B
А
1-rasm. A) Chumoli o‘simlik bitlarini tashqi dushmandan himoya
qilish maqsadida loydan yasagan inshoot;
B) Chumoli o‘simlik bitini sog‘ib, oziqlanmoqda.
(Matias Froyde, 1986)
Sotsial simbioz yoki sotsial parazitizm – simbiozning bu shaklida bir tur ikkinchi tur to‘plagan yoki saqlayotgan ozuqa hisobiga oziqlanib, ikkinchisiga bilvosita zarar yetkazadi. Sotsial simbioz qushlar, arilar, asalarilar, chumolilar va termitlar orasida keng tarqalgan.
Yirtqichlik
Yirtqichlik – bunda bir simbiont (yirtqich) oziqlanish maqsadida bir yoki bir necha boshqa turlarning bitta yoki bir nechta zotlariga (o‘ljalarga) hujum qilib, ularning aksariyatini qisqa vaqtda halok qiladi. Yirtqichlar o‘z o‘ljasi bilan bir necha marta oziqlanishi ham mumkin.
Agrobiotsenozlarda yashaydigan hasharot va kanalardan yirt-qichlikka misol bo‘la oladiganlari birmuncha, jumladan, stetorus qo‘ng‘izi o‘rgimchakkanaga qiron soladigan yirtqich bo‘lsa, oltin-ko‘zlar o‘simlik bitlari, o‘rgimchakkana va yana bir talay boshqa hasharotlarning tuxumlari va lichinkalarini qiradagan yirtqichlardir. Yirtqich kanalar O‘zbekistonda o‘rgimchakkanani yo‘qotadigan faol akarifaglar hisoblanadi. Biologiyasi jihatidan tuproq bilan bog‘langan va tuproqda yashab zararkunandalarning tuxumlari, lichinkalari, ba’zan esa g‘umbaklarini ham keskin kamaytiradigan yirtqichlardan vizildoq (toshxol) qo‘ng‘izlari (2-rasm), stafilinidlar, (3-rasm) chumolilar va o‘rgimchaksimonlar ham bunday simbiozning yirtqichlik shakliga yaqqol misol bo‘la oladi.
2-rasm. Yirtqich vizildoq qo‘ng‘izning tunlam qurtiga hujum qilish payti.
(A.Sh. Xamraev rasmi)
Ikki xil – fatal va nofatal yirtqichlik mavjud. Fatal yirtqichlik shakli keng tarqalgan bo‘lib, bunda o‘lja albatta yirtqich hujumidan halok bo‘ladi. Masalan, xonqizi qo‘ng‘izlari, ularning lichinkalari hamda ging pashshalarining lichinkalari (sirfid) o‘simlik bitlari bilan oziqlansa, gulbadan vizildoq qo‘ng‘izi lichinkalari tengsiz ipak qurti lichinkalari bilan oziqlanadi va h. Nofatal yirtqichlik ro‘y berganda esa o‘lja halok bo‘lmaydi. Ularning misollari – qon so‘ruvchi qandalalar, pashshalar va burgalar.
3-rasm. Yirtqich chumolilarning o‘ljaga xuruji.
Yirtqichlik shakllari orasida kannibalizmni alohida ajratib ko‘r-satish mumkin, bunda yirtqichlar o‘z turining zotlarini yeb qo‘yadi. Kannibalizm ko‘pincha oltinko‘z lichinkalari, yirtqich qandalalar, xonqizi qo‘ng‘izlarining birinchi yoshdagi lichinkalari va g‘o‘za tunlami qurtlari orasida kuzatiladi.
Parazitizm
Parazitizm – bunda bir simbiont (parazit) ikkinchi simbiont (xo‘jayin) tanasida yashab oziqlanadi yoki parazit lichinkasi oziqla-nishining butun davri davomida xo‘jayin tanasida hayot kechiradi. Parazitizm xo‘jayinning halok bo‘lishiga yoki batamom ozib ketishiga olib keladi. G.A.Viktorov (1976) ta’kidlashicha, parazitizm bir organizmning boshqasida o‘z hayotining ko‘p yoki oz qismi davomida ozuqa manbai va yashash muhiti sifatida foydalanishidir. Parazitizm ko‘rinishi hasharotlar sinfida juda keng tarqalgan. To‘liq rivojlanadigan hasharotlarning beshta turkumida, ya’ni pardasimonqanotlilar, qo‘sh-qanotlilar, qattiqqanotlilar, yelpig‘ichqanotlilar va tangachaqanotlilar turlari orasida parazitlar ko‘plab uchraydi. G‘o‘zani zararkunandalardan biologik usulda himoya qilishda, ayniqsa, pardasimonqanotlilardan (trixogramma, brakon) keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |