Hayot faoliyati xavfsizligi


Suyak singanda, chiqqanda, lat yeganda va boylamalar cho‘zilganda birinchiyordam berish



Yüklə 491,71 Kb.
səhifə12/13
tarix25.12.2022
ölçüsü491,71 Kb.
#77853
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Safarov33

Suyak singanda, chiqqanda, lat yeganda va boylamalar cho‘zilganda birinchiyordam berish.
Suyak singanda va chiqqanda birinchi yordam berishda aso- siy vazifa shikastlangan qo‘lni eng qulay va tinch holatga keltirib qo‘yishdir. Qo‘l yoki oyoq qimirlamaydigan holda bo‘lishi zarur.
Bu qoidani bajarish og‘riqni yo‘qotish uchungina emas, balki singan suyak atrofidagi to‘qimalarning yana zararlanmasligi, shu- ningdek, singan suyak uchlarining terini teshib chiqmasligi uchun ham zarurdir

15-rasm. Yelka singanda
shinani joylashtirísh
tartibi

16-rasm. Qo ‘Ini tirsak
tomonigacha bo‘lgan qismi
singanda shinani joylashtirísh
tartibi




17-rasm. Qp'l singanda yoki chiqqanda ro‘mol bilan bo‘yinga
bog‘lash tartibi



18-rasm. Bel qismi singanda shinani
joylashtirish tartibi





20-Kasm. Qo‘l singanda
yoki chiqqanda pidjak
yordamida boy inga osib
qo ‘yish tartibi


21-rasm. O‘mrov suyagi
singanda yoki chiqqanda
bog‘ichni bog‘lash tartibi

19-rasm. Boldir singanda shinani joylashtirish holati


22-rasm. Bosh miya qistni jarohatlanganda bog‘ichni
bog‘lash yo'llari

Shikastlangan kishining suyagini singani yoki chiqqanini, yor­dam beruvchiga farqi yo‘q, chunki suyak chiqqan bo‘lsa ham, yana zarar yetkazmaslik uchun, faqat tibbiyot xodimi o‘rniga solishi mumkin.
Bunda yordam beruvchining asosiy vazifasi, shikastlangan kishini davolash muassasasiga yetkazguncha, uning tanasining zurarlangan qismini eng qulay vaziyatda saqlashdir.
Hushdan ketganda birinchi yordam berish tartibi. Hushdan ketish ehtimoli bo‘lganda (shikastlangan kishi to‘satdan boshi ayla- na boshlaganidan, ko‘kragi qisayotganidan, nafasi bo‘g‘ilayotgani- dan va ko‘zi tinayotganidan noliydi), kishining boshini past, oyo- qlarini yuqoriroq qilib yotqizish kerak. Unga sovuq suv ichirish, nashatir spirti hidlatish, boshga sovuq bog‘lam (malham) yoki muz qo‘yish yaramaydi.
Xulosa:
Shikastlangan kishini ko‘targanda, tashiganda yoki trans­portda olib borganda uni ehtiyot qilish, ya’ni azob bermaslik uchun silkitishdan va noqulay yoki xavfli holatda yotqizishdan saqlash kerak. Agar imkoniyat bo‘lsa, yordamchilar topib shikastlangan kishini qalin-pishiq materialdan tayyorlangan zambilda ko‘tarib borish kerak.
Shikastlangan kishini birdamlik bilan yaxshisi sanoq yoki buyruqqa muvofiq ohista ko‘tarib zambilga solish lozim. Buning uchun shikastlangan kishining bir tomoniga (sog‘ to- moniga) tiz cho‘kib turiladi va qo‘lni uning orqasi va taqimi tagiga solib (qo‘l barmoqlari ikkinchi tomondan chiqib turishi kerak) ko‘tariladi.
Ayni vaqtda shikastlangan kishini zambilgacha ko‘tarib borish kerak emas. Shikastlangan kishini tiz cho‘kkan holda, yerdan bi­roz ko‘tarib, shu vaqtda boshqa kishi uning tagiga zambilni surib qo‘yadi.
Shikastlangan kishining burun suyagi singan bo‘lsa, buning katta ahamiyati bor. Bunday hollarda, shikastlangan kishini suyagi singan joyidan biroz avaylab ushiab turish ham kerak.
Shikastlangan kishining umurtqa pog‘onasi singan yoki pastki jag‘ suyagi sinib, nafas olishi bo‘g‘ilayotgan bo‘lsa, uni yumshoq zambilga yuz tuban yotqiziladi. Shikastlangan kishini tekis joy- dan olib borayotganda oyog‘i oldinga qilib ko‘tariladi, balandlik- ka yoki zinaga chiqishda boshi oldinga qilib ko‘tariladi. Bunday vaqtda zambil qiyalanmasligi uchun, past tomondagi kishi zambil- ni yuqoriroq ko‘taradi. Yurganda zambilni silkitmaslik uchun qa- damni baravar tashlamasdan, tizzani biroz bukish, oyoqni mumkin qadar baland ko‘tarmay yurish kerak.
Shikastlangan kishini qanday qilib zambilga solingan bo‘lsa, uni shu usulda zambildan avaylab olinadi. Shikastlangan kishini uzoqroq joyga ko‘tarib borilganda zambilning dastalariga tasma boylash va tasmani yelkaga solib ko‘tarish kerak. Og‘ir shikast­langan kishini transportda olib borganda, iloji bo‘lsa, uni zambili bilan transportga ortish kerak. Bunda zambilning tagiga poxol, o‘t va shu kabilar solinadi. Shikastlangan kishini silkitmaslik uchun transportni ehtiyotkorlik bilan, sekin haydash lozim.

Yüklə 491,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin