Hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 491,71 Kb.
səhifə10/13
tarix25.12.2022
ölçüsü491,71 Kb.
#77853
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Safarov33

Qon oqishini jgut bilan siqib yoki burama qilib to‘xtatish.
Kuchli qon oqqanda qo‘l yoki oyoq suyagi singanidan, bo‘g‘imi- dan bukish mumkin bo‘lmasa, jgut bilan bo‘g‘ish kerak.
Jgut sifatida rezinali trubka yoki cho‘ziladigan boshqa to‘qima- lardan foydalanish ma’qul. Qo‘l yoki oyoqni jgut bilan bo‘g‘ib bog‘lashdan oldin yuqori ko‘tarib qo‘yish lozim.
Agar yordam beruvchining yordamchisi bo‘lmasa, shikastlan­gan kishining o‘zi qonayotgan arteriyasini barmoqlari bilan bosib turishi mumkin.
Jgut yelka yoki sonning yuqorisidan siqib bog‘lanadi. Qo‘l yoki oyoqning jgut bilan siqib bog‘lanadigan joyi biror yumshoq narsa, masalan, bir necha qavat bint yoki shunga o‘xshash material bilan o‘raladi. Jgutni yeng yoki shim ustidan siqib bog‘lasa ham bo‘ladi.
Jgutni o‘rashdan oldin cho‘zib olish zarur, so‘ngra qo‘l yoki oyoqni siqib bog‘lash kerak, o‘ramlar orasida ochiq joy qoldirish yaramaydi.
Qo‘l yoki oyoqni jgut bilan bog‘laganda uni juda qattiq tortib bog‘lash yaramaydi, chunki jgut qon oqishini to‘xtatadigan daraja- da tomimi siqib tursa bas, aks holda shikastlangan kishining asab tomirlari siqilib qoladi. Agar qon oqishi batamom to‘xtamasa, jgut­ni yana biroz tortib bog‘lash kerak.
Jgutni qo‘l yoki oyoqda 1,5-2 soatdan ortiq qoldirish mumkin emas. Jgut bundan ko‘p tursa qo‘l yoki oyoqning jgutdan pastda- gi qismi yiringlaydi. Bo‘g‘ib bog‘langan jgut juda qattiq og‘rita- di, shu sababli ba’zan jgutni biroz vaqt olib turishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda jarohatga boradigan qon tomirini barmoqlar bilan bosib; so‘ngra jgut yechiladi. Shikastlangan kishi og‘riqdan biroz dam olib, qo‘l yoki oyoqqa qon borganidan so‘ng, jgut qaytadan bog‘lanadi. Jgutni birdan yechmay, asta-sekin bo‘shatish kerak.
Rezinali lenta kabi cho‘ziladigan narsa bo‘lmaganda, qo‘l yoki oyoqni galstuk, kamar, ro‘mol yoki sochiq, chizimcha, tasma va shunga o‘xshash cho‘zilmaydigan narsalar bilan bog‘lab burama qilish mumkin (J4-rasni).
Burama qilinadigan material yuqoriga ko‘tarilgan va biror yum­shoq narsaga o‘ralgan qo‘l yoki oyoqqa bir marta o‘raladi va uchini tashqi tomonga chiqarib tugun qilib bog‘lanadi. Shu tugun (yoki tugun tagijga cho‘p tiqib qon to‘xtaguncha buraladi.
Burmani juda qattiq burash ham yaramaydi. Cho‘pni keragicha buralganidan so‘ng, bo‘shashib ketmaydigan qilib bog‘lab qo‘yiladi.
Shikastlangan kishining bumi qonayotgan bo‘lsa, uni yotqizib yoki o‘tqazib qo‘yish, boshini sal orqaga engashtirish, yoqasining tugmalarini yechish, qanshariga sovuq bog1 lam (malham) qo‘yish, barmoqlar bilan bumini siqish kerak.

Yüklə 491,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin