Harakatchan dvigatel yorda-mida harakatga keltiriladigan relssiz transport vositasi. Yoʻlovchilar va yuk tashishga moʻljallangan


Orqa osmaning tuzilishi va ishlashi



Yüklə 494,61 Kb.
səhifə7/10
tarix12.05.2023
ölçüsü494,61 Kb.
#112619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
yurish qismi

Orqa osmaning tuzilishi va ishlashi. «Neksiya» avtomobilining orqa osmasi (60-rasm) mustaqil emasdir. Osma ikkita bo‘ylama joylashgan richagdan iborat bo‘lib, kuzovga maxkamlangan, hamda bir­biri bilan ko‘ndalang to‘sin bilan biriktirilgan, bundan tashqari ikkita bochkasimon prujina va amortizator ham bor.
«Neksiya» avtomobilining orqa osmasi (60-rasm) mustaqil emasdir. Osma ikkita bo‘ylama joylashgan richagdan iborat bo‘lib, kuzovga maxkamlangan, hamda bir-biri bilan ko‘ndalang to‘sin bilan biriktirilgan, bundan tashqari ikkita bochkasimon prujina va amortizator ham bor.
Amortizator va prujinalar ayri joylashgan. Osmaning ko‘ndalang to‘sini sharnir yordamida kuzov kronshteyniga mahkamlangan. Osma richaglariga avtomobilning ko‘ndalang turgunligini ta’minlash stabili- zatori mahkamlangan.
Orqa g‘ildirak osmalari ham mustaqil emas, ressorali bo‘lib, so‘ndiruvchi qismi ikki tomonlama ishlaydigan teleskopik amortiza- torlardir. Yuk avtomobilyining orqa g‘ildiraklariga to‘g‘ri kelgan yuklamaning o‘zgarishini hisobga olib asosiy ressoraga qo‘shimcha ressora biriktirilgan.
Osmada elastik qismning mavjudligi, kuzovni tik yo‘nalishda tebratadi. Tebranishning me’yoriy chegarasidan katta chastota va amplitudasi yuk va yo‘lovchiga salbiy ta’sir etadi. Demak, kuzov tebranishini me’yorlash muammosi paydo bo‘ladi.
Osmaning uchinchi asosiy qismi, kuzov tebranishini so‘ndirgich - amortizatordir.

60-rasm. Neksiya avtomobilining orqa osmasi.

Amortizatorlar ikki turli, richagli va teleskopik bo‘ladi. Teleskopik amortizatorlar o‘z navbatida bir tomonlama va ikki tomonlama ishlaydi- ganlarga ajraladi. Richagli amortizatorlar zamonaviy avtomobillarda ishlatilmaydi.


Ikki tomonlama ishlaydigan amortizator nafaqat kuzov yuqoriga harakatlanganda, balki pastga tushayotganda ham uning tebranishini so‘ndiradi. Natijada avtomobilning yurish ravonligi yanada yaxshilanadi.
Amortizator uchta bo‘lakdan, silindr va silindr tagi, shtok va porshen hamda yo‘naltiruvchi vtulkalardan iborat (61-rasm).
Porshenda doira bo‘yicha ikki qator joylangan teshikchalar bo‘lib, yuqori qator teshikchalar tepasidan o‘tkazuvchi klapan va uning kuchsiz prujinasi bilan berkilib turadi. Pastki qator teshikchalar esa kuchli prujinali qaytish klapani bilan berkitilgan. Silindr tagida esa siqish va o‘tkazuvchi klapanlar joylashgan. Ikkinchi o‘tkazuvchi klapan ham kuchsiz prujina bilan teshiklarni berkitib turadi.


61-rasm. Amortizatorning sxemasi.
1-yuqori tayanch; 2-himoyalovchi qobig‘; 3-shtok; 4-silindr; 5-klapanli porshen;
6-pastki tayanch; 7-g‘ildirak o‘qi; 8-avtomobil kuzovi.
Amortizator maxsus suyuqlik bilan to‘ldirilgan bo‘lib, suyuqlikni bir hajmdan ikkinchisiga haydashda xosil bo‘ladigan qarshilikdan kuzov tebranishi so‘ndiriladi.
Teleskopik amortizatorning o‘ziga xos xususiyati, shtok harakat- langanda ish silindrinning ikki tomonidagi suyuqlik hajmini to‘ldiruvchi kamera borligidir.
G‘ildirak oxista ko‘tarilib, osma prujinasi siqilganda, shtok ish silindriga kiradi. Porshenning kichik bosimi ta’sirida suyuqlik porshen tepasidagi bo‘shliqqa va kameraga o‘tadi. Suyuqlik porshenning yuqori qatoridagi teshikchalardan o‘tib, o‘tkazuvchi klapanni ochadi va porshen tagidan ustidagi bo‘shliqqa o‘tadi. Shtok siqib chiqargan hajmdagi suyuqlik esa siqish klapanining kalibrlangan teshiklaridan kameraga o‘tadi va undagi bosimni orttiradi. Bu jarayonda siqish klapani kuchli prujina ta’sirida yopiq bo‘ladi.
G‘ildirak oxista pastga tushib osma prujinasi cho‘zilganda proshen yuqoriga harakatlanib, shtok ish silindridan chiqadi. O‘tkazuvchi klapan yopiladi va porshen ustidagi bosim oshadi. Natijada porshen ustidagi suyuqqlik uning ichki qator teshiklardan o‘tib, klapan va vtulka o‘rtasidagi xalqa bo‘shliqdan porshen osti hajmiga o‘tadi. Bosim pastligi uchun klapan yopiq, kameradagi bosimdan suyuqlik silindr tagi teshiklaridan o‘tkazish klapanining kuchsiz prujinasini siqib yana silindrga o‘tadi.
G‘ildirak tezkor ko‘tarilganda porshen tez harakatlanib, silindr ichidagi bosim ortadi. Katta bosim siqish klapanini ochadi, natijada amortizator qarshiligining ortishi tezkor sekinlashadi. Demak, siqish klapani amortizatorni qattiq turtkilar ta’siridan saqlaydi.
G‘ildirak tezkor pastga tushganda porshenning harakat tezligi ortib, porshen ustidagi bosim ham ortadi. Natijada klapan ochilib suyuqlik porshen osti hajmiga tushadi, amortizatorning qarshiligi tezkor kamayadi. Klapan amortizatorni qattiq turtkilar asoratidan saqlaydi.

