Hayot faoliyati


Shovqin darajasi qancha katta bo'lsa, uning keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar ta’siri ham kattalashadi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə42/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161
Hayot faoliyati

Shovqin darajasi qancha katta bo'lsa, uning keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar ta’siri ham kattalashadi.


Har qanday shovqin natijasida paydo bo'ladigan fiziologik o'zgarishlar oqibat natijada shovqin kasalligini keltirib chiqaradi.


Tovush to'lqinlari bosh miya qobig'i orqali o'tish imkoniyatiga ega. Agar shovqin darajasi kichik bo'lsa (40—50 dB), unda suyak orqali o'tgan shovqin ta’siri uncha sezilmaydi. Agar tovush darajasi yuqori bo'lsa, unda uning ta’sir kuchi ortib ketadi va organizmga ko'rsatadigan salbiy ta’siri keskin kuchayadi.


145 dB dan ortiq bo'lgan tovush darajalarida odam qulog'ining pardasi yirtilishi mumkin.


SSBT va GOST 12.4.062-78 («Eshitishning kamayishini aniqlash usullar») ga asosan odam eshitish organining normadan chetga chiqqanini aniqlab, uni ma’lum mutaxassislikka yaroqliligini va shovqin ta’siri natijalarini aniqlash mumkin. Eshitish qobiliyati audiometr yordamida aniqlanadi. Tekshirilayotgan odam tinch xonada naushniklar orqali berilayotgan toza tondagi ovozning turli

92


intensivligini eshitadi. Xuddi shu vaqtda priborlar yordamida shu odam eshitayotgan ovozning minimal intensivligi belgilanadi. Bu oichovlar natijalari grafik bilan ifodalanadi va uni audiogramma deb ataladi. Bu diagramma orqali tekshirilayotgan odamning eshitish qobiliyati normal eshitish qobiliyatiga ega bo'lgan egri chiziq bilan taqqoslanadi.


Shovqinning normalarini belgilaganda ikki usuldan foydalaniladi: 1) Shovqinni chegara spektri asosida normalash; 2) Shovqinni dBA tovush darajasi orqali normalash.


Doimiy shovqinlar uchun birinchi usul asosiy normalash usuli hisoblanadi.


Bunda shovqin bosimi darajalari 8 oktava oraliqlarda o'rta geometrik chastotalari 63, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 8000 Gs larda normalanadi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin