Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari Reja
Maxsus bilimlarga ega bo’lish O’quvchi (shug’ullanuvchi) maxsus bilimlar bazasida va tizimli mashqlar natijasida harakat faoliyatini bajarish uchun belgilangan imkoniyatlar chegarasiga yetadi, takomillashtirish uchun chegarasiz imkoniyatlarga ega bo’ladi. Harakat faoliyatini egallashning uch bosqichga bo’linishi shartlidir. Bosqichlarning turg’un chegaralari mavjudligi bilim berish vazifalarini belgilash va uni hal qilish uchun qulaydir.
Eski tajribalar, bilimlarga tayanib bajara olishning shakllanishi harakat faoliyatini egallash jarayonidan boshlanadi.
Harakatni bajara olish – bu harakat faoliyatining har bir bo’lagiga o’quvchining diqqat-e’tiborini to’plash sharti asosida o’rganilayotgan harakat faoliyatidir.
Harakat ko’nikmalari – to’la, bir butun harakat faoliyati tarkibidagi harakatlarni boshqarish avtomatlashmagan holda bajariladi. Natijada o’quvchining ongi harakatning har bir elementi qanday bajarilishini sintez qilish bilan o’ta band bo’lib, ish yuqori darajadagi quvvat sarflash hisobiga iqtisod qilinmay, ahamiyatli darajadagi charchashga dosh berish hisobiga bajariladi.
Harakat vazifasini bajarish usuli turg’un emas (takrorlashlarning maromi turlicha). Bu bosqichda harakat vazifasini oson, ko’p quvvat sarflamay hal etish usuli izlanadi.
Harakatni bajara bilish harakat faoliyatini birinchi o’rganayotganlar chetlab o’tadigan xatolardan xoli bo’lgan faoliyat emas.
Harakatni bajara olish asosan ijodiy izlanishlar orqali taqqoslash, solishtirishlar, harakatni bajarish usullarini baholash, ularni bir butun harakat faoliyatiga birlashtirish bo’lib, bilim berish uchun katta imkoniyatlarni ochadi. Harakatni bajara bilish harakat faoliyatini egallashning shunday darajasiki, xususiyatiga ko’ra u barcha yo’llanma beruvchi mashqlarga tenglashtiriladi.
Harakatli mashqlarni ko’p marotaba stereotip tarzida takrorlash ko’nikma hosil qilishga olib keladi. Bunga takrorlash vaqtida harakat tuzilishiga jiddiy o’zgarishlar kiritilmagan va harakat bir xil sharoitlarda bajarilgan taqdirdagina erishiladi.
O’rganilgan harakatning nisbatan doimiy sharoitda tizimli namoyon qila olinishi uning asta-sekinlik bilan malakaga aylanishiga olib keladi.