    1. Old g‘ildirakni o‘rnatish burchagi

Old osmalarda (to‘sinlarda ham) bir muammo bo‘lib, vertikal o‘rnatilgan g‘ildiraklar to‘singa tushgan og‘irlikdan egiladi, natijada g‘ildiraklar bir-biriga og‘ib aylanganda, g‘ildirashiga qarshilik juda ortib ketadi. Bu holatdan qutilish uchun chap g‘ildirak chap tomonga, o‘ngi o‘ng tomonga a burchagiga og’diriladi. a-g’ildirakning og’ish burchagi deyiladi (62a-rasm).

62-rasm. Old boshqariluvchi g‘ildiraklarning joylashish burchaklari: a-g‘ildirakning vertikal holatdan og‘ish burchagi; b-old g‘ildiraklarning yaqinlashuv burchagi.

G‘ildirak og‘ish burchagining bo‘lishi avtomobil harakati davrida (ayniqsa burilishida) yuklanish hisobiga tiklanib, yo‘lga jipslashib, uning turg‘unligini yaxshilaydi.


Lekin og‘ish burchagining bo‘lishi g‘ildiraklar harakati davrida ularni markazi atrofida burilib xarakatlanishga majbur etuvchi kuchlarni paydo etadi. Bu kuchlar g‘ildiraklarni sirpanib xarakatlanishini taqozo etadi, natijada shinalar tez yeyiladi. Bu kamchilikni yo‘qotish uchun chap va o‘ng g‘ildiraklar bir-biriga parallel emas, balki avtomobil bo‘ylama o‘qiga burchak ostida joylashtiriladi (62b-rasm).
G’ildiraklarning yaqinlashuv burchagi 5 g’ildiraklar orasidagi A va B masofalarning to‘g‘inlar chetida g‘ildarak markazi balandligida o‘lchangan ayirmasiga teng. Bu ayirma xar xil avtomobillar uchun 2­12mm. G‘ildiraklarning og‘ish burchagi a=0-20 bo‘lishi mumkin.
Old g’ildiraklarining og’ish a va yaqinlashuv burchaklar bilan joylashishi, ularning yonga sirpanmasdan to‘g‘ri chiziqli g‘ildirashini ta’minlaydi. Avtomobilning ekspluatatsiyasi davrida qismlarining yeyilishi a, 5 burchaklarning o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun vaqtida ular rostlanib turadi.
G‘ildiraklarning joylashish burchagiga shkvorenning ko‘ndalang va bo‘ylama tekisliklarda og‘ish burchaklari ham kiradi. Ularning mavjudligi g‘ildiraklarning stabillanish momentlarini hosil qilib, avtomobilning boshqariluvchanligini yaxshilaydi. Bu burchaklar rostlanmaydi, osmaning konstrutsiyasi hisobiga ta’minlanadi va har xil avtomobillar uchun 40-80 ni tashkil etadi.
NEKSIYA avtomobilining old osmasi richag-teleskopik bo‘lib elastik qism sifatida prujina ishlatiladi. U «Makferson» (Mc. Pherson) tipidagi osmalar turiga kiradi. Osma pastki richaglar, amortizatorli teleskopik ustun, prujina, yukorigi tayanch va stabilizatordan iborat.
Pastki richag sharnirida rezina vtulkalar ishlatilgan. Teleskopik ustunning yuqorigi tayanchi rezina dempferga ega bo‘lib, oldingi g‘ildirakning burilishini ta’minlash uchun tirgak podshipnik o‘rnatilgan. Teleskopik tayanchni g‘ildirakning podshipnikli gupchagi ushlab turadi, uning o‘zi esa pastki richak bilan sharli barmoq yordamida mahkamlangan.
Ko‘ndalang turg‘unlik stabilizatori pastki richaglari ikkita stoyka orqali mahkamlangan.

    1. Avtomobillardan foydalanish davrida yurish qismida
      uchraydigan asosiy nosozliklar


Yurish qismi ramalar, o‘qlar va g‘ildirak osmalaridan iborat bo‘lib, ularning nosozligi avtomobil harakatlanishida shovqin, tebranish, g‘ichirlash va siltanish kabi nohush holatlarni keltirib chiqaradi, natijada haydovchi va yo‘lovchilarning toliqishi va avtomobilda tashiladigan yukning sifati pasayadi.

Yüklə 494,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin