educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 989
w www.oriens.uz April 2022 holatda yaratilayotgan intellektual mulk obyektlarini shaffof, ishonchli himoyasini
tashkillashtiruvchi texnologiyalarga talab ortib bormoqda. Sababi, intellektual mulk
obyektlaridan foydalanishda, ularni fuqarolik huquqiy munosabatlar muomalasiga
tatbiq etishda, ularning muhofazasi, nazorati va himoyasini ta’minlashda bir qator
texnik usullarni amalda qo‘llanilishi bugungi kunda barchamizga ma’lum. Hozirgi
kun jamiyatining yashash sharoitlarini yengillashtirish vositasi sifatida qaralayotgan
intenet tarmog‘i o‘z o‘rnida, intellektual mulk siyosatida yaratilgan ob’ektlarni
muhofazasini ta’minlashda ishonchlilik nuqtai nazaridan emas, balki, ularning
muhofazasini buzilishiga sababchi bo‘layotganligini kuzatishimiz mumkin.
Shu o‘rinda, blokcheyn tushunchasiga, uning kelib chiqish doirasiga aniqlik
kiritadigan bo‘lsak, “blokcheyn” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “bloklar zanjiri”
ma’nosini anglatadi. O‘z o‘rinda, blokcheyn bir qator mutaxassilar tomonidan kelajak
texnologiyasi sifatida qaralib, uning asosiy vazifasi tizimlashtirilgan ma’lumotlarni
saqlashdan iborat. Ushbu texnologiya bir so‘z bilan aytganda, markazlashtirilmagan
ma’lumotlar ba’zasi hisoblanib, mazkur texnologiyadan o‘tgan foydalanuvchilarning
ma’lumotlari yoki o‘tkazmalarini o‘zida zanjir ko‘rinishida saqlaydi. Mazkur
texnologiya o‘z o‘rnida, minglab virtual kompyuterlarni jamlagan bo‘lib,
foydalanuchilar ushbu o‘zlari uchun alohida yaritilgan tegishli kalit bilan
tranzaksiyalarini amalga oshiradilar. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil avgust
oyining o‘rtalarida, mazkur texnologiya, ya’ni blokcheyn hamyoniga ega bo‘lgan
75.6 milliondan ortiq foydalanuvchi butun dunyo bo‘ylab ro‘yxatga olingan [1].