Himoyaga ruxsat etaman” O’quv va uslubiy ishlar bo’yicha prorektori


Maktabgacha ekologik ta`lim va tarbiya tushunchasi, mazmuni va mohiyati



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/18
tarix13.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
NOZIMA G`AFUROVA kurs ishi

1.2 Maktabgacha ekologik ta`lim va tarbiya tushunchasi, mazmuni va mohiyati
Ekologiya – ekotizimlarda organizmlar o`zaro va ularning atrof-muhiti o`rtasidagi aloqadolik qoidalari va qonuniyatlarining ilmiy-nazariy-amaliy asoslarini tadqiq qiluvchi fan; unga doir kishilarga bilim, ko`nikma va malakalar-kompetensiyalarni beruvchi ta`lim; ushbu aloqadorlikni optimallashtirishga qaratilgan amaliyot tarmog`i. Umuman olganda, «Ekologiya» fan → ta`lim → amaliyotning yagona tizimi. MTTda u bir paytning o`zida ham kattalar ham Tarbiyalanuvchilar uchun alohida ta`riflanishga muhtoj.
Maktabgacha ta`limda ekologik ilm – tarbiyalanuvchilarni, to`g`rirog`i Tarbiyalanuvchilarni, o`rab turuvchi atrof tabiiy muhitni kattalar yordamida ongli ravishda anglay olishlari, bilishlari va tushinishlari. O`zbekiston 143 ta “Ekologik toza va ifloslangan davlatlar” reytingi bo`yicha 118-o`rinda turadi.
Mazkur reyting ko`rsatkichlari bo`yicha mamlakatimiz yuqori o`rinlarga ko`tarilish uchun ekologik toza davlatlardagi tegishli ta`lim tajribasi tahilil qilindi. «Ekologik toza davlatlar»ning birinchi 20 taligidan joy olgan mamlakatlarda ta`lim «Ekologik madaniyatli inson»ni potensialini yuzaga keltirishni aynan bog`chadan boshlar ekan. Masalan:
 G`arbiy Yevropada Tarbiyalanuvchilar maxsus xo`jaliklarda yovvoyi hamda uy hayvonlari bilan muloqotda bo`lishi va ularni parvarish qilish orqali ekologik ta`lim va tarbiyani uch yoshdan olishni boshlaydilar.
Jumladan:
 Finlyandiyada tizimli midlliy ekologik ta`lim va tarbiya 5 yoshdan boshlanadi va u maxsus mahalliy «Tabiat markazlari»da olib boriladi.
 Shvetsiyaning Atrof-muhitni muhofaza qilish jamiyati va ta`lim bo`yicha Milliy agentligi hamkorligida ekologik ta`lim va tarbiya muammolari bo`yicha umumdavlat axborot tizimi yaratilgan.
 Daniyadagi ekologik ta`lim va tarbiya muammolari barcha pedagogik kasbiy ta`lim tizimiga joriy etilgan hamda maktabgacha ta`lim yo`nalishidagi pedagoglarni tayyorlashda majburiydir.
 Avstriyada maktabgacha ta`limi pedagoglari uchun doimiy seminar tashkil etilgan, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshrish kurslari ishlab turibdi.
 Norvegiyada bolalar bog`chasidagi pedagog albatta maxsus ekologik tayyorgarlikka ega bo`lishi lozim.
 Germaniyada maktabgacha ekologik ta`lim bolalarni atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini paydo qilish, bilimlarini rivojlantirish, tabiatni muhofaza qilishga tayyorlash, ekologik mas`uliyatli xulqni shakllantirishga yo`naltirilgan.
 Yaponiyada yuksak ekologik madaniyatli shaxsni tayyorlash atrof-muhit sohasidagi maktabgacha ta`lim dasturlari orqali olib boriladi.
Ekologiya fani ekologik ta`lim va tarbiyaning fundamental ilmiy-nazariy asosi bo`lib xizmat qiladi. Ekologik ta`lim – kishini hayot va mehnat faoliyatiga tayyorlash uchun unga tegishli, tizimlashgan, muddatli ekologik bilim, ko`nikma, malaka va kompetensiya berish vositasi. Uning maqsadi – kishilarni, jumladan, O`zbekiston fuqarolarining hayotiy faoliyat xavfsizligini ta`minlash uchun ularga ekologik bilimlarni berish, ularni tegishli ko`nikmalarga ega va malakalarni hosil qilish, har bir shaxsning turli darajadagi ekologik kompetentligini shakllantirish. Buning uchun ta`lim oluvchi: ekologiya va atrof-muhtni muhofaza qilishning zamonaviy ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini bilishi; ekologik xavfsizlikni ta`minlash ko`nikmalariga ega bo`lishi; olgan bilim va ko`nikmalarni amalda qo`llash kompetentligini egallash; boshqalarni ekologik talablarga rioya qilishini nazorat qilish (fuqarolik burchini bajarish), jamoaga yetkazish, tashviqot va targ`ibot qilish malakalarini hosil qilishi kerak.
Ekologik tarbiya – kishini yuksak ekologik ma`naviyatli va ma`rifatli shaxs ruhida shakllantirish vositasi. Odatda, ekologik tarbiya ekologik ta`lim orqali kirib keladi va u ekologik madaniyat bilan baholanadi. Chunki zamonamizda yuksak ekologik ma`naviyatli (mavkuraviy, g`oyaviy va informatsion jihatdan shakllangan) va ma`rifatli (ilmiy va ijodiy ustuvorlik ruhida tarbiyalangan) jimoniy shaxsgina ekologik ta`lim orqali olgan kompetensiyalarini madaniyat ko`rsatgichlariga olib chiqa oladi. Shuning uchun ham hozirgi kunda ekologik ta`lim va tarbiya ajralmas va yagona tizimda turuvchi vositalar majmuasidir. Tizim esa ekologik xavfsizlikni ta`minlash maqsadidagi qismlar ierarxiyasidan iborat bo`lgan holat. Uni amalga tatbiq etish mexanizmi bir paytning o`zida soat kabi ishlaydigan tizim qismlarining harakat qilishida namoyon bo`ladi.
Ekologik ta`lim va tarbiya orqali kishilarda, jumladan, yoshlarda koinotdagi yagona hayot mavjud bo`lgan Yer sayyorasi haqidagi tasavvurlar, o`z yashash muhiti to`g`risidagi bilimlar, atrofimizdagi olam, tabiat va insonlarni o`zaro uzviy bog`langanlik haqidagi ilmiy-nazariy dunyoqarashlar, o`z o`lkasi va vatanining ekologik tizimlari (ekotizimlari), ularning paydo bo`lishi, evolyutsion rivojlanishi, antropogen o`zgarishi, makon va maydon bo`yicha tarqalish qonuniyatlari, undan kelib chiqadigan hususiyatlari, boyliklari, holati, kelajak istiqbollari, milliy, regional va global miqyosdagi tabiat va jamiyat munosabatlari, amaliy ekologik ko`nikma va malakalar, Yer yuzasi atrof-muhitini muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmularini qayta tiklashga oid muammolarni anglash va ularning yechimini topishga doir to`g`ri qarorlarni qabul qilish kompetensiyasi, ularni tanlagan kasblarga qarab ekologik ta`lim va tarbiya shakllantiriladi va rivojlantiriladi.
Ekologik amaliyot – yuksak ekologik ma`naviyatli va ma`rifatli shaxs imkoniyatini uning hayot va mehnat faoliyatida qo`llay olishning motivatsiyalanganlik darajasi. Ya`ni ekologik ong va madaniyatni hayotiy faoliyatda nechoqlik zarur ekanligini his etish va uning ijobiy natijalaridan bahramand bo`la olish sharoitining muayyan ma`muriy boshqaruv birliklar yoki iqtisodiyot tarmoqlari doirasida yaratilganligi. U davlat, jamiyat va korporativ uyushmalarning olib borayotgan ekologik konsepsiyasida, qonunuchiligida, harakatlar dasturi va ish rejalarida, prioritet tadqiqot yo`nalishlarida, kadrlar tayyorlash va ularni amalda tatbiq etilganligida namoyon bo`ladi.
Ekologik ta`lim, tarbiya va amaliyot mohiyati uning uch yo`nalishdagi tadqiqot qilish, o`rgatish va amalga joriy etish predmetida o`z aksini topadi: ekotizimlarni (tabiiy va antropogen o`zgargan) muhofaza qilish; ekotizimlarning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish; buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash.
Ekologiyaning maqsadi – hozirgi va kelajak avlodlarning barqaror rivojlanishini ta`minlovchi ekotizimlar xavfsizligiga erishish uchun ekologik ta`lim, tarbiya va amaliyot birligini ta`minlash. Ushbu maqsadga erishmoq uchun milliy miqyosda quyidagi ekologik tusdagi vazifalarni bajarish talab etiladi: ekologiyaning umume`tirof etilgan ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish; uning tarixi, hozirgi holati va kelajak istiqbollarini turli ekotizimlar doirasida uzviy bog`langan holda baholash; ekologik konsepsiya va harakatlar dasturini ishlab chiqish; taktik va strategik ekologik rivojlanish rejalarini qabul qilish; ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga doir kadrlar tayyorlash tizimini qayta ko`rib chiqish; ekologik qonunchilik bazasini har tomonlama tahlil qilish va uni amaliyot bilan bog`lash mexanizmini yaratish; milliy ekologik ta`limning majburiylik prinsipini amalda qo`llash; ekologik ta`limni barqaror rivojlanish qoidalariga mos ravishda qayta ko`rib chiqish kabi masalalarni xal etishga undaydi. Vaholanki, ekologik xavfsizlik milliy xavfsizlikning ajralmas bir qismi va u boshqa xavfsizlik omillaridan o`zining yashirin tarzda kechishi bilan farqlanadi. Shuning uchun ham maktabgacha ta`lim tizimida malakali ekologik kadrlarni boshlang`ich elementlarini shakllantirish zamonamizning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Ekologik ta`limning maqsadi – ekologik xavfsizlikni ta`minlash uchun milliy ta`limda uzluksiz va uzviylagan ekologik kadrlar tayyorlash tizimini yaratish.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan tarzda maktabgacha ta`limga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
 Mahalliy miqyosda MTTda ekologik ta`limning hozirgi holatini o`rganish;
 maktabgacha ekologik ta`lim tizimi bo`yicha bir qator ilg`or xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilish va uni milliy ta`lim tizimiga joriy qilish;
 ekologik ta`limning metodologik va metodik asoslarini ishlab chiqish;
 mahalliy miqyosdagi MTTda tajriba-sinov bo`yicha aniq pilot o`quv tashkilotlarini belgilash;
 pilot tashkilotlarda seminar-treninglar tashkil etish;
 tajriba natijalarini metodologik jihatdan tahlil qilish;
 maktabgacha ekologik ta`lim va tarbiyaga doir to`garaklar va Internet veb-saytini yaratish;
 mahalliy miqyosdagi MTTdagi to`garaklarida ekologik ta`lim va tarbiyani tashkil etishning uslub va shakllarini ishlab chiqish va unga oid adabiyotlarni nashr etish;
 Maktabgacha ta`lim bosqichida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llagan tarzda ekologik ta`limning mazmun va mohiyatiga doir tadqiqotlarni olib borish va h.k.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin