Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə321/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

(JK 39-moddasi 4-qismi)
. Shuni 
alohida qayd etish zarurki, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilgan shaxsni 
ushlash huquqi, har bir insonning zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat huquqi 
singari, subyekt huquqi bo‘lib, jinoiy qilmish sodir etgan shaxsni ushlash 
yoki bundan o‘zini tiyish to‘g‘risidagi masalani hal qilish faqat uning 
vakolatiga tegishlidir. Ayni paytda, alohida bir guruh shaxslarga, ya’ni 
qonun tomonidan maxsus vakil etib tayinlangan shaxslarga ijtimoiy xavfli 
qilmish sodir etgan shaxsni ushlash ularning kasb yoki xizmat burchlari 
hisoblanib, ular ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashdan 
chekinishlari mumkin emas. Bu guruhdagi shaxslarga ichki ishlar 
organlari, DXX, prokuratura va boshqa organ xizmatchilari, ya’ni 
xavfsizlik va jamoat tartibini saqlashga mas’ul shaxslar kiradi. 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning qonuniyligini 
ko‘rsatuvchi u yoki bu belgilarni ushlovchi harakatlarida obyektiv 
424 


tomonning yo‘qligi alohida e’tiborga loyiq masaladir. Xususan, ushbu 
belgining mavjud emasligi ushlashning qonuniyligini (ushlash subyekti, 
vaqt chegaralari va boshqalar), demakki, zarar yetkazishning qonuniyligini 
(zarar yetkazishga majbur bo‘lish va uni ushlash holatiga muvofiqligi va 
boshqalar) belgilashga taalluqlidir. Bunday hollarda sud va tergov 
xodimlari ushlovchi shaxsning mavjud faktik xatosini aniqlashlari va 
shunga bog‘liq tarzda, uni quyidagicha baholashlari lozimdir: 
– 
JK 39-moddasi
qoidalari bo‘yicha, vujudga kelgan shart-
sharoitlarda aybdor o‘z taxminlarining xato ekanligini anglamagan va 
anglashi mumkin bo‘lmagan holatlarda; 
– ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan tegishli jinoyat sifatida basharti 
ushbu holatda shaxs o‘z taxmini noto‘g‘ri ekanligini anglashi lozim 
bo‘lgan, lekin anglamaganligi aniqlansa; 
– tegishli qasddan sodir etilgan jinoyat sifatida, aybdor o‘z 
harakatining ijtimoiy xavfini anglagan tarzda ularni amalga oshirishni 
istagan bo‘lsa. 
Tergov va sud amaliyotida u yoki bu qilmishni zaruriy mudofaa, 
oxirgi zarurat yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash 
vaqtida zarar yetkazish deb topishda, ularni sodir etilish belgilariga ko‘ra 
farqlash masalasida ayrim qiyinchiliklar mavjud. Shu bilan birga, 
qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qila olish jinoiy javobgarlikka tortiluvchi 
shaxsning huquqiy maqomini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bundan tashqari, qilmishni to‘g‘ri va aniq kvalifikatsiya qilish, Jinoyat 
kodeksi oldida turgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarning obro‘-e’tibori va nufuzini ko‘tarish uchun 
muhimdir. 
Shu sababli tergov va sud organlari ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 
shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish institutini zaruriy mudofaa va 
oxirgi zaruratdan farqlashda quyidagilarga e’tibor berishlari lozim: 
– ushlashga bo‘lgan huquq ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan 
vujudga kelsa, zaruriy mudofaa mudofaalanuvchi shaxsga qarshi 
yo‘naltirilgan tajovuz sodir etilishi bilan, oxirgi zaruratga bo‘lgan huquq 
esa nafaqat shaxsdan, balki xohlagan manbadan kelib chiquvchi xavfning 
paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keladi; 
425 


– ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash bo‘yicha 
tashabbus barcha hollarda bunday huquqqa ega bo‘lgan shaxslar 
tomonidan amalga oshiriladi, zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratda esa 
shaxs bunday sharoitga kirib qolishi tufayli majbur bo‘ladi; 
– ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash huquqi bunday 
qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladi va amalga oshiriladi, zaruriy 
mudofaa va oxirgi zarurat esa tajovuz yoki xavfning amalga oshirilishi 
fakti bilan shartlangan bo‘ladi; 
– ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashdan asosiy 
maqsad bunday shaxsni hokimiyat organlariga topshirish bo‘lsa, zaruriy 
mudofaa va oxirgi zaruratda esa, tajovuzchini yengish va xavfni barataraf 
etish hisoblanadi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin