1-jadval
MDH mintaqalarida materiallarda uchraydigan zararkunanda tangachaqanotlilarning turlar soni (V.D.Ilichev va b., 1987)
Oila
|
Zararkunandalar
|
Birinchi darajali
|
О‘rtacha
|
Tasodifiy
|
Jami
|
Hepialidae
|
-
|
-
|
1
|
1
|
Tineidae
|
3
|
18
|
9
|
30
|
Oenophilidae
|
-
|
1
|
-
|
1
|
Cossidae
|
-
|
-
|
1
|
1
|
Tortricidae
|
-
|
-
|
1
|
1
|
Phaloniidae
|
-
|
-
|
1
|
1
|
Momphidae
|
-
|
-
|
1
|
1
|
Gelechiidae
|
1
|
1
|
-
|
2
|
Blastobasidae
|
-
|
-
|
1
|
1
|
Pyralidae
|
-
|
-
|
11
|
11
|
Pieridae
|
-
|
-
|
1
|
1
|
Notodontidae
|
-
|
-
|
3
|
3
|
Noctuidae
|
-
|
-
|
1
|
1
|
Arstiidae
|
-
|
-
|
1
|
1
|
Jami
|
4
|
20
|
32
|
56
|
Birinchi darajali zararkunandalar о‘yiqqanotli kuyalar oilasida ham mavjud. Tangachaqanotlilar boshqa oilalari orasida onda- sonda tasodifiy turlar uchrab turadi.
Oziqaviy zararlash о‘simlik va hayvonlar mahsulotlari bilangina chegaralanib, ayniqsa о‘simlik materiallarining zararkunandalari kо‘proq turli-tuman bо‘lib, hayvonot materiallarini faqat Coleoptera va Lepidoptera turkumlarining keratofaglari kuchli zararlaydi.
Sintetik materiallar va buyumlar qildumlilar, termitlar, qо‘ng‘izlar lichinkalari va kapalaklar qurtlariga tasodifan tо‘qnash kelgandagina zararlanishi mumkin.
Kо‘pchilik hollarda materiallarning oziqaviy zararlanishi, materiallarning ichida yoki sirtida hayot kechiruvchi lichinkalar tomonidan amalga oshiriladi. Buning hisobiga zararkunanda va material orasida topik, trofik va fabrik aloqalar vujudga kelishi mumkin. Topik aloqada hasharotlar buyumlarning bо‘shliq va yoriqlariga о‘tishi uchun qulaylik xususiyati bilan ajralib turib, bunday hollarda buyumning ichki qismi ifloslanishishi mumkin, ayniqsa bunday aloqaning uzoq davomiyligi hasharotning biologiyasi va material yoki buyumlarning mikroiqlimiga bog‘liq holda aniqlanadi. Mabodo hasharot materialning ichki bо‘shlig‘i -uning biror qismini, masalan, kuya qurtlari g‘ilof tо‘qish uchun foydalansa, bunda topik aloqa bilan bir vaqtda fabrik aloqa ham vujudga keladi, natijada material qandaydir darajada zararlanishi mumkin. Bunday hollarda, qachonki hasharot о‘zi yashab turgan substratni oziqa sifatida foydalansa, topik aloqa, trofik aloqa bilan tо‘ldiriladi, bu о‘z navbatida hammadan kо‘ra materiallari bilan tо‘g‘ridan tо‘g‘ri trofik aloqa, asosan ksilofag va keratofaglarda vujudga keladi.
Materiallarga о‘rnashib va ular bilan topik aloqaga kirishgan organizmlarga gilobiontlar, trofik aloqaga kirishganlariga esa gilofaglar deyiladi. Ammo, shuni ham hisobga olish kerakki, kо‘pchilik materiallar zararkunandalari tabiiy sharoitda materiallar bilan emas balki о‘simliklar va hayvonlar tabiiy mahsulotlari bilan oziqlanib, faqat ayrim hasharot turlarigina amalda obligat gilofaglar hisoblanadi.
Hasharotlarda oziqa rejimining almashuvi ular xulq atvorining, ozuqa qabul qilish usuli va og‘iz apparatining modifikatsiyalanishi hamda oziqa hazm qilish jarayonlarining о‘zgarishi bilan yuzaga keladi. Shubhasiz bunday о‘zgarishlar uzoq evolyusion jarayonlar bilan bog‘liq. Gilobiontlarda chuqur fiziologik о‘zgarishlar odatda kuzatilmaydi. Birinchidan, barcha materiallar zararkunandalarining og‘iz apparati kemiruvchi tipda bо‘lib, filogenetik nuqtai nazardan, ayniqsa qadimgi hasharotlarga xosdir. Og‘iz apparatlari ixtisoslashgan (sanchib sо‘ruvchi, sо‘ruvchi, yalovchi) hasharotlar materiallarni zararlashga qodir emaslar va ularning zararkunandalari ham hisoblanmaydilar. Ikkinchidan, birinchi darajali zararkunandalar qatoriga, asosan ksilofaglar va keratafaglar kiritilib ular tabiatda kimyoviy tarkibi yuzasidan materiallarga mos keladigan substrat bilan oziqlanadilar, ular materiallar bilan oziqlanganda ovqat hazm qilish jarayonlarida sezilarli darajada о‘zgarish rо‘y bermaydi. Ksilofaglar qanday, maxsus fermentlarga ega bо‘lib, ichida oziqa hazm qilishi о‘zga xos sharoitda (kо‘pincha, salbiy oksidlab-tiklanish imkoniyati va modda almashinuvida simbiotik mikroorganizmlaring qatnashuvi) amalga oshirsa keratofaglarda ham shunday jarayon yuz beradi. Bunday fiziologik kompleks moslanish bu hasharotlarda о‘simlik va hayvonot mahsulotlarini utilizatsiya qilish imkonini yaratib, hasharotlar sinfining boshqa keng vakillari bunga erisha olmaydilar.
Hasharotlar xulq-atvoriy harakatlarining abiotik muhitlarga barqarorligi sharoitga qarab ular materiallarga duch kelganda ozmi kо‘pmi sezilarli ma’lum darajada о‘zgartiriladi. Hech bо‘lmaganda bunday uchrashuvlarni ikkiga ajratish mumkin:
Tabiiy biotsenoz buyumlarga potensial zararkunandalarning bevosita yashash muhiti sifatida о‘rnashishi.
Shaharlar isitiladigan binolarida, tabiiy sharoitdan ajratilgan potensial zararkunandalar populyatsiyasi.
Birinchi holda hasharotlarning materiallarga о‘tishi ularning hech qanday fiziologik va xulq-atvoriy reaksiyalari о‘zgarmagan holda rо‘y beradi Masalan, yog‘och ustunlarining, kо‘priklarning va h. zararlanishi. Ikkinchi holda hasharotlarning keskin ekologik sharoitga va tabiiy sharoitdagi mahsulotlardan jiddiy ravishda о‘zgargan materiallar bilan oziqlanishga ma’lum darajada moslashishni talab qiladi. Boshqa sо‘z bilan aytganda, birmuncha evolyusion jarayon zarur bо‘lib, natijada sinantrop hasharotlar gilofaglar – о‘ta xavfli zararkunandalar sifatida shakillanadi.
Barcha materiallarni vujudga kelishi inson faoliyati bilan bevosita bog‘liq bо‘lib, shuning uchun ham tabiiyki gilofaglarning evolyusiyasi antropogen davomiyligidan chetga chiqmaydi. Ma’lumki ular chambarchas bog‘liq. Mabodo ibtidoiy odam, qoidaga asosan tabiiy materiallarni deyarli о‘zgartirmagan holda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida foydalangan bо‘lsa, texnologiya va mashinada ishlab chiqarishda о‘simlik va hayvonot materiallari borgan sari tabiiy mahsulotlardan farq qilib ularning xilma-xilligi о‘sib bordi. Inson yashaydigan joyning ekologik sharoiti ham о‘zgardi. G‘or-deyarli tabiiy muhit, dehqonning yog‘och uyi-yuqori darajada alohida xonalar, hozirgi zamonaviy kо‘p qavatli g‘ishtdan qurilib, markaziy isitiladigan xonadonlar – bu keyingi ekologik pog‘onadir. Kо‘pchilik hasharotlar binolarda yashay olmasalarda, ularning ozgina qismi keltirilgan evolyusion turli pog‘onalarga siljib, ularning ayrim turlari chо‘qqiga erishdilar.
Zararkunandalar xuruji va turli kasalliklar yer yuzida ulkan ofat hisoblanib, ular qishloq xo‘jalik o‘simliklari rivojlanishi davrida va mahsulotlarni saqlash davomida hosilning juda katta qismi yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Ba’zi yillari zararli organizmlar hosilning 60-80% ni nobud qilibgina qolmay, o‘simliklar, hayvonlar va insonlarda turli xavfli yuqumli kasalliklarni ommaviy ravishda keltirib chiqarishga ham sababchi bo‘ladi. Shuning uchun ham zararkunanda va kasalliklarga qarshi kimyoviy kurash keng qo‘llaniladi.
Zararkunanda hasharotlar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilarga qarshi kurashda kimyoviy usul jahon tajribasida keng qo‘llanilsada, ammo bunday insekto-akaritsidlar yetarli darajada tanlab, ta’sir etish xususiyatiga ega emasligi aniqlandi, ya’ni pestitsidlar biologik agentlarni, birinchi navbatda zararkunandalar ommaviy rivojlanishining oldini oladigan tabiiy kushandalari hisoblangan entomofag hasharotlar, hasharotxo‘r qushlar va boshqalarni qirib yo‘qotadi. Bundan tashqari, ko‘pchilik zararkunandalar pestitsidlarga chidamlilik hosil qilishi tufayli agrobiosenozlarning fitosanitariya holatiga va qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa noan’anaviy guruhlar, yangi moddalar birik-malari hisobiga kimyoviy kurash vositalari arsenalini to‘ldirib borishni va mos ravishda pestitsidlar ishlab chiqarish narxi eksponensial o‘sib borishini talab qiladi (Metcalf, 1980). Ammo yangi pestitsidlar chaparasta (perekryost) va guruhli chidamlilik paydo bo‘lishi tufayli amaliyotda qo‘llanishdan oldinroq ham o‘z samaradorligini yo‘qotishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda yer yuzida 428 turdagi bo‘g‘imoyoqlilar turli guruh pestitsidlariga chidamlilik hosil qilgan bo‘lib, ulardan 260 tasi qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalaridir.
Bularning hammasi o‘simliklarni himoya qilish sohasi muta-xassislarida biologik himoyaga nisbatan keskin qiziqish uyg‘otib, bunda ta’sir etuvchi omillar tariqasida qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari miqdorini chegaralaydigan yirtqichlar, parazit yoki kasallik qo‘zg‘atuvchilarni alohida qayd qilish o‘rinlidir.
O‘simliklarning biologik himoyasi keng ma’noda – bu zarar-kunandalar va kasallik qo‘zg‘atuvchilar keltiradigan zararni kamaytirish maqsadida, ularning populatsiyalari miqdorini kamaytirishda tirik organizmlar, ularning faoliyati tufayli hosil bo‘lgan moddalar yoki sintetik analoglaridan foydalanish tushuniladi. Tor ma’noda esa klassik biologik usul zararli organizmlarga qarshi kurashda tirik organizmlar: parazitlar, yirtqichlar va patogen mikroorganizmlardan foydalanish, demakdir.
Biologik himoya usulining mohiyati tabiatda qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari bilan ularning parazitlari va yirtqichlari (entomofaglar va akarifaglar), ayniqsa hasharotlar, kanalar va zarar-kunandalar bilan bakterial, zamburug‘, virus va kompleks kasalliklar orasida vujudga kelgan antogonistik munosabatlardan aniq maqsadda foydalanishdir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining bahor-yoz-kuzgi yuqori haro-ratli tabiiy-iqlim sharoiti bilan amalda yil bo‘yi ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlari mahsulotlarini yetishtirilishini ta’minlaydi. Ammo yozgi-kuzgi davrda oziq-ovqat ekinlari – boshoqli, sabzavot-poliz, bog‘, mevali hamda texnik ekinlari – g‘o‘za, kanop va boshqalarga zararli bo‘g‘imoyoqlilar yetkazadigan talafot ancha sezilarli bo‘ladi.
Dastavval respublikada zararkunandalarga qarshi kurash kimyoviy usulda amalga oshirilgan. Ammo zaharli ximikatlarni, , yuqori toksik moddali birikmalarni keng qo‘llash atrof-muhitga tuzatib bo‘lmaydigan darajada talafot yetkazdi, suv havzalari ifloslanishi, foydali bo‘g‘imoyoqlilar va boshqa jonivorlar soni keskin kamayishi, qishloqlarda ekologik vaziyat keskinlashuvi va aholi orasida kasalliklar o‘sishiga olib keldi (Habibullayev, 1996; Azimov, Hamrayev, Abdunazarov, 1998).
Yuzaga kelgan ahvolni hisobga olgan holda ilmiy muassasalar oldiga atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lgan va o‘simliklar uyg‘un-lashtirilgan himoyasining asosi hisoblangan biologik usulning ilmiy asoslarini vujudga keltirish va ishlab chiqarishga keng joriy qilish masalasini tezlashtirish maqsad qilib qo‘yildi.
1974-yili Toshkent qishloq xo‘jalik institutida (hozirgi Toshkent Davlat agrar universiteti) sobiq ittifoqda birinchi va yagona hisoblangan o‘simliklar biologik himoyasi kafedrasi tashkil qilinishi nafaqat O‘zbe-kistonda, balki boshqa respublikalarda ham biologik himoya usuli rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Respublikamizda qisqa muddat ichida biologik himoya usuli yechimlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga keng joriy qilish sohasida ma’lum yutuqlarga erishildi. Jumladan, dastlab (1971 y.) bu usul 2,6 ming ga maydonda joriy qilingan bo‘lsa, 1985-yili – 1416,1 ming, 1986 y. – 4503 ming, 1987 y. – 5227 ming, 1993 y. – 5900 ming ga, 2000 y. 7600 ming gektarni tashkil qilgan va 2008-yilga kelib, uni qo‘llash hajmi 14 mln. gektardan oshib ketdi.
Shunga mos ravishda biolaboratoriya va biofabrikalar soni ham keskin o‘sdi. 1972-yili ular soni 18 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1987 y. -730, 1995 y. – 769, 2000-yilda 790, 2008-yilga kelib esa 900 ga yaqin biolaboratoriyalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublikada entomo-akarifaglar turlar tarkibini, ularning bioeko-logik xususiyatlari, muhofazasi, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurashdagi samaradorligini oshirish kabi ilmiy tadqiqot ishlariga katta e’tibor berildi.
Mustaqillik yillarida o‘zbek va xorij olimlari va mutaxassislarining o‘simliklarni biologik himoyalash sohasidagi ilmiy-amaliy aloqalari sezilarli darajada kengaydi.
Dostları ilə paylaş: |