kala chetiga bosiladi va pastki jag‘ oldingi tishlari yuqoriga, oldingi tishlaming oldiga chiqadigan qilib suriladi.
agar shikastlangan kishining og‘zini shu yo‘l bilan ochib bo‘lmasa, uning keyingi o‘zak tishlar orasiga taxtacha, metall plastinka yoki qoshiq dastasi va hokazolarni tishlarga zarar yetkazmay tiqib, og‘izni sekin ochish kerak (2-rasm, b).
2-rasm. Shikastlangan kishini to‘g‘riyotqizish tartibi:
a) sun’iy nafas berish oldidan boshini to'g'ri yotqizish;
b) shikastlangan kishining og’zini to‘g‘ri ochish tartibi Jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqarib oigan zahoti uning holatini aniqlab, so‘ngra sun’iy nafas oldirishni boshlash kerak. Sun’iy nafas oldirish «og‘izdan-og‘izga» deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko‘rsatuvchi kishiga o‘z o’pkasini toza havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishining og‘zi orqali uning o‘pkasiga bu toza havoni yuboriladi (3-rasm). Kishi o‘pkasidan chiqqan havo ikkinchi odam o‘pkasini ishlashi uchun yetarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqan- cha yotqiziladi, og‘zi ochib tozalanadi. Havo o‘tish yo‘lini ochish uchun boshi bir qo‘li bilan peshonasi aralash ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan dahandan pastga tortib, og‘iz bo‘yin bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi. Shundan keyin ko‘krak qafasini to’ldirib nafas olib kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishining og‘zi orqali puf- lanadi. Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan jarohatlangan kishining og‘zini butunlay berkitilishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning bumini berkitishi kerak (3-rasm, b). Shundan keyin, yordam ko‘rsatuvchi kishi boshini ko‘tarib yana o‘pkasini havoga to‘ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan .kishi passiv ravishda nafas chiqazadi (3-rasm, c).
3-rasm. «Og‘izdan-og‘izga» deb ataluvchi usulda
sun’iy nafas oldirísh tartibi Bir daqiqada taxminan 10-12 marta puflashni amalga oshiriladi. Puflashni doka, dastro‘mol va trubka orqali (3-rasm, a) ham bajarish mumkin. Jarohatlangan kishi nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni bemor o‘ziga kelgunicha va uning nafas olishiga moslab davom ettiriladi.
Yurakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanish funksiyasini sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi (4-rasm).