Shovqin so‘ndirish vositalari. Asosan, aerodinamik shovqin-lami so'ndirish uchun foydalaniladi. Bunday shovqinlarni kamaytirishda turli-tuman so'ndirish vositalaridan foydalaniladi. Bulami tanlash sharoitga, shovqin spektriga va so‘ndirilishi kerak bo'lgan tovush chiqayotgan zonaga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Shovqin so'ndirish vositalarini yutuvchi, reaktiv va kombinatsiyalangan usullarga bo'lish mumkin. Yutuvchi so'ndiruvchi vositaning asosiy xususiyati shundaki, u o'zi orqali o'tayotgan shovqinning o'z tarkibiga o'rnatilgan yutuvchi materiallar yordamida kamaytirish imkoniyatini yaratadi. Reaktiv so'ndirish vositasi esa shovqinni kelib chiqayotgan manbaga qaytarib yuboradi. Kombinatsiya usulida ham yutish, ham qaytarish xususiyatlari birgalikda qo'llanadi.
Yutuvchi shovqin so'ndirish vositasining eng oddiy xili sifatida ichki tomoniga shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplangan trubasimon turini ko'rsatish mumkin. Bunday shovqin so'ndirish vositalarining sxemalari 22-rasmda ko'rsatilgan. Rasmdan ko'rinib turibdiki, tovush so'ndiruvchi vosita ikki qismdan tashkil topadi. Mayda teshiklar bilan qoplangan o'zagi va shovqin yutuvchi tolali material bilan to'ldirilgan ikkinchi qavat yoki agar u bir qavatli bo'lsa, devor tomoni tolali material bilan qoplanadi. Ikki qavatli bo'lganda teshikli o'zakning teshiklari ma’lum kattalikda va tartibda bo'lishi shart, ya’ni t= 2d bunda: d - teshiklar diametri 4—8 mm atrofida qabul qilinadi, shovqin so'ndirish vositasining samaradorligini oshirish maqsadida va shuningdek, uning uzunligini cheklash uchun shovqin o'tuvchi kanal tovush yutuvchi plastinkalar bilan bir necha mayda kanallarga bo'lib chiqiladi (22 - rasm).
22-rasm. Shovqin so'ndirish vositalari.
Shovqinni kamaytirishda katakli shovqin yutish vositalari yaxshi natija beradi. Ammo uni ko'pincha havo qarshiligi ortib ketganligi sababli qo'llash imkoniyati kamroq uchraydi.