VI.5. Yoritgichlar va ularni joylashtirish
Yorug'lik manbalari yoritish armaturasida joylashadi va ular birgalikda yoritgichlar yoki chiroqlar deb ataladi. Yoritgichlar konstruksiyalariga quyidagi talablar qo'yiladi:
1) nur oqimining yo'nalishini ishchi yuzalar tomonga qayta taqsimlanishini ta’minlash;
2) lampaning nur tarqatayotgan yuzalarining yaraqlab ko'zga ta’sir ko'rsatishini muhofaza qilish;
lampani har xil sanoat iflosliklari va changdan himoya
qilish;
lampani portlash, o't olish xavflaridan muhofaza qilish.
25-rasmda sanoat korxonalarida qo'llanilayotgan lampalarning namunalari keltirilgan.
N ur oqimini qayta taqsimlash nuqtai nazaridan to'g'ri aks ettirilgan va sochma nur tarqatuvchi lampa turlari mavjud. To'g'ri nur tarqatuvchi lampalar ichki tomonlari emal bilan qoplangan yoki silliqlangan yuza hisobiga nur oqimining deyarli 90% ini ish joylari tomonga, ya’ni pastga yo'naltiradi. (25-rasm, a). Aks ettirilgan nur tarqatuvchi lampalar aksincha, nur oqimining asosiy qismini yuqoriga yo'naltiradi (25-rasm, b). Sochma nur tarqatuvchi lampalar esa nurni ikkala yarim sferaga ozmi-ko'pmi bir tekisda, lekin ba’zilari asosan pastga, boshqalari yuqoriga yo'naltiradi (25-rasm, d). Aks ettirilgan nur oqimi bilan, ya’ni nur oqimi ship tomonga va undan keyin pastga ish joylariga yo'naltirish so'zsiz gigienik jihatdan mukammal hisoblanadi, chunki bu holda nur bir
118
tekisda tarqalishi bilan birgalikda ko'zga ta’sir qiluvchi yaltirashlar bo'lmaydi. Lekin bunday yoritish usuli ishlab chiqarish sharoitlarida kam uchraydi; bunga sabab bu yo‘l bilan yuqori darajadagi yoritilishni ta’minlab bo'lmaydi, yorug'lik energiyasining ko'p qismi yo'qotiladi, havoning yuqori tozaligi, shipdan aks etishning yuqori koeffitsiyentini saqlab turish kabi muammolar tug'iladi.
Lyuminissent lampalari asosan yorug'likni to'g'riga taqsimlaydi, cho'g'lanuvchi lampalar esa «universal» va «chuqur nurlanuvchi» kabi turlarida to'g'ri va «Sutsimon shar» va «Lyu-setta* kabilarda sochilgan holda tarqatadi.
Lampaning yoritilgan yuzasining yarqirashdan ko'zni himoya qilish uchun yoritish armaturasining saqlash burchagi katta ahamiyatga ega. Bu burchak armaturaga lampa joylashtirilgan zonadan o'tkazilgan gorizontal chiziq bilan, lampadan armatura quyi nuqtasi orqali o'tadigan chiziq o'rtasidagi burchak deb belgilanadi (27-rasm). Uning chegarasida yorug'lik manbayi ishlayotgan kishidan butunlay berkiladi. Lyuminissent lampalarda yarqirashga qarshi chora sifatida tiniq plastmassa yoki oynadan ishlangan jilosiz nur sochuvchi panjarali ekranlardan foydalaniladi.
25-rasm. Sanoat korxonalarida qo'llaniladigan lampalar namunalari:
(1—chuqur nurlanuvchi, 2—«Universal», 3-«Lyusetta», 4—«Alfa», 5—sutsimon shar, 6—keng nurlanuvchi, 7—changdan va sachragan tomchilardan himoyalangan, SPB, 8—zichlangan, 9—PU va SX (kimyoviy aktiv muhit).
«Chuqur nurlanuvchi» tipidagi katta himoya burchagiga ega bo'lgan (35—40°) to'g'ri nur sochuvchi chiroqlar qora shipli va
119
havosi ifloslanishi mumkin boMgan baland-temirchilik, poMat quyish kabi va boshqa mashinasozlik sexlarida qoMlaniladi. Himoya burchagi nisbatan kichik boMgan chiroqlar metallarga soVuq ishlov berish sexlarida qoMlaniladi.
«Sutsimon shar», «Lyusetta» tipidagi sochma nur tarqatadigan lampalar faqat havosi toza, shift! va devorlari oq ishlab chiqarish zonalarida qoMlaniladi, chunki aks holda tutun, chang va har xil islar chiroq yuzasini va devorlami tez ifloslashtirishi natijasida nur o'tkazish va aks ettirish koeffitsientlarini keskin kamaytiradi.
Lampalarning vazifalariga qarab ularning tuzilishlari har xil boMadi. Namdan, changdan, kimyoviy agressiv moddalardan saqlash uchun lampalami zich yopiq holda va zanglamaydigan materiallardan yasaladi.
Portlashdan himoya qilingan lampalarda esa uchqun yuzaga kelishining oldini oladigan choralar ko'zda tutiladi.
Umumiy yoritilish lampalari xonada oqilona joylashtirilgan boMishi kerak. Sexni bir xilda yoritish imkoniyatini beradigan qilish uchun chiroqlami bir tekisda joylashtirish, agar imkoni boMsa, shaxmat tartibida joylashtirish nazarda tutiladi. Ba’zi hollarda jihozlarning joylashish tartibiga qarab, texnologik jarayon harakat yo'nalishi bo'ylab lampalami joylashtirishga to'g'ri keladi. Bunda iloji boricha ish olib borilayotgan dastgohlar safming yoritilish lampalarining o'matilishi qatori bilan mos kelishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, yorug'lik manbalarining yarqirashiga qarshi kurashish uchun lampalami pol yuzasidan eng kam balandlikka osish belgilangan. Nihoyat, sochma nur sochuvchi lampalami joylashtirishda ularning shiftdan oqilona uzunlikda osilib turishiga rioya qilish zarur, chunki bu uzunlik yetarli boMmasa, shiftda nur dog'lari vujudga keladi, ular pastga aks etishning bir tekis bo'lmasligini va xonaning notekis yoritilishini vujudga keltiradi.
Yoritilish kombinatsiya usullarining qo'llanilishi bu umumiy yoritilishga qo'shimcha ravishda ish joylarini yoritish bilan qo'shib olib boriladi. Bunda ish joylarida istagan kattalikdagi yorug'lik miqdori ta’minlanadi. Sanoat korxonalarini kombinatsiya usulida yoritishning o'ziga xos tomonlari bor, ya’ni bunda umumiy yoritish lampalari xonani shunday yoritishi kerakki, umuman har ikkala yoritishdan foydalanayotgan vaqtda yoritilgan ish joylariga nisbatan atrof keskin farq qilmasligini ta’minlash zarur. Masalan, umumiy yoritish chiroqlari ko'zda tutilgan ish turi uchun yoritilgan joylardagi yoritishning kamida 10 lk (tabiiy yorug'lik boMmagan
Dostları ilə paylaş: |