Voyjonim: (Yomon bolaga qarata) Isming nima?
Yomon: Bilmayman.
Hayvonlar: Bilmas ekan, voy-voy-voy.
(kulishadi)
Voyjonim: Kulmang, bu ish yaxshimas,
Balki to’rtinchi bo’limdagi
Qonunlarni u bilmas,
Bu qonun oddiy juda
Mana o’zing ko’rgin-a!
Musiqa ostida milisioner kirib keladi.
Milisioner: Tug’ilganingdan boshlab sening,
Chiroyli ism olish-
Eng birinchi xuquqing.
Mana o’z ismingni ko’r,
Umr bo’yi faxrlanib yur!
(Milisioner Yomon bolaga tug’ilganligi haqidagi guvohnomani topshiradi. Yomon guvohnomani ochib ismini o’qiydi va quvonch bilan qichqiradi)
Yomon: Endi mening ismim Arslon!
Eshitsin butun jahon.
Ism olish huquqin
Bergan menga O’zbekiston!
Men yomon bola edim,
Ismimni ham bilmasdim.
Tez kunda o’zgaraman,
Chin so’zimni beraman!
Do’st bo’laman siz bilan,
Birga kitob o’qiymiz.
Maktab borar bolalar
Hamma: Bu ham bizning huquqimiz!
6-ko’rinish
(Konstitusiya va bolalar o’rtasida)
Boshlovchi: Bolajonlar, mana bugun sizlar qonunular kitobi bo’lgan Konstitusiya haqida, undagi qonunular, siz va bizning haq- huquqimiz nimalar ekanini bilib oldingiz. To’g’rimi? Demak, Mustaqil ona vatanimizda tug’ilib, o’sayotgan har bir bolaninig qanday huquqlari bor ekan?
Hamma: Ism olish!
Kitob: Huquqingiz!
Hamma: Mehnat qilish!
Kitob: Huquqingiz!
Hamma: Bilim olish!
Kitob: Huquqingiz!
Hamma: Davolanish!
Kitob: Huquqingiz!
Hamma: Dam olish ham!
Kitob: Huquqingiz!
Hamma: Ijod qilish!
Kitob: Huquqingiz!
Hamma: Mustqil hur Vatanda
Baxtli bo’lish!
Kitob: Huquqingiz!
(Har bir huquqimizni aks ettiruvchi rasmli plakatlarni ko’tarishadi.)
O’zbekiston Respublakasining Prezidenti I.A.Karimovning: « « shiori eshittiriladi.
1-ko’rinishdagi Ota va Bola o’rtaga chiqib kelishadi.
Bola: Hali kichik bo’lsam ham,
Uqib oldim darsimni.
Yaxshi ishlar qilaman,
Hyech buzmayman qonunni!