24
bosh gap tarkibidagi havola bo‘lakning mazmunini izohlab kelgan.
Ushbu gap bir
havola bo‘lakli aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi.
Har kim Yunusni ursa, emgatsa man ani halok qilurman.
(Qissasi
Rabg’uziy 2-jild 28-bet).
(Kimki Yunusni ursa, xo‘rlasa, men uni yo‘q qilaman).
Mazkur gap
ergash gap
(kimki Yunusni ursa, xo‘rlasa)
va
bosh gap
(men uni yo‘q qilaman)
dan iborat. Ergash gap tarkibida
kimki
havola bo‘lagining arxivarianti
kim
olmoshi, bosh gap tarkibida
uni
havola bo‘lagining arxivarianti
ani
olmoshi
qo‘llangan bo‘lib, gapda vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelgan.
Ushbu gapda
havola bo‘laklar real va o‘zaro assimetrik. Yuqoridagi gapimiz ikki havola bo‘lakli
to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap turiga misol bo‘la oladi.
Shunisi ma’lum bo‘ldikim, namoz qilg’andin so‘ng mehrobda tilagu
kerak va mehrobg’a boqib turmoq kerak.
(Qissasi Rabg’uziy 2-jild 80-bet).
Dostları ilə paylaş: