Fitoparazitizm – parazitizm shakli bo‘lib, bunda hujum qiluvchi organizm o‘simliklar dunyosiga mansub bo‘ladi.
Zooparazitizm – hujum qiluvchi organizm hayvonat dunyosiga xos bo‘ladi.
Parazitlik endo- hamda ektoparazitizm ko‘rinishida amalga oshi-riladi. Xo‘jayin tanasi ichida rivojlanib, uning ichki a’zolari hisobiga oziqlanadigan parazitlar endoparazitlardir. Masalan, trixogramma g‘o‘za va boshqa tunlamlarning tuxumlari ichida rivojlanadi (4-5-rasmlar). Apanteles avlodiga mansub hasharotlar tunlamlarning qurtlari ichida parazitlik qiladi .
4-rasm. Tunlam tuxumiga o‘z tuxumini qo‘yayotgan trixogramma.
Ektoparazitlar xo‘jayin gavdasi sirtida parazitlik qilib, uning terisiga yopishib, oziqlanadi. Markaziy Osiyoda keng tarqalgan g‘o‘za tunlami va bir qator boshqa tunlamlarda parazitlik qiladigan brakon yaydoqchisi bunga yaqqol misol bo‘ladi. Parazitizm ko‘rinishlari obligat (yoki muqarrar), fakultativ (yoki nomuqarrar) va tasodifiy parazitizmga bo‘linadi. Muqarrar parazitizm ro‘y berganida xuruj qiladigan organizm faqat parazitlik bilan hayot kechiradi, nomuqarrar (fakultativ) para-zitizmda u parazitlik qilishi mumkin, lekin o‘z xo‘jayini bo‘lmaganda erkin hayot kechiraveradi. Tasodifiy parazitizm simbiozning shunday shakliki, bunda xuruj qiluvchi organizm muntazam aloqasi bo‘lmagan xo‘jayinning ichida yoki sirtida rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: |