agar va chun vositalari qo‘llangan. Yuqoridagi misollarda havola bo‘lak ishtirok qilgani
uchun ergash gap kesimida anglashiladigan shart ma’nosi xiralashgan.
Agar, chun so‘zlari o‘rnida
har kim, kimki havola bo‘laklari qo‘llanganda edi, ularni havola
bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gap sifatida baholash mumkin bo‘lar edi.
Alisher Navoiyning nasrida murakkab qo‘shma gaplarning shunday turlari
uchraydiki, ularning tarkibida birdan ortiq havola bo‘laklar ishtirok qiladi va
ergash gapli qo‘shma gaplarning turlarini hosil qiladi. Bu tarzda shakllangan
murakkab gap turlari hozirgi o‘zbek tilida deyarli uchramaydi va eski o‘zbek
tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan sanaladi. Masalan:
(Vazir) …dedi, qo‘ying bizga maqsud ul erdiki, xalq bilgaylarki, bizning mulkda andoq kishi borkim, sharqdir g’arbgacha mulk qazosin anga bersalar, ul qabul qilmasa ermish. (Nasoyim ul-muhabbat 118-bet)
Birinchi jumla kesim ergash gapli qo‘shma gap bo‘lib, kesimi
ul erdi – bir
havola bo‘lakli qo‘shma gap. Ikkinchi jumlada esa to‘ldiruvchi ergash gapli
qo‘shma gapning bosh qismi sanaladi. Gapda belgisiz qo‘llangan
ani vositasiz
to‘ldiruvchining sintaktik-semantik o‘rni sharoit yaratib turibdi – bir havola
bo‘lakli qo‘shma gap. Uchinchi jumla esa aniqlovchi g’arbgacha bo‘lgan mulkni
berishganlarida uni qabul qilmaydigan kishi – bir havola bo‘lakli qo‘shma gap
23
.
Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidagi havola bo‘lakli qo‘shma
gaplar
Ey kimniki aylabon parivash Majnun anga yuz asiri g’amkash. (Layli va Majnun 80-bet)
(Kimni sen pariga Majnun qilgan bo‘lsang, ko‘z yoshlarini jigarrang qilib oqizding). Mazkur gapda birinchi misrada
kimniki olmoshi qo‘llangan va
ushbu olmosh asarning nasriy bayonida