Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə12/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   161
Hayot faoliyati

° ~ 273 + t

Havo tarkibidagi chang miqdori quyidagicha aniqlanadi:


bunda, q[-changlangan Filtming og'irligi; q -toza filtming og'irligi; Vo—filtrdan o'tkazilgan havoning me’yor sharoitga keltirilgan hajmi mg larda olinadi.



50

II.9. Ishlab chiqarish havo muhitida zararli moddalarning yo'l qo‘ysa bo'ladigan zichlik miqdorlari

Texnologik jarayonlaming va ish zonasiga zaharli moddalarning tushishiga qarshi kurash vositalarining hozirgi ahvolida ishchilaming nafas olish zonasida zaharlam ing bo‘lmasligini talab etish, albatta m e’yoriy holat hisoblanadi, shunday natijaga erishish esa juda mushkul texnik vazifa bo'lib, uni ado etish katta moddiy xarajatlar bilan bog'liqdir. Shunga ko'ra m ehnat gigienasida yo'l qo'ysa bo'ladigan bezarar zichlik miqdorlarini asoslash zarurati vujudga keldi.


GOST 12.1.005-76 ning «Ish zonasi havosi» bo'lim ida bu zichlik miqdori quyidagicha belgilanadi. Ish zonasi havosida zararli moddalarning yo'l qo'yiladigan zichlik m iqdorlari- 8 soat davomidagi kundalik ishda (dam olish kunlaridan tashqari) yoki boshqacha davomlilikda, biroq haftasiga 40 soatdan oshm agan mehnat jarayonida, butun ish qobiliyati davomida ish jarayonida yoki hozirgi va kelgusi avlodlar hayotining, keyingi m uddatlarida zamonaviy tekshirish usullari bilan aniqlanadigan kasalliklar yoki sog'lik holatida chetlanishlar keltirib chiqara olmaydigan zichlik miqdoridir.


Ishlab chiqarish zaharlari yo'l qo'yiladigan oxirgi darajasi (YQOD) ni belgilashda: a) m oddalarning fizik-kimyoviy xossalari hisobga olinadi;



  1. tajriba tekshirish natijalaridan foydalaniladi; d) ishlab chiqarishdagi gigienik kuzatuvlar m a’lumotlariga, ishchilam ing sog'liq holati va kasallanishga doir materiallarga ham amal qilinadi.

Ishlab chiqarishga yangi kiritiladigan birikmalar uchun materiallarning dastlabki ikki gruppasidan va agar yangi texnologiyani ishlab chiqarish jarayonida laboratoriya-ishlab chiqarish uskunalarida olingan gigienik m a’Iumotlar bo'lsa, ulardan ham foydalaniladi. Bunday hollarda tavsiya etilgan YQOD gigienik kuzatuv m a’lumotlari, shuningdek, sanoat korxonalaridagi ishchilaming sog'liq holati va kasallanish m a’lumotlarini yig'ishga qadar, ilgari taklif etilgan YQOD m iqdorini aniqlash m aqsadida vaqtinchalik hisoblanadi. YQOD ni asoslashda m oddalarning taqribiy va tuzilish formulasi, m olekular massasi va nisbiy zichligi, erish va qaynash nuqtasi, turli m uhitlarda eruvchanligi, kimyoviy reaksiyaga kirishish xususiyati va zaharli xossalarning yuzaga chiqishiga ta ’sir qila oladigan va havodagi zaharning ta ’sir etadigan zichlik miqdorlari paydo bo'lishi im konini belgilaydigan q ator

boshqa ko'rsatgichlar hisobga olinadi. YQOD ni belgilashda havodagi moddaning kimyoviy yoki fizik usulda tekshirish majburiy hisoblanadi.


Ish xonasi havosidagi zararli moddalar YQOD ini belgilash maqsadida tajriba tadqiqotlari to'liq yoki qisqartirilgan hajmda bajarilishi mumkin. Oxirgi holda tavsiya etilgan YQOD ning taxm iniy miqdori hisoblash usuli yordamida olinishi mumkin.


Zaharli m oddalarning yo'l qo'ysa bo'ladigan zichlik miqdorlaridan ishlab chiqarishdagi sanitariya sharoitiga,


sog'lomlashtirish tadbirlarining, masalan, shamollatish samaradorligiga baho berishda, shuningdek, yangi sexlar va zavodlami loyihalashda am alda foydalaniladi. Zaharli moddalar YQO D ro'yxati tinim siz kengaymoqda. YQOD miqdorlari esa gigiena fani nazariya va amaliyotidan olingan m a’lumotlar bilan to'ldirilib, qaytadan ko'rib chiqilmoqda.


Ishlab chiqarish korxonalaridagi zaharli moddalarning YQOD ini belgilashda, shuningdek, ishlab chiqarish zaharlarining zaharlilik sinflariga qarab ham belgilanadi.


GOST 12.1.007-76 ga asosan zaharli m oddalar organizmga ta ’sir ko'rsatish darajasiga qarab 4 sinfga bo'linadi: o'ta xavfli, yuqori xavfli, o'rtacha xavfli va kam xavfli moddalar.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin