10-rasm. 1000 Vgacha bolgan elektr qurilmadan
jabrlanuvchini kiyimining quruq joyidan tortib olish
yo‘li bilan tok ta’siridan qutqarish tar tibí Tok ta’sirida qolgan kishiga yordam berish uchun uning badanining ochiq joyiga qo‘l tekkizish zarur bo‘lsa, qo‘lga rezinali qo’lqop va oyoqqa kalish kiyish yoki qo‘Iga sharf o‘rash, yengni tushirish lozim va hokazo, juda bo‘lmaganda, tok ta’sirida qolgan kishiniig ustiga rezina, rezinali material (plashch) yoki oddiy quruq material tashlash kerak. Oyoq tagiga quruq taxta yoki o‘zidan tok o‘tkazmaydigan quruq taglik solish, kiyimni va boshqalarni o‘rab qo‘yish ham mumkin. Mumkin qadar bir qo‘l bilan ish bajarish kerak (11-rasni).
11-rasm. Kuchlanishi 1000 Vgacha bo‘lgan elektr
qurilmadan jabrlanuvchini bir qo‘l bilan tortib olish tartibi Past kuchlanishli tok ta’sirida qolgan kishi qo‘llari bilan bir simni mahkam ushlagan va tok uning gavdasi orqgli yerga o‘tayotgan bo‘lsa, uning oyoqlari tagiga quruq taxta qo‘yish, oyog‘iga arqon yoki kiyim solib uni yerdan uzish va tok ta’siridan qutqarish kerak. Biroq bunda yordam berayotgan kishi ham o‘ziga, ham shikastlangan kishiga nisbatan yuqorida aytilgan ehtiyot choralarini ko‘rishi lozim. Zarur bo‘lsa, past kuchlanishli simlarni dastasi quruq boita bilan chopib uzish (12-rasm) yoki izolyatsiyalangan tegishli asbob bilan qirqish kerak. Bu vaqtda juda ehtiyot bo‘lish lozim (simga IcgmuNdan, qo‘lga rezinali qo‘lqop, oyoqqa izolyatsion kalish kiyib, har qnysi simni alohida qirqish kerak).
12-rasm. 1000 Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarda
ximlarni kesish orqali tok ta'sirida qolgan jabrlanuvchini
qutqarish yollari Yuqori kuchlanishli tok ta’siridan qutqarish yo'llari. Shikastlangan kishini yerdan ko‘tarish yoki qurilmaning tok o‘tib turgun qismidan ajratish uchun, qo‘llarga rezinali qo‘lqop va oyoqlarga izolyatsion etik kiyib, kuchlanishga mo‘ljallangan shtangadan foydalanish kerak (13-rasm).