Tadqiqotning maqsad va vazifalari: Ushbu BMIdan ko‘zlangan asosiy maqsad klassik manbalardagi havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplarning shakliy va mazmuniy xususiyatlarini tadqiq etishdir. Shu asnoda tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
matnda ishtirok etgan havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplarni ajratib olish;
havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplarning shakliy xususiyatlarini ochib berish;
havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning soniga ko‘ra ularni guruhlash;
havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi gaplarning
bog‘lanishini tadqiq etish;
havola bo‘lakli ergash gapli havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplarning boshqa sintaktik birliklar bilan munosabatni aniqlash.
Tadqiqot obyekti.O‘zida o‘zbek tili materiallarini aks ettirgan yozma manbalar, matni, gap qurilishlari.
Tadqiqotning metodologik asosi. Ishda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviyat, ma’rifat, milliy va umumbashariy qadriyatlar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari, milliy til va madaniyatning rivojlanish tarixi, taraqqiy etish yo‘llari haqidagi qarashlari, o‘zbek tilshunos olimlari G‘.Abdurahmonov, M. Asqarova va A. G‘ulomovlar, shuningdek, N.Mahmudov, A.Nurmonovlarning gap sintaksisi haqida olib borgan ishlari, dialektikaning mazmun va shakl, butun va qism, analiz va sintez, mantiqiylik kabi kategoriyalari metodologik asos bo‘ldi. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy, uzviy va diaxron tahlil kabi metodlardan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:Qo‘shma gaplar o‘zbek tili sintaktik sathining oliy birligi hisoblanadi. Shu sababli havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplar yillar davomida o‘rganilyapti. Bizning BMIda havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplarning sintaktik va semantik munosabatlari tadqiq qilindi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati:Tadqiqot natijalaridan, ayniqsa, yig‘ilgan faktik misollardan eski o‘zbek tili sintaksisi darslarida material sifatida foydalanish mumkin.