MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bevosita, texnologiyaning yaratilish tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, blokcheyn
texnologiyasining konseptsiyasi 2008 yilda Satoshi Nakomoto tomonidan taklif
qilingan bo‘lib, butun dunyoga birinchi marotaba 2009 yilda realizatsiya qilingan.
Uning birinchi shakli bitkoin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning asosiy va
umumiy reyestri sifatida namoyon bo‘lgan. Dastavval, blokcheyn texnologiyasi
moliya va bank sektorlarida jadal foydalanilgan. Hozirgi kunda ushbu
texnologiyaning qo‘llanish sohalari ijtimoiy munosabatlarning rivoji bilan bevosita
bog‘liq bo‘lib, deyarli barcha sektorlarda, xususan, transport, ta’lim, meditsina,
jinoyat protsessi, davlat xizmatlari, turizm, qishloq xo‘jaligi, ko‘chmas mulk va h.k
[2]. Blokcheyn texnologilarining jamiyat hayotida qo‘llanish sohasi chegaralanmagan
[3]. Ushbu texnologiya kasallik tarixi yozuvlaridan tortib saylov jarayonlariga kabi
jamiyatimizning kup tarmoqlaridagi ma’lumotlarni yozib olish, saqlash va ularni
kuzatish uchun foydalanishi mumkin.
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
990
w
www.oriens.uz
April
2022
Shu bilan bir qatorda, blokcheynning intellektual mulk obyektlarini
muhofazasidagi ahamiyati doirasiga aniqlik kiritishimiz lozim. Intellektual mulk
obyektlari – bu o‘z o‘rnida intellektual faoliyat natijasi hisoblanib, o‘z ichida
quyidagi turlari mavjud, jumladan:
• Fan, adabiyot va san’at asarlari (O‘zRes FK 60-bob);
• Ijrolar, fonogrammalar, eshittirish-ko‘rsatish tashkilotlarining eshittirishlari va
ko‘rsatuvlari (O‘zRes FK 61-bob);
• Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar ba’zalari
(O‘zRes FKning 1042-moddasi);
• Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari (O‘zRes FK 62-bob);
• Seleksiya yutuqlari (O‘zRes FK 63-bob);
• Oshkor etilmagan axborotlar, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-hau)
(O‘zRes FK 64-bob) [4].
Shuni ta`kidlash kerakki, ushbu yo`nalishlar bo`yicha mamlakatimizda alohida
qonun hujjatlari ham qabul qilingan.
Intellektual mulk huquqining obyektlaridan biri hisoblanmish mualliflik huquqi
va turdosh huquqlar doirasida, ularinng muhofazasi va himoyasini ta’minlashning bir
qator kamchiliklari mavjud bo‘lib, amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, mualliflik
huquqi va turdosh huquqlar muayyan tartibda u yoki bu davlat organida ro‘yxatdan
o‘tkazilishi majburiy qilib belgilab qo‘yilmagan. Bu esa o‘z o‘rnida, nizolarning
vujudga
kelishi,
shaxsning
aql-idroki
faoliyatining
natijasi
hisoblanmish
obyektlarining muhofasini tegishli tartibda ta’minlanmasligiga olib keladi. Shu bilan
bir qatorda, milliy qonunchiligimizga binoan, xususan, O‘zbekiston Respublikasining
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunining 63-moddasida,
mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarini himoyalashning texnik vositalari
ko‘rsatilgan. Ushbu normaga asosan, asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan
foydalanishni nazorat qiluvchi, muallif, turdosh huquqlar egasi yoxud asarlarga yoki
turdosh huquqlar obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarning boshqa egasi tomonidan
ruxsat etilmagan harakatlar amalga oshirilishining oldini oluvchi yoki ularni
cheklovchi har qanday texnik qurilmalar yoxud ularning tarkibiy qismlari mualliflik
huquqi va turdosh huquqlarni himoya qiluvchi texnika vositalari deb e’tirof etiladi
deb belgilangan[5]. Ushbu normadan ko‘rinib turibdiki, mualliflik huquqi va turdosh
huquqlarni himoya qiluvchi texnik vositalarning u yoki bu ko‘rinishi yoxud turi aniq
mustahkamlanmagan.
Shu bilan bir qatorda, hozirgi kunda, intellektual faoliyat natijasida yaratilgan
asarlarning buzilishi, ta’kidlangani kabi, internet, ommaviy axborot vositalari yoxud
|