Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi



Yüklə 68,5 Kb.
səhifə9/23
tarix28.03.2023
ölçüsü68,5 Kb.
#90768
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
норкулова мухайё пдф файл

Kimki – anga shaklidagi to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap: … kimki ulug’lar bila suhbat tutg’ay va adab tariqin ma’riy tutmag’ay, anga alarming suhbatining foydasi va nazarining harakati xaram bo‘lg’ay va alarning nuridin anda hech nima paydo bo‘lmag’ay. (Nasoyim ul muhabbat 67-bet)

  • Har kim – ani, har kim andin shaklidagi to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar: … har kim Haq taoloning g’ayri bila orom tutqay, Haq taolo ani aftoda qilg’ay va har kim Haq taolo bila orom tutqay, Haq taolo o‘zgalar bila orom tutmoq yo‘lini andin bog’lag’ay va kesgay. (Nasoyim ul-muhabbat 34-bet) Havola bo‘laklarning biri belgisiz qo‘llanadi: Masalan, Har kim aning bila xo‘y qilg’ay, ko‘ngli rohat bila bo‘lg’ay, Har kim andin e’ros qilsa qazo vurudi bila ko‘ngli ranja bo‘lg’ay. (Nasoyim ul-muhabbat 36-bet).

    Mazkur gaplarning har ikklalasida ham havola bo‘laklar sifatida kim qo‘llangan bo‘lsa, bosh gap tarkibidagi havola bo‘lak esa noreal qo‘llangan. Bosh gap tarkibidagi belgisiz qo‘llangan uning olmoshining sintaktik vaziyatiga ko‘ra mazkur qo‘shma gaplar aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplardir. Masalan: Dedi: tengri taolo senga besh xil’at kiydirib durur: muhabbat xil’ati va ma’rifat xil’ati va tavhid xil’ati va iymon xil’ati va islom xil’ati. Har kim tengrini sevsa, anga oson bo‘lg’ay har ish. Va har kim tengrini tanisa, ko‘ziga kichik ko‘ringay har nima. Va har kim tengriga birlik bila bilsa, anga sherik kelturmagay hech nimani. Va har kim tengriga iymon keltursa, emin bo‘lg’ay, barcha nimadin. Va agar osiy bo‘lsa, e’tiroz qilg’ay. Va chun e’tiroz qilg’ay, qabul tushg’ay. (Nasoyim ul-muhabbat 38-bet)
    Mazkur mikromatnda (ko‘chirma gapli qo‘shma gapda) mazmunan bir-biri bilan zich aloqada bo‘lgan 7 ta ergash gapli qo‘shma gap mavjud bo‘lib, ulardan beshtasi havola bo‘lakli qo‘shma gapdir. Har bir havola bo‘lakli qo‘shma gapning ergash gap qismida havola bo‘lak sifatida har kim belgilash olmoshi qo‘llangan.
    Birinchi gapda har kim – anga havola bo‘laklari mavjud, shunga ko‘ra bu to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap, keyingi gapda esa havola bo‘lak har kim faqat ergash gap qismida qo‘llanib, bosh gap tarkibida havola bo‘lak shaklan qo‘llanmagan bo‘lsada, uning mazmunan bo‘sh o‘rni ma’lum, bosh gap kesimining valentligiga ko‘ra anga olmoshini talab qiladi. Shunga ko‘ra bu ham to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. Uchinchi gapda esa har kim – anga havola bo‘laklarning grammatik shakliga ko‘ra to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap sirasiga kiradi. Navbatdagi to‘rtinchi gapda esa bosh gap tarkibidagi havola bo‘lak – anga so‘zining o‘rni kesimlik shakllaridan ma’lum, demak, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. Beshinchi gapda ham ergash gap tarkibida har kim olmoshi qo‘llangan bo‘lsada, bosh gap qismida havola bo‘lakning o‘rni ma’lum, u “u” olmoshidir. Demak, bu gap ega ergash gapli qo‘shma gap. Oltinchi va yettinchi gaplar esa shart ergash gapli qo‘shma gaplardir. Bu gaplarda havola bo‘lak o‘rnida ergash gap kesimi orqali ifodalanayotgan shart ma’nosini kuchaytiruvchi agar va chun vositalari qo‘llangan. Yuqoridagi misollarda havola bo‘lak ishtirok qilgani uchun ergash gap kesimida anglashiladigan shart ma’nosi xiralashgan. Agar, chun so‘zlari o‘rnida har kim, kimki havola bo‘laklari qo‘llanganda edi, ularni havola
    bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gap sifatida baholash mumkin bo‘lar edi.
    Alisher Navoiyning nasrida murakkab qo‘shma gaplarning shunday turlari uchraydiki, ularning tarkibida birdan ortiq havola bo‘laklar ishtirok qiladi va ergash gapli qo‘shma gaplarning turlarini hosil qiladi. Bu tarzda shakllangan murakkab gap turlari hozirgi o‘zbek tilida deyarli uchramaydi va eski o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan sanaladi. Masalan: (Vazir) …dedi, qo‘ying bizga maqsud ul erdiki, xalq bilgaylarki, bizning mulkda andoq kishi borkim, sharqdir g’arbgacha mulk qazosin anga bersalar, ul qabul qilmasa ermish. (Nasoyim ul-muhabbat 118-bet)
    Birinchi jumla kesim ergash gapli qo‘shma gap bo‘lib, kesimi ul erdi – bir havola bo‘lakli qo‘shma gap. Ikkinchi jumlada esa to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapning bosh qismi sanaladi. Gapda belgisiz qo‘llangan ani vositasiz to‘ldiruvchining sintaktik-semantik o‘rni sharoit yaratib turibdi – bir havola bo‘lakli qo‘shma gap. Uchinchi jumla esa aniqlovchi g’arbgacha bo‘lgan mulkni berishganlarida uni qabul qilmaydigan kishi – bir havola bo‘lakli qo‘shma gap21.
    Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidagi havola bo‘lakli qo‘shma gaplar
    Ey kimniki aylabon parivash
    Majnun anga yuz asiri g’amkash. (Layli va Majnun 80-bet)

    Yüklə 68,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin