29
tarkibidagi
–ki
yuklamasi qo‘llanilgan bo‘lib, ushbu gap bir havola bo‘lakli
o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gap sanaladi.
Fahm ettiki jilva qilmish oyin,
Shodurvoni jalolu tamkin
(Layli va Majnun 134-bet)
(Fahm ettiki, buyuklik va ulug’vorlik chodiri ostida maqsad
jilvalanmoqda).
Mazkur gapda hech qanday havola bo‘lak qo‘llanilmagan
bo‘lsada, lekin gapning mazmunidan havola mavjudligi sezilib. Havola bo‘lak
noreal qo‘llanilgan. Ya’niki, ushbu gapda
shuni
havola bo‘lagi qo‘llanilgan bo‘lib,
bu havola bo‘lak bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma
gapni
tashkil qilgan.
Kimki bo‘lub demakka mayli,
Malfuz o‘lmay bag’ayri u Layli
(Layli va Majnun 98-bet)
(Kimki uning ismini aytishni istasa, u Laylidan boshqa so‘zni tilga
olmas edi).
Mazkur qo‘shma gap ergash + bosh gap tarzida tuzilgan.
Ergash gap
tarkibida
kimki
havola bo‘lagi va bosh gap tarkibida esa
u
olmoshi havola bo‘lak
bo‘lib kelgan. Ushbu gapda havola bo‘laklar qo‘shma
gapning har ikkala qismida
ham mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bir-biriga teng bo‘lib, simmetrikdir. Havola
bo‘laklarning qo‘llanilishiga ko‘ra real. Demak, mazkur gap ikki havola bo‘lakli
ega ergash gapli qo‘shma gap sanaladi.
Gar aylabon oni bu munojot
Atrofida lol ahli hojot.
(Layli va Majnun 68-bet)
Dostları ilə paylaş: