986 yillarda mehnat resurslari ortiqchaligi 200 ming kishi bo’lishiga qaramay, respublikaga tashqaridan 125 mingga yaqin ishchi va mutaxassislar jalb qilindi.
Shu bilan birgalikda ishlab chiqarishda band bo’lmagan aholi soni ortib bordi. Ularning soni 1983yilda 836 ming nafarni tashkil qildi.
Sanoatning zamonaviy tarmoqlarida "o’zbek xalqi go’yo ishlashga qodir emasligi" va shu munosabat bilan ko’p yoshlar ishsiz yurganligi haqida asossiz turli mulohazalar keng tarqaldi. Darhaqiqat respublikamizda 80-yillar oxirida bir mln.ga yaqin ishsizlar bor edi. Biroq, buning boisi ularning ishlash ishtiyoqi yo’qligidan emas, balki yuqorida ta’kidlanganidek, asosan markazning maxsus yo’naltirilgan siyosati tufayli va qolaversa ba’zi mahalliy mutasaddi rahbarlar tomonidan ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullari yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi, ularning ish joylari, turar joy, bolalar bog’chalari, hunar-texnika bilim yurtlari bilan ta’minlash imkonini yetarlicha yarata olmaganidandir. Urushdan keyingi yillari partiya va hukumat rahbarligiga nazariy jihatdan kam tayyorlangan, ish tajribasi yetarli bo’lmagan xodimlar keldi. Davlatni boshqaruv tizimida mahalliy xalq vakillari faqat 47 foizni tashkil qildi. Partiyaga qabul qilishga yuzaki, to’ralarcha yondashuv natijasida qabul qilinganlarning ko’pchiligini ishchi va dehqonlar tashkil qilib, ilg’or ziyolilar, malakali mutaxassislar rahbarlik ishlaridan chetlashtirildi. O’zbekiston SSR Oliy va mahalliy kengashlariga saylovlar yuzakilashib, oldindan tuzilgan ro’yxat va reja asosida deputatlikka nomzodlar ko’rsatildi. Saylovchilarning 99,9 foizi ovoz berishda qatnashib, "yakdillik" bilan kommunistlarning vakillariga ovoz berdi. Bu qanchalik haqiqatga to’g’ri keladi, tushunish qiyin emas. Sovetlar faoliyatida yuzakichilik, qog’ozbozlik kuchaydi. Oliy Sovetning, ayniqsa mahalliy sovetlarning sessiyalari vaqtida chaqirilmasdan undagi masalalar ko’pincha muhokama qilinmay yoki hurfikrliliksiz qabul qilinardi. Saylangan sovetlar vazifasini uning ijroiya qo’mitalari bajaradigan bo’ldi. Sovetlarga deputat bo’lib saylanganlarning aksariyat qismi jamiyat taraqqiyotining qonunlaridan xabarsiz, umuman hokimiyatni boshqarish masalalari bilan qiziqmaydigan shaxslar edi. Ayniqsa oliy sovetlarga saylangan deputatlar rus tilida olib borilgan sessiya majlislarida respublika manfaatlarini himoya qiladigan darajada faoliyat ko’rsata olmasdi.

Yüklə 193,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin