Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 994
w www.oriens.uz April 2022 Uchinchidan , asar, uning nusxasining yaratilishi bilan bog‘liq nizolarni hal
qilish jarayonlarini osonlashtiradi.
To‘rtinchidan, aynan mualliflik huquqining har qanday davr va bosqichda
qonuniy muomalaga kiritilishini ta’minlaydi.
Beshinchidan, yaratilgan intellektual mulkning yaratilishi davrini aniq
markazlashtirilmagan reyestrda qayd etish imkonini beradi [23].
Bevosita, bir qator san’at ahli tomonidan, o‘zlari yaratgan asarlaning muhofazasi
va himoyasini ta’minlash uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanib kelinmoqda.
Xususan, britaniyalik qo‘shiqchi, musiqachi, prodyuser Imojen Jennifer Xip 2015
yilning oxirida, uzining “Mycelia” musiqiy albomining sinov namunasi sifatida,
“Tiny Human” musiqasini yaratgan [24]. Ushbu muallifligidagi qo‘shiqdi I.Xip
“Ethereum” blokcheyn texnologiyasi orqali muhofazalagan. Ushbu texnologiya
orqali muallifga bir qator afzalliklar taqdim etilgan, jumladan, I.Xip o‘zining
muhlislari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga kirisha olib, ularga o‘zining asarini
maqbul narxmda taklif etish [24]. “Ethereum” blokcheyn texnologiyasi orqali “Tiny
Human” musiqasining savdosi 133.20 AQSH dollarini tashkil etgan. Ushbu holat
yuzasidan sotuvdan ham ko‘ra, texnologiyaning afzalligini aks ettirgan maqolalar
soni ko‘p bo‘lgan [25]. Shunday qilib, blokcheyn texnologiyasi huquq egalariga
xavfsizlik va raqamli aktivga kirishga intilayotgan
mualliflik huquqini
buzuvchilardan, shu jumladan mumkin bo‘lgan buzg‘unchilardan kuchli himoyani
ta’minlaydi. Foydalanuvchining huquqlari blokcheynda kodlanadi, shuning uchun
ulangan tizimlar ularni tekshiradi va tegishli mualliflik huquqi bilan himoyalangan
kontentning shifrini tekshiradi [26].
Blokcheyn texnologiyasining intellektual mulk siyosatida bir qator afzalliklari
bo‘lishiga qaramasdan, ushbu texnologiyani tatbiq etishning bir qator qiyinchiliklari
mavjud. Avvalombor, mazkur texnologiyani intellektual mulk huquqida tatbiq
etilishining qonuniy mexanizmi ishlab chiqilmaganligi hisoblanadi[27]. Amaldagi
qonunchiligimizda, blokcheyn tushunchasi birgina hujjatda, ya’ni O‘zbeksiton
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruv milliy agentligining “Kripto-
birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
buyrug‘ida belgilangan bo‘lib, mazkur hujjatga binoan, blokcheyn — barcha
ma’lumotlar ketma-ket qayd qilinadigan va bloklar bo‘yicha joylashtiriladigan
taqsimlangan ma’lumotlar reyestri, bunda har bir yangi blok oldingi blokka
kriptografik imzo orqali bog‘lanadi deb belgilangan[20]. Hujjat mazmunidan shuni
tushunishimiz mumkinki, qabul qilingan Prezident qarorlari va tegishli davlat
organlarining hujjatlari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan[28]. Ya’ni,