Guruh talabasi ning biorganik kimyo fanidan amaliy mashg’uloti namangan 2023



Yüklə 371,38 Kb.
səhifə16/33
tarix28.09.2023
ölçüsü371,38 Kb.
#150370
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
BIORGANIKA

_______________________________
2-MAVZU: ACHITQIDAN NUKLEOPROTEINLARNI
AJRATIB OLISH VA GIDROLIZLASH.
Kerakli asbob va reaktivlar: chinni hovoncha, pipetka, laboratoriya sentrifugachi, sentrifuga tarozisi, shisha tayoqcha, 25-30 sm uzunlikdagi shisha nay yoki qaytar sovitgich, gaz gorelka yoki spirt lampa, sentrifuga probirkalari, oddiy ximiyaviy probirkalar, efir (dietil efir), 5% li sirka kislota H2SO4 ning 10% li eritmasi, NaON ning 0,4; 10; 30% li eritmalari, CuSO4 ning 1; 7% li eritmasi, kontsentrlangan ammiak eritmasi, molibden reaktivi, toza qum, quritilgan achitqi.
Nukleoproteinlarning ximiyaviy tarkibini o’rganish uchun qulay ob‘ekt achitqi hujayralari hisoblanadi. Quruq achitqi massasi yoki undan ajratib olingan nukleoproteinni sulvat kislota yordamida gidrolizlancha, polipeptidlarga, purin va pirmidin asoslariga uglevod komponentiga va fosfat kislotaga parchalanadi. Gidroliz mahsulotlarini spetsifik sifat reaktsiyalar yordamida aniqlash mumkin. Nukleoproteidlar quyidagicha parchalanadi:
Polipeptidlar biuret reaktsiyasi yordamida aniqlanadi. Purin asoslarini kumush oksidining ammiakli eritmasi, uglevodlarni Trommer yoki Feling reaktivlari, fosfat kislotani esa ammoniy molibdat yordamida aniqlash mumkin.
Ishning bajarilishi.
1-bosqich. Achitqidan nukleoproteidlarni ajratib olish.
CHinni hovonchaga 1 g achitqi solib, uning ustiga 1-2 tomchi efir, 4-5 tomchi suv tomiziladi va 0,2-0,4 g qum solinadi, so’ngra 1-2 minut tuyuladi. Shundan so’ng aralashma ustiga o’yuvchi natriyning 0,4% li eritmasidan 4 ml quyib, yana 5 minut tuyuladi. Hovonchadagi massa sentrifuga probirkachiga solinadi, ikkinchi shunday probirkaga suv qo’yib, sentrifuga tarozisida tenglashtiriladi va 10 minut sentrifugalanadi. Sentrifugat pipetka yordamida toza hovonchaga o’tkaziladi va shisha tayoqcha yordamida, aralshtirib turgan holda 5% li sirka kislota eritmasidan 1,5 ml quyiladi. Bunda nukleoproteid cho’kmasi hosil bo’ladi. Hovonchadagi aralashma pipetka yordamida sentrifuga probirkasiga o’tkaziladi va 10 minut sentrifugalanadi. Sentrifugat to’kib tashlanadi, nukleoprotein cho’kmasi esa gidrolizlanadi.
2-bosqich. Nukleoproteinlarni gidrolizlash.
Probirkaga nukleoprotein cho’kmasi (yoki 100 mg quritilgan achitqi) solinib, ustiga 10% li sulfat kislotasi eritmasidan 4 ml qo’yiladi. Probirka og’zi sovitgich sifatida uzun rezina nay (25-30 sm) o’tkazilgan probka bilan berkitiladi va asbest to’rga qo’yib, kuchsiz alanga yoki elektr plitkasida qizdiriladi. Aralashma bir soat qaynatilgandan keyin qizdirish to’xtatiladi va sovitiladi, so’ngra filtrlanadi. Filtr bilan polipeptidlar, purin asoslariga, riboza va fosvat kislotaga xos quyidagi reaktsiyalar qilib ko’riladi:
a) polipeptidlarga xos Biuret reaktsiya. Probirkaga 5 tomchi gidrolizat olib, unga 10% li o’yuvchi natriy eritmasidan 10 tomchi va 1% li mis (II) sulfat eritmasidan 1 tomchi qo’shib, chayqatiladi. Suyuqlik pushtibinafsha rangga bo’yaladi.
b) purin asoslariga xos kumush bilan qilinadigan reaktsiya. 10 tomchi gidrolizatdan olib, uni kontsetrlangan amiakning 1 tomchisi bilan neytrallanadi va unga 1% li kumush nitrat eritmasidan 5 tomchi qo’shiladi. 3-4 minutdan keyin purin asoslarining kumushli qoramtir cho’kmasi paydo bo’ladi.
v) riboza va dezoksiribozaga xos Trommer reaktsiyasi. 5 tomchi gidrolizat olib unga 30% li NaON eritmasidan 10 tomchi qo’shib, mis (II) gidroksid loyqasi hosil bo’lguncha 7% li mis (II) sulfat eritmasidan tomiziladi. Suyuqlikni aralashtirib, qaynaguncha qizdiriladi. Riboza yoki dezoksiriboza mis (II) oksidini qizil rangli mis (I) oksidiga qaytarganligi uchun qizg’ish loyqa hosil qiladi.
g) fosfat kislotaga xos molibden bilan qilinadigan reaktsiya. 20 tomchi molibden reaktiviga 2-3 tomchi gidrolizat qo’shib, bir necha minut qizdiriladi. Agar gidrolizatda fosfat kislota bo’lsa, suyuqlik limon sarig’i rangiga kiradi. Sovitilganda sariq kristall cho’kma paydo bo’ladi.
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Yüklə 371,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin