Hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 491,71 Kb.
səhifə8/13
tarix25.12.2022
ölçüsü491,71 Kb.
#77853
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Safarov33

13-rasm. 1000 Vgacha boigan elektr qurilmalarda
o‘lkazgichni izolyatsiyalangan shtanga
bilan olib tashlash
yo‘li orqali jabrlanuvchini tok ta’siridan qutqarish tartibi

Elektr uzatish liniyalarida tok ta’sirida qolgan kishini yuqorida aytib o‘tilgan usullarning biridan foydalanib tok ta’siridan tez va xavfsiz qutqarishning iloji bo‘lmasa, liniyaning hamma simlarini (ustiga boshqa yerlangan sim tashlash yo‘li bilan) qisqa tutashtirish va yer bilan (xavfsizlik texnikasi bo‘yicha umumiy qoidalarga muvofiq) yaxshilab birlashtirish zarur. Bunda liniya simlari ustiga tashlanadigan simlar qutqaruvchi kishiga tegib ketmasligi uchun tegishli choralar ko‘rish lozim.
Bundan tashqari quyidagilarni inobatga olish kerak:

  1. Shikastlangan kishi baland joyda bo‘lganida, uning yiqilib ketmasligi uchun tegishli choralarni ko‘rish kerak;

  2. Shikastlangan kishi faqat bitta simga tegib turgan bo‘lsa, uni tok ta’siridan qutqarish uchun shu simning o‘zini yerga tutashtirish ham ko‘pincha kifoya qiladi.

I Mtlr xtivflizligi asoslari

  1. Liniya simlarini qisqa tutashtirish yoki yerga tutashtirilgan tla, shunga ishlatiladigan simni oldin yer bilan birlashtirish, so‘ngra ycrga tutashliradigan liniya simlariniig ustiga tashlash kerak.

  2. Shuni ham esda tutish lozimki, liniyadagi tokning sig'imi knit a bo` Isa, bu tok manbadan ajratilganidan keyin ham liniyada kishIning hayoti uchun xavfli bo‘lgan zaryad saqlanib qolishi mumkin. Bunday hollarda liniyani yaxshilab yerga tutashtirish kerak.

Birinchi yordam berish tadbirlari
Birinchi yordam berish tadbirlari shikastlangan kishi tok ta’siridim qulqarilgandan keyin uning qanday ahvolda bo‘lishiga bog‘liq!
agar shikastlangan kishi hushida bo‘lsa-yu, lekin bundan avval hushidan ketgan yoki ancha vaqt tok ta’sirida qolgan bo‘lsa, tibbiyot xodimi yctib kclgunicha uni tamomila tinch yotqizib qo'yish va 2-3 soat davomida unga qarab turish zarur. Agar zudlik bilan tibbiyot xodimini chaqirishning iloji bo'lmasa, shikastlangan kishini transport vositasi yoki zambil bilan ta’minlab, uni darhol davolash muassasasiga yetkazish lozim;
shikastlangan kishi hushidan ketgan, lekin nafas olib turgan bo'Isa, uni qulay yotqizib tinch qo'yish, kiyimlarining tugmalarini ycchib, yoqalarini ochish, sof havo o‘tib turishini ta’minlab, uning yonidagi ortiqcha odamlarni undan chetlatish lozim. Shikastlangan kishiga nashatir spirtini hidlatish, suv purkash (suvni og‘iz bilan purkash yaramaydi), badanini ishqalash va isitish kerak hamda zudlik bilan tibbiyot xodimini chaqirish zarur. Agar shikastlangan kishining nafas olishi yomon, ya’ni o'layotganga o‘xshab siyrak va o'qtin-o'qtin nafas olayotgan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirishni davom cltirish shart;
shikastlangan kishida hayot belgilari (nafas olish, yurak urishi, puls) ko'rilmaganida ham, uni o‘lgan deb hisoblash yaramaydi. Tokdan shikastlangan kishining o‘limi ko'pincha soxta o‘lim bo‘ladi. Shunday holda yotgan kishiga darhol sun’iy nafas oldirib, birinchi yordam berilmasa, uning hayoti asta-sekin so‘nib, o‘lib qoladi. Bunday hollarda tez yordam chaqiriladi va tibbiyot xodimi yetib kelgunicha tinmay sun’iy nafas oldirib turiladi.
O‘likdek bo‘lib qolgan kishini hayotga qaytarishda har bir daqiqa ham g‘animatdir. Shu sababli, birinchi yordamni mumkin qadar tez va hodisa ro‘y bergan joyning o‘zidayoq bajarish lozim, agar bu joy shikastlangan kishiga yoki yordam beruvchiga xavfli bo‘lsa yoki u yerda yordam berishning iloji bo‘lmasa, shundagina shikastlangan kishini yordam berish uchun boshqa joyga ko‘chiriladi.
Tokdan shikastlangan kishi yiqilib boshi majaqlangan bo‘lsa yoki gavdasi butunlay kuyib ketgan bo‘lsa, uni o‘lgan deb hisoblash mumkin.
Boshqa hollarda uning o‘lgan-o‘lmaganini faqat mutaxassis yoki tibbiyot xodimi aniqlay oladi. Shikastlangan kishini yerga ko‘mish aslo yaramaydi, chunki bu foyda bermaydi va ustiga zarar ham keltiradi.

Jarohatlanganda birinchi yordam berish yo‘llari
Har qanday jarohat jarohatlovchi buyumdagi, jarohatlanuvchi teridagi, shuningdek, chang, tuproqdagi, yordam beruvchining qo‘llaridagi, bog‘lov materialidagi mikroblar bilan ifloslanishi mumkin.
Ko‘pincha o‘limga sabab bo‘ladigan og‘ir kasallik-mikroblardan zararlanishning oldini olish uchun tuproq bilan ifloslangan jarohatlarga e’tibor berish kerak. Darhol tibbiyot xodimiga murojaat qilib zararlanishga qarshi emlatib, buning oldini olish shart.
Jarohat rivojlanib ketmasligi uchun, uni boylaganda, quyidagi qoidalarga qattiq rioya qilish lozim:
- jarohatlangan kishiga birinchi yordam berishdan oldin, qo‘lni sovun bilan yaxshilab yuvish kerak. Agar biror sababga ko‘ra qo‘lni yuvishning iloji bo‘lmasa, barmoqlarga yod aralashmasi surtish kerak. Biroq yuvilgan qo‘lni ham jarohatga tekkizish yaramaydi.
jarohatni suv yoki, hatto biror dori bilan yuvish, unga kukunlar sepish, maz surtish yaramaydi, chunki bularning hammasi jarohatnlng bitishiga xalaqit beradi, teri ustidagi mikroblarning jarohatga lUNhishiga, keyin jarohatning rivojlanib ketishiga sabab bo‘ladi;
jarohatdagi qum, tuproq va boshqalarni artish ham yaramaydi, chunki bunday ishlarni bajarganda jarohatni tozalash o'rniga kirni uning ichkarisiga kiritish va unga mikroblarni yuqtirish mumkin. Jarohatni faqat mutaxassis yoki tibbiyot xodimi yaxshilab tozalay oladi;
jarohatni qotib qolgan qondan tozalash ham yaramaydi, chun­ki bu kuchli qon oqishiga sabab bo‘lishi mumkin;
Jarohatni izolyatsiyalovchi lenta bilan o‘rash, unga yod bilan o'rgimchak uyasi qo‘yish ham yaramaydi, chunki bunday narsalurdu qoqshol (stolbnyak) mikroblari bo‘lishi mumkin;
Birinchi yordam shkaii (sumkasi)dagi individual paketni ochib (ochiNh lartibi uning jildida yozilgan), undagi steril bog‘lov mate- rinlini jarohatga qo'yish va bint bilan bogMash lozim. Paketlarni Nhunday ochish kerakki, bog‘lov materialining jarohatga yopiladi- gun toinoniga aslo qo‘l tekkizmaslik kerak.
Agar biror sabab bilan individual paket topilmasa, bog‘lash uchun toza (iloji bo‘lsa yangi dazmol urilgan) dastro‘mol, toza Mirp va xhu kabilardan foydalanish mumkin. Lattaning jarohatga yopiladigan joyiga bir necha tomchi yod aralashmasi tomizib, jaro- hutdan kattaroq dog‘ hosil qilinadi, so‘ngra jarohat ustiga yopiladi. XuNUNan jarohat ifloslangan bo" Isa, yod aralashmasidan shu tariqa Ibydnlanish kerak.

Yüklə 491,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin