Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari Reja


Harakat malakasi va uning shakllanishi



Yüklə 62,48 Kb.
səhifə3/9
tarix09.06.2023
ölçüsü62,48 Kb.
#127356
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari Reja

Harakat malakasi va uning shakllanishi

Harakat malakasi – bu ijroning sifati, faoliyatni (harakatni) shunday bajarish qobiliyatiki, unda ijrochining diqqati mashqning (faoliyatning) natijasi va sharoitiga yo’naltirilib, uning tarkibiga kiradigan boshqa harakatlarga nisbiy e’tibor berish bilan bajara olish darajasidir.
Bilim va tajribalar asosida egallangan harakat malakalari harakat faoliyati jarayonida harakatlarni avtomatlashmagan holda boshqarish qobiliyatidir.
Jismoniy tarbiya jarayonida ikki xil ko’rinishda bo’lgan harakat malakalari hosil qilinadi:
a) yaxlit harakat faoliyatini amalga oshira olish;
b) har xil murakkablikda bo’lgan alohida harakatlarni bajara olish malakalari.
Harakat malakasi shakllanib bo’lganidan so’ng, uning rivojlanishi davom etadi. Agar ratsional takrorlash davom ettirilsa, unda malakaning yana ham takomillashuvi sodir bo’ladi, uning barqarorlashuvi davom etadi. Malakani nisbatan moslashuvchanroq qilish uchun urinish davom etadi va afzal malaka deb qaraladigan turg’unroq, yuqori harorat, shovqin va hokazolarning ta’siriga yetarli darajada moslashuvchan, kerak bo’lsa, o’zgaruvchan sharoitda qayta shakllantirish mumkin bo’lgan malakani yaratish imkoni yuzaga keladi.



  1. Malakani shakllanganligi belgilarining tasnifi

  1. Dastlabki belgilaridan biri o’zlashtiriladigan, o’zlashtirilgan harakat faoliyati tarkibiga kiruvchi mayda harakatlarning bajarilishiga unchalar e’tibor bermay bajara oladi. Bu harakatni avtomatlashuvining boshlanishidir.

  2. Navbatdagi belgisi harakatlarni avtomatlashgan darajada bajara boshlaydi. Bunga ta’lim jarayoni, qator trenirovkalar natijasi oqibatida yoki hayotiy tajriba amaliyoti natijasi orqali erishiladi.

  3. Harakat malakasini yuzaga kelganligi harakat faoliyatini avtomatlashgan holda bajarilishida ongning yetakchi rolini inkor etilmaganligi bilan namoyon bo’ladi.

Harakat malakasining shakllanishida faoliyatning mazmuni avtomatlashmay, uning tarkibidagi ayrim harakatlarning ijrosi jarayoni, ularning ayrim elementlarini tuzilishi (masalan: nerv-muskul jarayonlarini koordinatsiya qilish munosabatlari, harakat va vegetativ komponentlarning o’zaro aloqasi) avtomatlashadi xolos.

  1. O’quvchining ongi asosan harakat tarkibidagi o’zak komponentlarga, sharoitning o’zgarishi xisobiga va harakat vazifasining ijodiy hal qilinishiga yo’naltiriladi.

Zaruriyatga qarab o’quvchi, o’rganuvchi har bir harakatning bajarilishini nazorat qilishi, shuningdek, ijroga lozim bo’lgan o’zgartishlar kiritishi yoki boshqa faoliyatni bajarishga o’tib ketishi mumkin.
Masalan, qo’lga tayanib (oyoklar tepada) yoki boshni tirsak bilan qo’shib yerga tirab turishda muvozanatni yo’qotsa, mashqni bajarishda ishtirok etayotgan a’zolarini yig’ishtirish («to’plash»), oldinga «dumalash» bilan o’zini shikastlanishdan saqlashi, harakatlari tarkibiga zudlik bilan lozim bo’lgan o’zgarishlarni kiritishi mumkin.

  1. Harakat malakasini yuqori turg’unlikka egaligi belgisi. Lekin uni odatdagidan o’zgargan sharoit, muhitdagi ijrosi, malakani muqim turg’unligini buzilishiga sabab bo’lishi mumkin.

Masalan, boshqa sport zali, yangi jihozlar, o’quvchilar odatlanmagan kuzatuvchilar, tomashabinlar malakaning turg’unligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

  1. Harakat malakasi uchun harakatlardagi ma’lum tizimning mavjudligi va uning o’ziga xosligi. Ayrim ajratilgan alohida harakatlarni bir butun harakat faoliyati tarkibida ortiqcha ushlanishini yo’kotish bilan birlashtirishda ifodalanadi. Bu bilan harakatlarning aniqligi ortadi, ularning ritmi takomillashadi, bir butun faoliyatning namoyishi (namoyishkorona bajarishi) vaqti qisqaradi.

  2. Harakat malakasining shakllanishi analizatorlar funktsiyasini qayta tikashlash bilan kuzatiladi. Harakat analizatorining roli ortadi, harakatlarning ijrosi nazoratida mushaklar xissiyoti yetakchi ahamiyat kasb etadi. Suzuvchining suvni, futbolchining tupni his qilishi va boshqalar.





  1. Yüklə 62,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin