Shovqin yutish vositalarining uzunligini aniqlash quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
1 = дЫДЬуи,
bunda, ALt — talab qilinadigan shovqin so'nishi, dB; ALyu — lm uzunlikdagi tovush so'ndirish vositasining shovqinni so'ndirishi ma’lumotnomadan olinadi. Agar shovqin so'ndirish vositasi burilgan joylari shovqin yutuvchi qoplamalarga ega bo'lsa, yaxshi natija beradi va bu holda shovqin 10—15 dB ga kamayishi mumkin.
Shovqin yutish elementlarini shovqin so'ndirish kanallariga vertikal holda osib qo'yish ham yaxshi natija beradi. Ekransimon havo so'ndirish vositalari tovush kanaldan chiqayotgan joylarga o'rnatiladi. Bunday vositalar to'lqin uzunligi katta bo'lgan past chastotadagi shovqinlarni deyarli pasaytirmaydi, ammo yuqori chastotadagi tovushlarni 10—25 dB gacha kamaytirishi mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, shovqin kamayishi asosan o'q bo'ylab yo'nalishida maksimal miqdorga ega bo'ladi. Bunday so'ndirish vositalarida ekranni kanalga qancha
105
yaqin qo'yilsa, uning samaradorligi oshadi. Shuningdek, ekranning diametri kattalashishi ham samaradorligiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Shuni aytib o ‘tish kerakki, ekranni juda yaqin o ‘rnatish aerodinamik qarshilikni oshirib yuborish hisobiga ba’zan yaxshi natijani yo‘qqa chiqarishi mumkin. Shuning uchun bunday ishlarni bajarganda hisob yo‘li bilan optimal usul tanlanishi kerak. Shovqin so'ndirishning reaktiv usulida kengaytirilgan kamera usuli (23-rasm, a), rezonans tipidagi kameralar (23-rasm, b) yoki murakkab tuzilgan va bir qancha so'ndiruvchi sistemalarga ega bo'lgan shovqin so'ndirish vositalaridan foydalaniladi. Bu sistemalaming deyarli hammasida tovush to'lqinlari shovqin chiqayotgan tomonga qaytarib yuborish bilan yo'qotiladi.
23-rasm. Reaktiv shovqin so'ndirgichlar.
V.6. Shovqinga qarshi shaxsiy muhofaza aslahalari
Ba’zi bir texnologik jarayonlarda shovqin darajasini umumiy texnik vositalar yordamida kamayitirish imkoniyati bo'lmay qoladi. Masalan, shtampovka sexlarida, mixlarni qalpoqlash yo'li bilan biriktirish sexlarida metall qirqish sexlarida, shuningdek, ichdan yonar dvigatellarini sinovdan o'tkazishda, shovqinni yo'qotish, shuning bilan birga ishchilaming shovqin kasalliklariga tushmasliklarini ta’minlash birmuncha qiyinchiliklar tug'diradi. Bunday hollarda ishchilar uchun shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanada. Sanoat korxonalarida shovqinga qarshi shaxsiy muhofaza aslahalari sifatida vkladish, naushniklar va shlemlardan foydalaniladi.
Vkladishlar. Bu paxtadan qilingan, quloq teshigiga o'rnatishga mo'ljallangan vositadir. Uning samaradorligini oshirish maqsadida ba’zi bir parafinga o'xshash moddalar shimdiriladi. Bundan tashqari, qattiq moddalardan, masalan, rezina, ebonit kabilardan yasalgan vkladishlardan ham foydalaniladi. Vkladishlar eng arzon va ishlatishga eng qulay vositalar hisoblanadi. Lekin ularning samaradorligi oz, ya’ni 5—20 dB gacha tovushni kamaytira oladi.
106
Shuningdek, ba’zi hollarda noqulayligi quloq teshigini yallig‘lantirishi mumkinki, bu uning salbiy jihatlari hisoblanadi.
Naushniklar. Sanoat korxonalarida VSNIIOT naushniklaridan keng foydalaniladi. Naushniklar quloqni yaxshi berkitadi va prujinalar yordamida ushlab turiladi. Naushniklar past chastotadagi tovushlarga nisbatan yuqori chastotadagi shovqinlardan yaxshi muhofaza qiladi. Uning samaradorligi 7—38 dB atrofida bo'ladi.
Shlemlar. Haddan tashqari katta shovqin sharoitida (120 dB dan ortiq) shovqin inson bosh miyasiga ta’sir ko'rsatadi. Bunday hollarda naushnik va vkladishlar hech qanday foyda bermaydi. Shuning uchun bosh miyani muhofaza qiladigan shlemlardan