Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Bir havola bo‘lakli ega ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 68,5 Kb.
səhifə13/23
tarix28.03.2023
ölçüsü68,5 Kb.
#90768
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
норкулова мухайё пдф файл

2.1 Bir havola bo‘lakli ega ergash gapli qo‘shma gaplar.
Ega ergash gapli qo‘shma gaplarda asosan ikki xil tabiatli mazmuiy munosabat ifodalanadi. Ana shunga bunday qo‘shma gaplarning shakily jihatdan ham ikki xil ko‘rinishi mavjud, ya’ni bir havola bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli:
Shunisi muhimki, do‘stlarimiz g’alaba qildi; Musobaqada kim g’olib chiqsa, o‘sha mukofotlanadi23. Aytib o‘tilganiday havola bo‘lak vazifasida olmosh yoki tabiatan olmoshlarga yaqin so‘zlar keladi. Ayni turdagi qo‘shma gaplarda havola bo‘lak eganing o‘rnida bo‘ladi. Aytilgan ikki ergash gapli qo‘shma gap ko‘rinishlaridan oldin birinchisini tahlil qilaylik. Birinchi qo‘shma gapda bosh gap (shunisi muhimki), ergash gap (do‘stlarimiz g’alaba qildi) dan oldin kelgan. Bosh gapdagi ega o‘rnidagi havola bo‘lak shu ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan. Mazmuniy jihatdan olib qaralsa, qo‘shma gapda faqat bir denotativ voqea ifodalangan. Tabiiyki, qo‘shma gap ikki (yoki undan ortiq) voqea ifodasi uchun xoslangan shakl, demak, mazkur qo‘shma gapda ikki voqea ifodalanishi kerak. Gapda, haqiqatan ham, ikkinchi “voqea” ham bor, lekin tasavvur etilayotgan bu ikkinchi “voqea” denotativ voqea emas, balki modus “voqea” dir. Bu modus “voqea” alohida, ya’ni bosh gap orqali ifodalangan. Mazkur qo‘shma gapda bosh gap asosiy voqeani emas, balki modusni ifodalagani uchun mazmuiy – funksional nomuvofiqlik, ikki denotativ voqea emas, balki bir denotativ voqea ifodalanganligi uchun esa mazmuniy sintaktik nomuvofiqlik yuzaga kelgan. Ko‘rinib turibdiki, qo‘shma gap qismlari o‘rtasidagi munosabat mazmunan modus va denotativ voqea o‘rtasidagi munosabat. Ayni chog’da modus ifodalangan bosh gapdagi ega havola bo‘lak bo‘lib, u mazmunan bo‘sh, ya’ni denotativ voqea ifodachisi bo‘lgan ergash gapga ishora qilish barobarida mazmunga ega bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, u bosh gapdagi predikatning mazmuniy valentligiga muvofiq qo‘llanishi lozim bo‘lgan nominativ voqeadan iborat subyektning o‘rinbosaridir, zero, ko‘rsatish olmoshlari aniq predmetni ham, har qanday voqeani ham ko‘rsatishi, ularga ishora qilaverishi mumkin.
Ergash gapli qo‘shma gaplarning bir havola bo‘lakli turida mazmuniy bog’lanish juda zich, bu bog’lanishni ta’minlovchi shakily vosita –ki uzvidir, lekin havola bo‘lakning bundagi muayyan ishtirokini ham ta’kidlamoq lozim, chunki ayni qo‘shma gap qismlari orasidagi bog’lanishning sintaktik mexanizmida bu bo‘lak asosiy o‘rin tutadi. Bu fikrni havola bo‘lak tushirib qolgan holatlar uchun ham aytish mumkin, chunki ega vazifasidagi bu bo‘lak qo‘llanmaganda ham, predikatning subyekt valentligiga ko‘ra eganing sintaktik o‘rni (bo‘sh bo‘lsa ham) bilinib turadi. Nihoyat, shuni ta’kidlamoq lozimki, ega ergash gapli qo‘shma gaplarning bir havola bo‘lakli ko‘rinishida bosh gap ergash gapdan ajratib olinganda, ma’noga ega bo‘la olmaydi, chunki uning tarkibida aniq ma’noga ega bo‘lmagan havola bo‘lak bor. Lekin ulardagi ergash gap bosh gapdan ajratib olinganda ham ma’noga ega, boshqacha qilib aytganda, unda denotativ voqea ifodalangan, bosh gapda esa modus ifodalangan.

Yüklə 68,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin