Yoritilishning o'zgarmasligiga muhim o'zgarmas kuchlanishli manbalardan foydalanish yo'li bilan erishilishi mumkin.
. Yorug'lik nurlarini optimal yo'nalish bilan yo'naltirish kerak; bunda ma’lum holatlarda detaining ichki yuzalarini ko'rish va boshqa hollarda detal yuzasidagi kamchiliklartii yaxshiroq ko'rish imkoniyati tug'iladi. Mashinasozlik sanoatida, masalan, rastochka stanogi uchun maxsus optik sistemaga ega bo'lgan yoritgichlardan foydalaniladi. Bu yoritgich hosil qilgan nurini to'plab, ishlov berilayotgan detaining ichki tomonini yoritadi. Bu to'plangan nurli nuqta 3000 lk atrofida yoritishni ta’minlaydi va stanokni to'xfatmasdan detal sifatini aniqlash imkoniyatini tug'diradi.
Yorug'likning lozim bo'lgan spektr sostavini tanlash zarur. Bu talab materiallarning rangini aniq belgilash zarur bo'lgan hollarda muhim rol o'ynaydi.
8. Yorug‘lik qurilmalari qo'shimcha xavf va zararliklar manbai bo'lmasligi kerak. Shuning uchun yoritish manbalari ajratadigan issiqlikni, tovush chiqarishini maksimal kamaytirish kerak.
Yoritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o'rnatish oson va iqtisodiy samarador bo‘lishi kerak.
VI.4. Sun’iy yoritish manbalari
Yorug'lik manbalarini tanlashda va ularni bir-birlariga solishtirishda, ularning quyidagi tavsiflaridan foydalaniladi:
1) elektrotexnika tavsifi (uning nominal kuchlanishi va quvvati);
2) yorug'lik texnikasi tavsifi (lampa nurlantirayotgan nur oqimi, maksimal yorug'lik kuchi);
iqtisodiy va ishlatish tavsiflari: lampaning nur berishi lm/Vt bilan o'lchanib, lampadan kelayotgan nur oqimining elektr quwatiga nisbatidan iborat. Lampaning xizmat qilish davri, ikkita davrdan: a) umumiy ishlatish davri (uning yondirilgan vaqtidan boshlab to kuygunga qadar ishlash davri) va b) lampaning foydali xizmat davridan (bunda lampa o‘z nur berish qobiliyatining 20% ini yo'qotgan holda hali ishlatish uchun yaroqli holati hisobga olinadi) iborat;
Dostları ilə paylaş: |