O‘zbekiston Respublikasi JKda javobgarlik nazarda
tutilgan
jinoyatning barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmish O‘zbekiston
hududida
tamom bo‘lgan
deb topiladi. Shuning uchun, muayyan qilmish
tamom bo‘lganligi to‘g‘risidagi masalani
hal qilishda JK Maxsus
qismidagi modda tushunchasidan kelib chiqish lozim.
Amaldagi
Kodeksga muvofiq, jinoyat tamom bo‘lgan
deb quyidagi
holatlarda tan olinadi:
– ma’lum oqibatlarni
keltirib chiqargan qilmish, ya’ni
moddiy
tarkibli jinoyat
(masalan, qasddan odam o‘ldirish, o‘g‘rilik va h.k.);
– kvalifikatsiyaga jiddiy ta’sir qilmaydigan oqibatlarni
keltirib
chiqargan qilmish –
formal tarkibli jinoyat
(masalan, tuhmat, haqorat,
davlatga xoinlik qilish va boshq.);
– ijtimoiy xavfli zarar yetkazishning real xavfini tug‘diruvchi qilmish
–
Dostları ilə paylaş: