GOST 12.1. 001-75 ga asosan ultra tovushlar uchun 20—100 kGs gacha oraliqda shovqin darajasi 110 dB dan oshmasligi kerak deb belgilangan.
Ultra tovushning havo orqali ta’sir darajasini kamaytirish uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi:
Ruxsat etiladigan shovqin darajasi yuqori bo'lgan jihozlardan foydalanish.
Ultra tovush tarqatuvchi jihozlami qopqoqlar bilan ta’minlash. Bunday qopqoqlar po'lat tunukadan tayyorlanib ichki tomoniga 1 mm qalinlikda rezina yoki ruberoid yopishtiriladi yoki 5 mm qalinlikda getinaks qoplanadi. Elastik qopqoqlar 3—5 mm umumiy qalinlikdagi 3 qavat rezina bilan qoplanadi. Qopqoqlardan foydalanish eshitiladigan shovqinlarni 20—30 dB ga kamaytirsa, ultra tovushlarni 60—80 dB ga kamaytirishi mumkin.
Ishchi bilan stanok o'rtasiga ekranlar o'rnatish; bundan ekranlar ko'rinadigan bo'lishi ham mumkin (masalan, oyna, pleksiglaz va h.k.).
Agar yuqoridagi usullar bilan hech qanday natijaga erishilmasa, unda ultra tovush manbalarini ayrim xonalarga, kabinalarga joylashtirish mumkin.
Suyuqliklardan va qattiq jismlardan ta’sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ultra tovush nihoyatda xavfli hisoblanadi.
Shuning uchun bunday asboblar bilan ishlaganda unga tegmaslik choralari ko'rilishi kerak. Ultra tovush vannalariga detallarni joylashtirganda ultra tovush to'xtatib qo'yilishi kerak. Tebranishni muhofazalovchi vositalar (g'ovak rezina, parolon va boshqalar) bilan jihozlangan asboblardan foydalanish tavsiya etiladi. Rezina qo'lqoplar ham saqlanishning yaxshi vositasi hisoblanadi.
VI. 1. Yorug‘likning asosiy tavsiflari va o‘lchov birliklari
Yomg‘lik inson hayot faoliyati davomida juda muhim rol o'y-naydi. Ko‘rish inson uchun asosiy ma’lumot manbayi hisoblanadi. Umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko‘z orqali olinadi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarini ratsional yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va ish unumdorligini oshiradi. Oqilona yoritilgan zonalarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo'ladi; shuningdek, xavfsiz mehnat qilish sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi. Bundan ko'rinib turibdiki, sanoat korxonalarini yoritishga faqatgina gigienik talab qo‘yilmasdan, balki texnik-iqtisodiy talablar ham qo'yiladi.
Elektromagnit spektrlarining to'lqin uzunliklari 10 n.m dan 340000 n.m gacha oralig‘i spektrlarning optik jarayoni deb ataladi, bundan 10 dan 380 n.m i infraqizil nurlar, 380 dan 770 n.m i ko‘rinadigan nurlar va 770 dan 340000 n.m. gacha bo'lganlari esa ultra-binafsha nurlar deb aytiladi. Biz ko'zimiz bilan binafsha rangdan to qizil ranggacha bo‘lgan yorug'lik nurlarini sezamiz.
Sanoat korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Son ko‘rsatgichlariga nur oqimi, yorug'lik kuchi, yorqinlik, nur qaytarish koefTitsiyentlari, yorugiik kiradi.