Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


ushlash  choralarini qo‘llashda chegaradan chiqib ketmaslik



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə320/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

ushlash 
choralarini qo‘llashda chegaradan chiqib ketmaslik
xizmat qiladi. 
«Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan 
shaxsning xavflilik darajasiga, shuningdek, ushlash sharoitiga butunlay 
mos kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo etmagan holda ushlanayotgan 
shaxsga qasddan zarar yetkazish 
ushlash choralari chegarasidan chetga 
chiqish
deb topiladi» 
(JK 39-moddasi 2-qismi).
Ijtimoiy xavfli qilmishni 
sodir etgan shaxsni ushlash choralaridan chetga chiqish, majburan holda 
zarar yetkazilishi va nisbatan tenglik belgilaridan tashqari yuqorida sanab 
o‘tilgan boshqa shartlar mavjud bo‘lgandagina huquqiy hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksiga binoan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni 
ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarni oshirib yuborish deb, qo‘llangan 
choralarni ushlash holatiga hamda shaxs va u sodir etgan jinoyatning 
xavfliligiga ochiq nomutanosibligiga aytiladi. Bunda, «ochiq 
nomutanosiblik» tushunchasi tavsifiy ma’noga ega bo‘lib, har qaysi 
holatda u alohida aniqlanadi. Ayni ushlash choralari ba’zi hollarda 
qonuniy bo‘lsa, boshqa hollarda choralarni oshirib yuborish sifatida 
423 


baholanadi. «Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida 
unga yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir 
etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari, 
ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bog‘liq 
bo‘lgan boshqa holatlar hisobga olinadi» 
(JK 39-moddasi 3-qismi)

Sud va tergov organlari ushlash choralaridan chetga chiqish bilan 
bog‘liq bo‘lgan qilmishni kvalifikatsiya qilishda uning 
subyekt tomoniga 
e’tibor qaratishlari shart. Qonundagi ko‘rsatmaga muvofiq, ushlash 
vositalari va usullarining nomutanosibligi, mazkur nomutanosiblik, 
shuningdek, shaxsga yetkazilayotgan zarar xarakteri va darajasi, 
aybdorning jinoiy qasdi bilan qamrab olingan bo‘lsa, jinoiy qilmish 
sifatida tan olinadi. Ushlash choralaridan chetga chiqishda ehtiyotsizlik 
bilan har qanday darajadagi shikast yetkazilganda, shuningdek, shaxs ongi 
bilan qamrab olinmagan shikast yetkazish uchun shaxs jinoiy 
javobgarlikka tortilmaydi. 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga yoshi
ijtimoiy kelib chiqishi, jinsi va mansabidan qat’i nazar, har qanday 
jismoniy shaxs egadir. «Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda 
jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan 
shaxsni ushlash huquqiga egadirlar» 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin