Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 993
w www.oriens.uz April 2022 o‘zgartirilishi va tizimdan o‘chirib yuborilishini oldini olib, samarali himoyasini
ta’minlaydi.
3. Ko‘chirmalarning ochiqliligi va shaffofligi. Barcha amalga oshirilgan
ko‘chirmalar zanjir bloklar ko‘rinishida saqlanib qolib, foydalanuvchilar
ko‘chirmalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga qaramasdan, ularni amalga
oshirgan foydalanuvchining shaxsi haqida ma’lumotga ega bo‘lmaydilar.
4. Kriptohimoya. Barcha ko‘chirmalar elektron raqamli imzo bilan
imzolanadi hamda tasdiqlanadi. Blokcheynda kriptografik metodlardan foydalangan
holda ma’lumotlarning shifrlanishi ta’minlanadi.
5. Anonimlik. Foydalanuvchilarning manzili sifatida 32-bitlik abstrak
raqamlar qo‘llaniladi [18].
Bevosita, intellektual mulk obyektlari doirasida yuqorida ta’kidlangani kabi
mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga blokcheyn texnologiyasining tatbiq etilishi
ularning muhofazasini ta’minlashda yuksak ahamiyatga ega[19]. Hozirgi kunda,
yaratilgan asarning nusxasiga nisbatan mualliflikni tasdiqlashninig bir qator usullari
mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
• Muallif tomonidan yaratilgan asarning muallifning o‘ziga o‘zi rasmiy elektron
pochta orqali yuborishi (Poor Copyright);
• Bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida asarni nashr/chop etish;
• Asar nusxasini notarial tartibda tasdiqlatish. Ushbu jarayonning asosiy
kamchiligi – bu notarius xizmatlarining qimmat turishidir [20].
• Asar nusxasini deponirovaniye va shu kabi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
tashkilotlarda deponentlashtirish. Mazkur holatda ham bir qator kamchiliklar mavjud
bo‘lib, birinchi navbatda ushbu jarayon yetarlicha uzoq muddatni talab qilishi bilan
bir qatorda, uning yuridik maqomi muayyan qonun hujjatda belgilanmaganligi
hisoblanadi [21].
Blokcheyn o‘z navbatida mualliflik huquqini qayd etishning alternativ varianti
hisoblanadi. Bevosita, intellektual mulk obyektlarining blokcheyn texnologiyasi
orqali himoyalashning afzalliklari doirasiga to‘xtalishimiz joiz.
Birinchidan, blokcheyndan foydalanish raqamli aktivlarni nazorat qilish
imkoniii yaratadi, qaysiki o‘z o‘rnida intellektual mulk huquqining himoyasini
ta’minlashda, xususan mualliflikni hamda asarning yaratilishi bilan bog‘liq
jarayonlarni isbotlash vositasi sifatida xizmat qiladi [22].
Ikkinchidan, mazkur texnologiya huquq egalariga ularga tegishli bo‘lgan
intellektual faoliyat natijasidan foydalanish hamda tijoratlashtirish shartlarini
mualliflar tomonidan erkin belgilanishini kafolatlaydi.