Himoyaga ruxsat etaman” O’quv va uslubiy ishlar bo’yicha prorektori


II BOB. MTTDA TASHKIL ETILADIGAN EKOLOGIK TA’LIM TARBIYANING SHAKL, METOD VA VOSITALARI



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə7/18
tarix13.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
NOZIMA G`AFUROVA kurs ishi

II BOB. MTTDA TASHKIL ETILADIGAN EKOLOGIK TA’LIM TARBIYANING SHAKL, METOD VA VOSITALARI
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalashning mohiyati va mazmuni

Pedagog ta’lim-tarbiya faoliyati jarayonida bolalarni tabiat va atrof olam bilan tanishtiradi, bolalarning yosh xususiyatlarini va ular yashaydigan hududni hisobga olgan holda tabiat hodisalari va unsurlari haqidagi bilimlarni shakllantiradi. Bolalarga ekologik ta’lim va tarbiya berishda turli shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.Bunday shakillar quydagilarni o’z ichiga oladi.


Kollektiv shakllar (harakatli va rolli ekologik o‘yinlar, ekologik bayramlar, hududni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha birgalikdagi mehnat faoliyati, gulzorlarda va hovlilarda ishlash, mahorat darslarida, sport musobaqalarida va estafetalar, ekologik marafonlar, festivallarda qatnashish.
Ekologik bayramlar va dam olish tadbirlari bolalarda ularning “tabiiy» fe’l-atvoriga ijobiy hissiy rag‘batni uyg‘otadi. Bu tadbirlarda bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan materialdan foydalanish tavsiya etiladi.
Dam olish kunlaridan ko‘ra ko‘pincha bolalar, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari va hamjamiyat (mahalla) bilan birgalikda tashkil etiladigan hordiq chiqarish tadbirlari15 bayramlardan ko‘ra ko‘proq o‘tkaziladi va turli xil mavzularni qamrab oladi. Ekologik bayramlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib,ularning hissiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolaning bayramdan olgan taassurotlari ham ijtimoiy, ham axloqiy rivojlanishga yordam beradi. Sahna timsollari yordamida bolalar tabiatda o‘zni tutish qoidalarini nafaqat tengdoshlariga, balki kattalarga ham so‘zlab berishadi, bu esa odamlarning umumiy ekologik madaniyatini oshirishda juda muhim.
Tabiatda bolalar mehnati ; Tabiatda turli ko‘rinishdagi mehnat faoliyati bolalarga katta quvonch bag‘ishlaydi va ularning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Mehnat qilish jarayonida tabiatga muhabbat, unga g‘amxo‘rlik,ehtiyotkorona munosabat tarbiyalanadi. Bolalarda mehnat faoliyatiga qiziqish, unga nisbatan ongli, mas’uliyatli munosabat shakllanadi. Tabiatda mehnat qilib, bolalar tabiat obyektlarining xususiyatlari va sifatlari, holatlari bilan tanishadilar,bu xususiyatlarni kashf etish usullarini o‘rganadilar. Tabiatda mehnat qilish jarayonida bolalarning o‘simliklar va hayvonlar haqidagi bilimlari ortadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin