Hasharotlar buyum va materiallar zararkunandalari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə9/9
tarix02.05.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#56814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TANGACHAQANOTLILAR (1)

Doimiy parazitizm – bunda hujumkor organizm butun hayoti davomida faol parazit tarzida hayot kechirib, uning tuxumi yoki tinim fazasi boshqa, yangi xo‘jayin organizmiga ozuqa orqali o‘tadi.

Davriy parazitizm – bunda parazitning faqat bir – odatda lichinkalik rivojlanish fazasi parazitlik qilib hayot kechiradi.
Antibioz
Antibioz – organizm turlari orasidagi antagonistik o‘zaro munosabatlarni ifoda qilib, unda mikroorganizmlar yoki yuksak o‘simliklar ishlab chiqargan turli moddalar boshqa organizmlarning hayot faoliyatiga halokatli ta’sir etadi yoki ularning rivojlanishini to‘xtatadi. Dastlab antibioz sifatida bakteriyalar, aktinomitsitlar va zamburug‘lar ajratgan antibiotiklarni, ya’ni ular hayot faoliyatida ajratgan ixtisoslashgan mahsulotlarni boshqa bir guruh mikroor-ganizmlarga yuqori fiziologik faolligi tushunilgan bo‘lsa, keyinchalik bu tushuncha birmuncha kengaydi. Jumladan, antibiozga o‘simliklar ajratgan antimikrob xususiyatiga ega bo‘lgan fitonsidlar, hasharotlar, kanalar va boshqa organizmlarga o‘simlik chidamliligini ta’minlovchi ayrim barqaror navlar ajratgan toksinlar, cho‘chituvchi va boshqa ixtisoslashgan moddalar ham kiritilgan. Bunday moddalar zararku-nandalarning yosh lichinkalari nobud bo‘lishi, yetarli ozuqa to‘plamas-ligi tufayli qishlash xususiyatiga ega bo‘lmasligi, jinsiy mahsuldorligi kamayishi, tana hajmi qisqarishi va hokazolarga olib keladi.

O‘simliklar biologik himoyasida zararli fitofag va begona o‘simlik turlari bilan oziqlanadigan yirtqich va parazitlar hamda fitopatogen antagonistik mikroorganizmlar eng katta qiziqish uyg‘otadi. Yirtqichlar sifatida sutemizuvchilar, qushlar, baliqlar, hasharotlar va kanalar foydalidir. Ular orasida biologik agentlar sifatida hasharotlar va kanalar keng tarqalgan. Ko‘p mikroorganizmlar o‘simlik zararkunandalarida – hasharotlar va kemiruvchilarda – parazitlik qiladi. Ularning kasallik qo‘zg‘atuvchi turlari mikrobiologik preparatlar yaratishda asos bo‘ldi. Hasharotlar va kemiruvchilarning kasalliklarini bakteriyalar, zamburug‘lar, viruslar va mikrosporidiylar qo‘zg‘atadi. Kasal yoki o‘lgan zotlardan ajratilgan mikroorganizmlar patogenligi laboratoriya sharoitida tekshirilishi va tasdiqlanishi shart.

O‘simliklar kasallik qo‘zg‘atuvchilarini mikroorganizmlar yor-damida uch yo‘l bilan yo‘qotish mumkin:

● o‘simliklarni kasallik qo‘zg‘atuvchisining kuchsizlantirilgan yoki o‘ldirilgan shtammlari yordamida immunlash (vaksinatsiya);

● giperpazitlarni (masalan, fitopatogen zamburug‘larda yoki bakteriyalarda parazitlik qiladigan boshqa zamburug‘lar va/yoki viruslarni) qo‘llash;

● antogonistik mikroorganizmlarni qo‘llash.

Parazitlar bilan ularning xo‘jayinlari orasidagi munosabatlarni shakllantirishda xo‘jayin ozuqa o‘simliklar turlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Birinchidan, ular biotsenozda tashqi muhit sifatida ishtirok etadi. Ikkinchidan, xo‘jayin oziqlanganda uning organizmi orqali, o‘simlik (ozuqa yoki ichki muhit sifatida) xo‘jayin va parazit fiziologik holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, koevolutsiya jarayonida muayyan o‘simlik turlarida fitofaglar va entomofaglarning trofik aloqalari yuzaga keladi. Natijada turli qishloq va o‘rmon ekinlarida ularga xos kompleks – triotrof tizimi shakllanadi. Shuning uchun o‘simlik-fitofag-entomofag, o‘simlik-fitofag-entomopatogen yoki o‘simlik-fito-patogen-tabiiy antagonist sistemalaridagi trofik aloqalarni chuqur o‘rganish o‘simliklar ekologik xavfsiz himoyasida fitofaglar va fitopatogen mikroorganizmlar faoliyatini boshqarish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi.



Shunday qilib, o‘simliklar biologik himoyasining ekologik asosi – qishloq xo‘jalik va boshqa ekinlar zararli organizmlarining tabiiy kushandalaridan foydalanishdir. Tabiiy kushandalarga yirtqich va parazit umurtqalilar va umurtqasizlar hamda mikroorganizmlar tegish-lidir. Hozirgi zamon fiziologiya, biokimyo, ekologiya va mikro-biologiya sohalarining yutuqlari, o‘simliklar biologik himoyasida – gormonlar, feromonlar, antibiotiklar, o‘simliklarni genetik modifi-katsiyalash singari yangi istiqbolli yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga imkon berdi.
Nazorat savollari


  1. Organizmlar orasidagi o‘zaro munosabatlarining asosiy shakllarini gapiring.

  2. Fareziya, mutualizm va kommensalizm deganda nimani tushunasiz?

  3. Yirtqichlik, fatal va nofatal yirtqichlik deganda nimani tushunasiz?

  4. Parazitizm va shakllari deganla nimani tushunasiz?

  5. Oddiy va parazitizm deganda nimani tushunasiz?

  6. Antibioz deganda nimani tushunasiz?

  7. O‘simliklar kasallik qo‘zg‘atuvchilarini qanday yo‘qotish mumkin?

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin