Haqida so‘z yuritilgan. Texnologiyaning ishlash tartibi, huquq egasining mulkiy huquqlarining kafolati sifatida blokcheynning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan



Yüklə 128,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix07.01.2024
ölçüsü128,8 Kb.
#210705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
intellektual-mulk-siyosatida-blokcheyn-texnologiyalarining-qo-llash-istiqbollari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
991 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
u yoki bu ko‘rinishdagi axborot olish vositalari orqali buzilayotganligi barchamizga 
ayon [6]. Xususan, intellektual mulk obyektlaridan muallif ruxsatisiz foydalanish: 
plagiat, noqonuniy savdo, kontrafakt mahsulotlarni onlayn ko‘rinishda 
tirojatlashtirishda aks etmoqda [7]. Telekommunikatsiya tarmoqlarida ham 
intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqbuzarliklar sodir etilishini inobatga 
olgan holda, olimlar tomonidan, telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik 
huquqini himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlarni xalqaro 
standartlar asosida yuritishni amalga oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 
islohotlarni amalga oshirish lozimligini ta’kidlashadi. Ular jumlasiga: 
– mualliflik huquqidagi shartnomaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni 
takomillashtirish;
– mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni jamoaviy boshqarish institutini 
takomillashtirish; 
– mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning yangi obyektlarini huquqiy 
muhofaza qilishning yangi tartiblarini joriy etish; 
– mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni 
kuchaytirish;
– xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan chora-
tadbirlar dasturini yaratish kabi usullar kiradi. 
Shuningdek, mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlikni belgilash 
bo‘yicha tajribasi hamda bugungi kunda telekommunikatsiya tarmog‘i orqali sodir 
etilayotgan mualliflik huquqini buzish holatlari keng uchrayotganligi bu 
yo‘nalishdagi amaldagi jinoyat qonunchiligimizda nazarda tutilgan normalarni 
qaytadan ko‘rib chiqish va uni jahon tajribasidan kelib chiqib, muvofiqlashtirish talab 
etiladi. Xususan, Jinoyat kodeksida mualliflikning o‘zlashtirilgani uchun hamda 
mualliflikhuquqi va turdosh huquqlarning buzilganligi uchun alohida moddalarni 
kiritish lozim. Shu bilan birga, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik 
uchun javobgarlik choralarini oshirish lozim [8]. 
Blokcheyn texnologiyasi, shu o‘rinda, telekommunikatsiya tarmoqlarida 
intellektual mulk obyektlarini muhofazasi va himoyasini ta’minlashda, uchinchi 
shaxslar tomonidan muallif ruxsatisiz foydalanishni cheklashga, oldini olishga xizmat 
qiluvchi vositadir [9]. Mazkur texnologiyaning eng muhim jihati undagi raqamli 
ma’lumotlarni buzilmasligi bilan xarakterlanadi hamda an’anaviy ma’lumotlar bazasi 
bilan blokcheyn o‘rtasidagi asosiy farq – blokcheynda ma’lumotlar yagona markazga 
to‘planmaydi [10]. Mazkur texnologiyada ma’lumotlar almashinuvi tezligi va aniqligi 
hamda markaziy saqlash tizimi mavjud bo‘lmasligi bilan ahamiyatga ega. Shu bilan 



Yüklə 128,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin