(Kimni sen pariga Majnun qilgan bo‘lsang, ko‘z yoshlarini jigarrang qilib oqizding). Mazkur gapda birinchi misrada kimniki olmoshi qo‘llangan va ushbu olmosh asarning nasriy bayonida kimni olmoshiga to‘g’ri keladi. Ikkinchi misrada anga olmoshi qo‘llangan. Ushbu olmosh hozirgi kundagi unga havola bo‘lagining arxivarianti hisoblanadi. Ushbu baytda kimni va unga havola bo‘laklari qo‘llanilgan bo‘lib, havola bo‘laklar real, lekin assimetrik havola bo‘laklar hisoblanadi. Demak, mazkur gap ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi.
Yo Rab, eshigingda ul gadomen Kim, boshtin-ayoqqacha xatomen. (Layli va Majnun 30-bet)
(Men eshigingda shunday bir gadomanki, boshdin-oyoqqacha turganbitganim xatodir).Yuqoridagi jumlada (shunday) havola bo‘lagi o‘rnida (ul) ko‘rsatish olmoshi qo‘llangan, -ki yuklamasi o‘rnida esa –kim olmoshi ishtirok etgan. Demak, ushbu gap bir havola bo‘lakli aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi.
Holim sharhiki bas uzundir, Bu turfaki, dam-badam fuzundur. (Layli va Majnun 110-bet)
(Holim sharhu izohi o‘ta uzun bo‘lib, qizig’i shundaki, dam badam bu uzayib bormoqda).Ushbu gapda (shundaki) olmoshi ishtirok etgan bo‘lib, bir havola bo‘lakli kesim ergash gapni hosil qilgan.
Har necha emas manga bu oson, Lekin sanga bordur asru oson. (Layli va Majnun 88-bet)
(Bu menga qanchalik mushkul bo‘lsa, senga shunchalik osondir).Ushbu gapning ergash gap qismida qanchalik olmoshi ishtirok etgan bo‘lib, unga monand ikkinchi qismda, ya’ni bosh gap qismida shunchalik olmoshi ishtirok etgan. Yuqoridagi qanchalik – shunchalik havola bo‘laklari ikki havola bo‘lakli o‘lchov
– daraja ergash gapli qo‘shma gapni hosil qilgan. Ushbu gapda havola bo‘laklar qo‘shma gapning har ikkala qismida qo‘llanganligi uchun havola bo‘laklar realdir. Bosh gapdagi havola bo‘lak ergash gapdagi havola bo‘lakga teng kelganligi sababli, havola bo‘laklar o‘zaro simmetrikdir.
Ey po‘yada markabingg’a ta’jil Ollingda haqir payki Jibril. (Layli va Majun 127-bet)