bunda, Rc — qopqoq devorining shovqin to'sishi (yuqorida keltirilgan formula bilan aniqlanadi). Ba’zi bir hollarda shovqin tarqatayotgan mashina yoki mexanizmni qopqoq bilan berkitish iloji boMmay qoladi yoki shu mexanizm bajarayotgan jarayonni kuzatib turish ehtiyoji tug‘iladi. Bunday hollarda ishchi uchun maxsus kuzatish kabinalari tashkil qilinadi va bu kabina devorlari akustik ishlov berish bilan kuzatuvchi ishchiga iloji boricha kam shovqin ta’sir ko‘rsatadigan boMishi kerak.
Ishchilarni yaqin joylarida joylashgan shovqin chiqaruvchi mexanizmdan muhofaza qilish uchun ekranlardan foydalaniladi. Bunday ekranlar ishchi ish joyi bilan shovqin chiqaruvchi mexanizm o'rtasiga o‘rnatiladi. (21-rasm, a). Ekranlarning akustik samaradorligi shovqin sifatida ajralayotgan toMqinlarni ish joylariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib borishi yo‘lida to‘siq vazifasini bajaradi. Bu usul bilan shovqinlami butunlay so‘ndirish imkoniyati boMmasada, birmuncha pasaytirish mumkin. Shovqinning ekran orqali o'tishi uning katta-kichikligiga va toMqin uzunligi TJ ga bogMiq.
Tovush toMqinlari qancha uzun bo‘lsa, ekran orqasidagi to vush soyasi shuncha katta boMadi va bu bilan tovushning pasayishi ham nisbiy boMmaydi. Shuning uchun ham shovqin so‘ndirish ek-ranlarini yuqori va o ‘rta chastotadagi shovqinlar uchun ko'proq qoMlaniladi. Past chastotadagi shovqinni ekran deyarli to‘smaydi, chunki bunday shovqinlar ekranni osongina aylanib o ‘tadi. Shuningdek, ekran bilan shovqin chiqaradigan mashina o ‘rtasidagi masofa ham katta ahamiyatga ega. Bu masofa qancha kichkina boMsa, shuncha samarador boMadi.
Bu yerda yana bir muhim masala borki, buni albatta hisobga olish zarur. Bu shovqin qaytish masalasidir. Agar ekran berk xonada qo'yilgan boMsa, qaytgan shovqin ekranni osongina aylanib o‘tadi. Shuning uchun ham ekran ochiq yerlarda va devorlari shovqin yutuvchi vositalar bilan ta’minlagan joylarda yaxshi samara beradi. Ekran samaradorligini oshirish maqsadida uning murakkab tuzilishlaridan foydalaniladi (21-rasm, b, d) va ular shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplanadi.