QO’ShIQ: «O’ZBEKISTON» N. NORXO’JAYeV, (Qo’shiq so’ngida sharlar bilan to’ldirib, tomga mahkamlab qo’yilgan matodan bolalar ustiga rang barang sharlar yog’diriladi.)
8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi Tadbir o’tkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Chor atrofga Konstitutsiyamizga bag’ishlangan shiorlar, devoriy gazetalar ilib qo’yilgan. Shuningdek, siyosiy adabiyotlar, o’quvchilarning qomusimiz haqida yozgan ma’ruzalari, ijodiy ishlari ko’rgazmasi tashkil etilgan.
(Magnitofon tasmasidan Vatan haqidagi kuy taraladi va sahnaga adabiy kecha qatnashchilari chiqadi).
1-boshlovchi - Qo’lingda erk boshda yalov, tilingda shurud,
Vataning bor, maktab-bog’chang, or-nomusing bor.
2-boshlovchi:-O’zbekiston deb atalgan muqaddas hudud,
O’z Davlating, Qomusing, o’z madhiyang bor
Madhiya yangraydi
1-boshlovchi: Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,
Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga.
Farovon, nurafshon ulug; kunlarga,
Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!
Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!
2-boshlovchi: Yangi davrv keldi, o’zgardi zamon,
Zamon zayli bilan o’zgardi inson.
O’zgardi jamiyat, o’zgardi hayot,
O’zgardi qo’shig’-u o’zgardi hayot!
“Assalom “ qo`shig`i
1 – boshlovchi:-Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun qomusimizning 15 yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash sharafiga ega bo’lib turibmiz. Bayramga bag’ishlangan tadbirni, marhamat, tomosha qiling.
2 –boshlovchi
Baxtiyorman hur elimning
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.