2 BOB. TANGACHAQANOTLILAR YOKI
KAPALAKLAR-LEPIDOPTERA
Bularning 100 mingdan ortiq turi bо‘lib, turli xil kattalikda, qanotlari 3-8 mm dan 20-28 mm gacha. Qanotlarida tangacha shaklidagi dog’lar bor. Og’iz apparati spiralsimon hartumga aylangan. Lichinkalari quruqlikda yashaydi. Qurtsimon, ipak tola chiqaruvchi bezlar bor. Mо‘ylovlari ipsimon, qilsimon, tо‘g’nagichsimon, patsimon shakllardadir.
Kapalaklarning og’iz apparati о‘ziga xos tuzilgan bо‘lib, gullardan nektar sо‘rishga moslashgan, hartumchasi pastki ja\larining uzayib о‘zgarishi natijasida vujudga kelgan. Pastki labi tо‘la taraqqiy etmagan, lekin paypaslagichining 3 bо‘g’imi saqlanib qolgan. Shunday qilib, kapalaklarning og’iz apparatda kemiruvchi tipdan sо‘ruvchi naycha-hartumcha hosil qiluvchi faqat pastki ja\lar va lab paypasla-gichi qolgan.
Ba’zilarida og’iz apparati reduksiyalangan, ularning yetuk formasi oziqlanmaydi. Masalan, pillatо‘qirlar, tustovuq kо‘zlilar, tо‘lqinlilar oilalarining vakillari oziqlanmaydi.
Kapalaklar qanoti tanasiga nisbatan katta, pardasimon, tangachalari bilan qoplangan. Tangachalarning rangdor pigmentlari qanot rangini paydo qiladi. Ba’zilarida hidbо‘y hid tarqatuvchi tangachalar tо‘plami yoki androkoniylar bor.
Ularning qanotlilarning tuzilishi va joylashishi sistematikasida katta о‘rin egallaydi. Qanotlari deyarli uzunasiga tomirlangan. Uchishda ikkala qanot birga harakatlanadi.
Qorin qismida erkagida kopulyativ organ bor. U о‘rganish vaqtida urg’ochisini tutib turishga xizmat qiladi. Urg’ochisida haqiqiy tuxui qо‘ygich yо‘q, lekin oxirgi bо‘g’imlari maydalashgan va qaytib joylashadigan ikkilamchi tuxum quygichi paydo bо‘lgan.
Muskulli oshqozon oldingi ichakning shoxlanishidan vujulga kelgan ovqat rezervuari - jig’ildon yо‘q, nerv sistemasining qorin zanjiri 6-9 ta tugunchadan bor, lekin ularning miqdori sodda gruppalarida 6, 10 va hatto 20 taga qadar borishi mumkin. Urg’ochilarida qо‘shilish sumkachasi bо‘ladi.
Tuxumlarini yakkalab yoki gruppalab о‘simlik organlariga yopishtirib qо‘yadi.
Kapalakning lichinkasi qurt deyiladi. Ularning tanasi silindr shaklida, 3 juft kо‘krak va 5 juft qorin oyoqlari bor. Tana usti silliq tuklar bilan qoplangan. Qurtlar ba’zilarida mevahо‘r, karpofag, ya’ni meva ichida yashaydi. Barglarda yо‘llar yasovchi «minyorlar», yog’ochlarda yо‘l ochib oziqlanuvchi «ksilofaglar» va g’urra yasovchilari bor.
G’umbagi harakatsiz, lekin ba’zilarida g’umbakni teshib tashqariga chiqadi. G’umbaklanish ba’zilarida tuproqda о‘tadi. Ularning yillik sikli har xil bо‘ladi. Kо‘plari monviltlidir, ba’zilari bir yilda bir necha marta avlod beradi.
Yog’och ichida yashovchilar 2-3 yilda bir marta avlod beradi.umbak, tuxum, qurt qishda qishlaydi. Kapalakalar о‘simlikxо‘rdir. Yetuk formalari gul nektari bilan oziqlanadi, qurtlari esa о‘simlik tо‘qimasini kemirib oziqlanadi va katta zarar yetkazadi. Ba’zi kuyalar qurti protogofaglardir. Ular mо‘yna, jun va boshqa mahsulotlar bilan oziqlanadi. Koksidalarni о‘ldiruvchi qurtlar ham bor.
Kapalaklar sistematikasi xilma-xildir. Bularni 3 ta kenja turkumga bо‘lib о‘rganish qulaydir.
1.Jag’lilar
2.Tuban sо‘ruvchilar yoki teng qanotlilar
3.Oliy sо‘ruvchilar yoki turli qanotlilar.
1-Kenja turkum: Ja\lilar-Laciniata.
Bularning o\iz apparati chaynovchi tipda, paypaslagichi bor, pastki ja\lari rivojlangan. Lichinkasi 8 juft qorinoyoqli, \umbaklari erkin, qimirlovchi ja\li. Mayda kuyalar bu kenja turkumga vakildir. Ularning qurtlari mox va lishayniklar bilan oziqlanadi.
2-Kenja turkum: Tuban sо‘ruvchilar yoki teng qanotlilar-Jugata.
Bularning o\iz apparati sо‘ruvchi tipda, hurtumi va paypaslagichi bor. +urtlari 5 juft qorinoyoqli, \umbagi erkin.
Bu gruppaga tukirlar oilasi kiradi. Ular Avstraliyada uchraydi.
3-Kenja turkum: Oliy sо‘ruvchilar yoki turli qanotlilar-Frenata.
O\iz organlari rivojlangan bо‘lsa, sо‘ruvchi tipda, ja\ paypaslagichlari yо‘q, faqat tuban formalarida saqlangan. Ikki juft qanotlari bor. +anotlari bir-biriga ilgakcha yordamida birikadi. Bular 70 dan ortiq oilaga bо‘linaji va 2 gruppaga ajraladi:
1.Mayda turli qanotlilar
2.Yirik turli qanotlilar.
1-gruppa: Mayda turli qanotlilar-Microfrenata.
Bular mayda kapalaklardir. Orqa qanotlaridagi 3 ta anal tomirlari taraqqiy etgan yoki ular tо‘qsimon tangachalardan vujudga kelgan va xoshiyalidir.
+urtlari kо‘pincha yashirin holatda yashaydi. Bular bir qancha oilalarga bо‘linadi.
Asl kuyalar-Tineidea oilasi. Bularga uy va hо‘jalik joylarda uchraydigan kiyim-kechak, mebel, don va boshoqlarni zararlaydigan kuyalar kiradi. Bularning bosh qismini qoplagan tuklar tartibsiz о‘rnashgan, hо‘rpaygan. +urtlari \ilofchasini sudrab о‘rmalaydi. +urtlari kо‘pincha hayvon mahsulotlarida yashaydi.
Sertuk kuyalar-Hyponomeutidae oilasi. Bular uchun oldingi qanot radius tomirining shoxlanganligi natijasida radial katakchalar hosil bо‘lishi harakterlidir. Olma daraxtini hid bosgandek ifloslantirib uning barglarini yeydigan olma kuyasi shular jumlasidir.
Karam kuyasi ham shu oilaga kiradi.
О‘miz qanotlilar-Yelechiidae oilasi. Bular mayda, kulrang aniq rasm bо‘lmagan kapalakdir. Orqa qanotlari uchi chо‘ziq va tashqi cheti umizlangan. +urtlarining qorincha oyoqlari bor, meva va buralgan barglar orali\ida rivojlanadi. Ba’zi turlari barglarda \urra yasaydi. Bularga gulxayri kuyasi, chekanchi qurt, don kuyasi, lavlagi kuyasi, mina kuyasi va yana kо‘pgina kuyalar turi kiradi.
Tiniq qanotlilar-Aegereidae oilasi. Bularning qanotlari tiniq, yaltiroq, tanachalari faqat chetlarida joylashgan. Ari yoki asalari qanotiga о‘xshaydi. +urtlari pо‘stloq ostida rivojlanib, zarar keltiradi.
Barg о‘rovchilar-Tortricidae oilasi. Bular kuyasimonlardan oldingi qanotlarining anchagina kengroq, chо‘ziq uchburchak shaklda bо‘lishi va kо‘pincha uning kо‘ndalangiga qirqilganga о‘xshashligi hamda orqa qanotlari chо‘ziq, ovalligi va uzun xoshiyalanmaganligi bilan farq qiladi. +anotlari tinch turganda tom yopgandek qoplanadi. +urtlari о‘ralgan barglar yoki meva ichida rivojlanadi. Kо‘plari daraxtlarda yashaydi. Olma qurti kapalagi shu oilaga kiradi. Daraxt va butalar uchun zararli bir qancha turlari ham bor. Ularning turlari 5000 dan ortiq, kо‘proq о‘rta iqlimli yerlarda uchraydi.
Poya kovlovchilar-Cossidae oilasi. Kattaligi о‘rtacha, orqa qanotlari oldingiga nisbatan kalta, mо‘ylovlari patsimon. +urtlari daraxt poyalari va shoxlari ichida yashaydi, tirik psilofaglardir. Ba’zilari daraxtlarga katta zarar yetkazadi. Tol yoki qо‘llansa xidli poya kovlovchilarqkeng tarqalgan zararkunandadir. Uning qurti yirik, qizil yoki pushtirangli, mevali va о‘rmon daraxtlari poyasi ichini keltirib, shikastlaydi.
Parvona kapalaklar-Pyralidae oilasi. Bu kpalaklar kechasi yoru\likka uchib kelganliklari uchun parvona kapalaklar deb nomlangan. Kapalakning tanasi ingichkaroq, oyoqlari uzunroq, oldingi qanoti qiyshiq, uchburchak, orqa qanoti kalta, oval shaklda va tomirlari qisman yoki tamomila qо‘shilib ketgan.
Ba’zi turlari о‘simliklarga zarar yetkazadi. Masalan. Hammahо‘r о‘tloq parvonasi qand lavlagi va boshqa dala ekinlari qattiq shikastlaydi. Poya parvonasi qurtlari yо‘\on poyali о‘simliklar poyas ichida yashaydi, makkajо‘xori sо‘tasini shikastlaydi. Asalari qutilarida mum parvonasi katta zarar keltiradi.
2-Gruppa: Yirik turli qanotlilar-Macrolrenata
Yirik yoki о‘rtacha (30 mm) kattalikda, orqa qanotlarida uzun xoshiyalari yо‘q, birinchi, ba’zi turlarida ikkinchi anal tomiri taraqqiy etmagan, ular о‘rnida qanotlarida \ijim yoki tangachalar izi saqlanib qolgan. +urtlari ochiq yashaydi. Ular tо‘\nagichsimon mо‘ylovlari va turli mо‘ylovlilar bosh oilalariga bо‘linadi.
Bosh oila: Tо‘\nagichsimon mо‘ylovlilar yoki kunduzgi kapalaklar-
Phopalocera.
Mо‘ylovlari tо‘\nagichsimon bо‘lganligi uchun shunday nomlangan. Kapalaklari kunduzi aktiv bо‘ladi. 13 ming turi bor, bir qancha oilalarga bо‘linadi.
Ikki rangli kapalaklar-(Araschnia levana) da mavsumiy dimorfizm yaxshi ifodalangan. Bahorgi bо‘\in kapalaklari malla, yozgi bо‘\in kapalaklari esa qora rangda bо‘ladi.
Oq kapalaklar-Pieridae oilasi. Bularning qanotlari oqish yoki sar\ish rangda, \umbaklari substraktga oxirgi uchi bilan yopishadi. Bularning qurtlari karam, shol\om va boshqa butgullilarga va dо‘lanaga katta zarar yetkazadi.
Yelkanlar-Papilionidae oilasi. Kapalagi yirik va chiroyli. Bularga maxaon, apalon kapalaklari kiradi.
Bosh oila: Ipak tо‘quvchilar-Bombycoidea. Kapalaklarning mо‘ylovlari patsimon, hartumchalari rivojlanmagan \umbaklari pilla ichida bо‘ladi. Bular bir necha oilalarga bо‘linadi:
Ipakkashlar-Bombycidae oilasi. Kapalaklarning o\iz apparati taraqqiy etmagan. Bularga tabiiiy ipak olish uchun boqiladigan ipak qurti-Bombyx mori kiradi.
Tovus kо‘zlilar-Saturiidae oilasi. Kapalaklari katta va juda yirik, har xil qanotlarida kо‘z shakliga doq bor. \umbashi ipak tolali pilla ichida rivojlanadi. Masalan, dub xitoy ipak qurti (Antheraea pernyi) ipak tola olish uchun boqiladi.
Nok saturniyasi (Saturnia pyricchil) kapalagi qanotlarini yoyganda 18 sm, uning qurti 13 sm keladi.
Dunyoda eng katta kapalak Attacus atlas bо‘lib, qanotlarini yoyganda 30 sm ga yetadi.
Pillakashlar-Lasiocamoidae oilasi. Gavdasi qalin tuklar bilan qoplangan. Bularga zararkunandalardan halqa ipchasi kiradi. Bular tuxumini ingichka shoxlarga halqasimon belbo\ kabi о‘rnatib qо‘yadi. +urtlari meva va boshqa daraxtlarning bargini qattiq zararlaydi. +ara\ay ipakchasi, Sibir ipakchasi qurtlari igna bargli о‘rmonlar
bargini kemirib, katta zarar yetkazadi. Madagaskar ipakchasi ipak tola olish uchun boqiladi.
Arvox kapalaklar-Sphingidae oilasi. Bu kapalaklar mо‘ylovlari yoysimonligi, hartumi uzunligi bilan farq qiladi. Kapalakalari yaxshi uchadi, oqshomlari gullarga qо‘nmay, ular tepasidan nektar sо‘rib oziqlanadi. Jonsiz bosh arvoh kapalak yelkasida bosh skeletini eslatuvchi shaklli rasm bor. +ara\ay arvoh kapalagi qurti qara\ay va qisman boshqa daraxtlarga zarar keltiradi.
Odimchilar-Yeometridae oilasi. Bularning 12 000 ga yaqin turi bо‘lib, kapalaklarning tanasi ixcham, hartumlari taraqqiy etgan. +urtlarining qorin oyoqlari 2 juft, shu sababli odim tashlab о‘rmalaydi, natijada boshqa kapalak qurtlariga nisbatan tezroq yuradi. Bularda harakatsiz holat-kriptizm taraqqiy etgan. Pо‘stloqda harakatsiz turgan kapalakni sezish qiyin, qurtlari esa shox-shabbaga faqat orqa oyoqlari bilan о‘rnashib, biroz o\ib tik tura oladi, natijada u quruq chо‘pga о‘xshab kо‘rinadi. Zararkunanda turlari-qishki odimchining qurtlari mevali daraxtlarning kurtak va barglarini yeb zarar yetkazadi. +ara\aylarni qara\ay odimchisi, tutni odimchisi zararlaydi.
Bosh oila: Tunlamsimonlar-Noctuoidea. Tinch turganda qanotlari gavdasini yopib turadi. Bir necha oilalari bor.
Tunlamlar-Noctuidae oilasi. Eng katta oila bо‘lib, 20 minga yaqin turi bor. Kapalaklari hartumining taraqqiy etganligi va oldingi qanotlarida tunlam naqshi bо‘lishi bilan harakterlanadi. Bu naqsh 5 ta ingichka tо‘lqin yо‘lli kо‘ndalang izlar va 3 ta do\lardan iborat. +urtlari tuksiz va \umbaklari tuproqda rivojlanadi. Nasldorligi yuqori, kо‘p turlari о‘simliklarga katta zarar yetkazadi. +urtlari quyidagi 3 ta morfobiologik gruppaga: quyi kemiruvchilar, nо‘xatxо‘rlar va odimchisimonlarga bо‘linadi.
+uyi kemiruvchilar yoki yer tunlamlari keng tarqalgan bо‘lib, qurtlari tuproqda rivojlanadi. Tanasi silliq. О‘simliklarning tuproqdagi ildiz bо‘\im qismini kemiradi. Masalan, kо‘k qurt tunlami О‘rta Osiyoda \о‘zaga katta zarar yetkazadi.
Yuqori kemiruvchilar yangi о‘zlashtirilgan yerlarda bu\doyga zarar keltirib, qurtlari о‘simliklarning yer ustki qismida rivojlanadi. Bularga karam tunlami va kulrang \alla tunlami kiradi.
Kо‘sak \urti \о‘za va makajо‘xoriga, qara\ay tunlami qara\ayga katta zarar yetkazadi.
Odamchasimon tunlamlar qurtlarining qorin oyoqlari 3 juft bо‘lganligi uchun odimchilarga о‘xshab о‘ralmaydi. Bularga dala ekinlariga zarar yetkazadigan \alla tunlami kiradi.
Tо‘lqin qanotlilar-Lymantriidae oilasi. Bular hartumchasi tо‘la taraqqiy etmaganligi, mо‘ylovlari patsimonligi bilan harakterlanadi. +urtlari tuklar bilan qoplangan. /umbagi tukli, о‘simlikda yoki hashaklar ostida joylashib, yupqa ipak-tolali pilla ichida
rivojlanadi. Bularga meva va о‘rmonlarga katta zarar yeikazadigan tengsiz ipakchi kiradi.
Ayiq qurtlari-Arctiidae oilasi. Kapalagida hartumi taraqqiy etgan. +urtlari tukli. +iya ayiq qurti kapalagi keng tarqalgan. Uning kapalagining orqa qanotlari qizil, qurtlari kо‘proq о‘t о‘simliklarda uchraydi, qisman zarar keltiradi. Amerika oq kapalagi Amerika va Yevropada keng tarqalgan keng tarqalgan bо‘lib, katta zarar yetkazadi.
Tangachaqanotlilar 14 oilasi orasida faqat Tineidae va Pyralididae oilalarida kо‘p zararli turlar mavjud, ammo oziqaviy zararlash faqat haqiqiy kuyalarga xos xususiyatdir (1-jadval).
Dostları ilə paylaş: |