120
xonalarda - kamida 20 lk ni), lekin lyuminissent lampalar qo'llaganda kamida 150 lk, cho‘g‘lanuvchi lampalar qo‘llaganda esa 50 lk (tabiiy nur bo‘lmagan xonalarda esa yuqoridagiga muvofiq 200 va 1000 lk) yoritishni ta’minlashi zarur.
Ish joylarini yoritish uchun mashinasozlik sanoatidagi mashina va mexanizmlarning ish olib borish zonalarini yoritishda asosan
cho'g'lanuvchi lampalardan foydalaniladi. Lyuminissent lampalardan esa konstruktorlik ishlarida ish joylarini yoritishda foydalanish mumkin, chunki lyuminissent lampalarning stroboskopik efifekt berishini unutmaslik kerak.
26-rasm. Nur oqimining: a-to'g'ri, b-aks ettirilgan va
d-sochma usullarda tarqalishi.
27-rasm. Yoritgichlaming ko‘zni himoyalash burchaklari.
Ish joylarini yoritish chiroqlarini sharnirli kronshteynlarga o‘matish kerak, bu ishchilaiga zarur bo'lganda nur oqimining yo'nalishini o'zgartirish imkoniyatini beradi.
Ish joylarini yorituvchi yoritish manbalarining yarqirashiga qarshi kurashish uchun lampaning himoya burchagi 300 dan kam bo'lgan holda aks ettiruvchi yuzaga ega bo'lishi kerakligi sanitariya normalarida belgilangan.
Mashinasozlik sanoatidagi ish joylarini yoritishda elektr xavfsizligini ta’minlash maqsadida stanoklardagi yorug'lik manbalarining 36 V dan yuqori bo'lmagan kuchlanishlardan foydalanish tavsiya etiladi. Lyuminissent yoritishlardan foydalanilganda esa 220 V kuchlanishdan foydalanishga ruxsat etiladi; ammo bunda elektr xavfsizligi chora-tadbirlari ko'rib qo'yilishi shart.
121
VI.6. Sun’iy yoritish normalari
Sun’iy yoritilishning sanitariya normalari QMQ 2. 01. 05 —98 bilan belgilangan. Bu hujjat sanoat va qishloq xo'jalik korxonalariga taalluqli bo'lib, ishlab chiqarish xonalari va ish bajarish yuzalarini, shuningdek, turar joy binolarini yoritilishning talab etiladigan darajasini belgilaydi. Yoritilish normalari sohalararo va umumiy xarakterga ega. Ular asosida va ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olish bilan har xil turdagi sanoat korxonalari uchun soha
normalari ishlab chiqiladi. ,i
Sanitariya normalari lyuminissent va yuqori bosimdagi simobli lampalar asosida belgilanadi, lekin ularda cho‘g‘lanma lampalar ishlatiladigan qurilmalarga ham talablar nazarda tutilgan.
Normalar yoritilganlikning talab qilingan minimal darajalarini ko'rish bilan ishlanadigan ish sharoitlariga: eng kichik obyektni farqlash, obyektning kontrastlik va fon darajasi, fonning xarakteristikasi (rangsiz, o'rtacha, qoramtir)ga qarab belgilanadi. Kerakli yoritish darajasi obyekt foni qanchalik qoramtir, detal qanchalik kichkina va obyekt kontrastligining fondan farqi kam bo'lsa, yoritilish darajasi shunchalik yuqoriligi 7,8-jadvaldan ko'rinib turibdi. Birinchi beshta razryad — ko'z bilan bajariladigan ishning eng yuqori aniqlikdan kam aniqlikkacha — ham
kombinatsiyali, ham umumiy sistemadagi yoritishdan foydalanishdan kelib chiqadi. Kombinatsiya yoritish sistemasini qo'llaganda faqat umumiy yoritishga nisbatan talab etiladigan yoritish darajasi yuqori bo'ladi. Masalan, eng yuqori aniqlikda bajariladigan ishda kontrastlik kam va qoramtir fonda kombinatsiyali yoritish sistemasidan foydalanganda yoritilganlik darajasi kamida 5000 lk, faqat umumiy yoritilganlik sistemasida esa kamida 1500 lk bo'lishi kerak. Bir ishning o'zida talab etiladigan yoritilishda shunchalik katta farq fiziologik talablar bilan emas (kombinatsiya sistemasidagi yoritilish darajasi ancha fiziologik hisoblanadi), balki faqat umumiy yoritish sistemasi bilan yuqori darajadagi yoritilganlikka yoritish uchun juda katta energiya sarflash zarur bo'lar ekan.
I-Vv razryadli ishlar uchun odatda kombinatsiyali yoritishni qo'llash lozimligi normalarda ko'rsatilgan. Umumiy yoritish sistemasidan foydalanishga joylardagi yoritishning imkoniyati bo'lmagan hollardagina yo'l qo'yiladi. Bunda umumiy yoritish asosan lyuminissent lampalar bilan amalga oshiriladi.
Aniqlikni kam talab qiladigan ishlar (VI razryad va undan
122
keyingi) faqat umumiy yoritilish sistemasi bilan normalanadi. Chunki talab qilinadigan yoritilish darajasi nisbatan past, ishning xarakteristikasi esa shundayki, unda joylardagi yoritish maqsadga muvofiq emas yoki mumkin emas. Bunday ishlarga: issiq sexlardagi o‘zi yorug‘lik beradigan materiallar va buyumlar bilan ishlash, doimo yoki vaqti-vaqti bilan xonada bo‘lish va ishlab chiqarish jarayonining borishini umumiy kuzatish, omborlarda ishlash kiradi.
Dostları ilə paylaş: |