Himoyaga ruxsat etaman” O’quv va uslubiy ishlar bo’yicha prorektori



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/18
tarix13.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
NOZIMA G`AFUROVA kurs ishi

Kursni tugatish ishining maqsadi: Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ekologik tarbiyani tashkil etish, bolalarni yoshligidanoq ekologik madaniyat va ta`lim- tarbiyaga o`rgatish va bilim, ko`nikma hamda malakalarini shakllantirish. Bolalarda ekologik tarbiyaning boshlanishini shakllantirish, ularni tarbiyalayotgan kattalarda (pedagoglar, ota-onalar) ekologik ong, tafakkur, ekologik tarbiyani rivojlantirish.
Kursni tugatish ishining metodlari: tahlil, pedagogik kuzatish, umumlashtirish.
Kursni tugatish ishining tuzilishi: Kurs kirish ikki bob, 4 bo`lim, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Kursni tugatish ishining vazifasi:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali ekologik ta`lim – tarbiya berishni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali ekologik ta`lim – tarbiya berish metodikasini ishlab chiqish.
3. Tarbiyachilar uchun maktabgacha yoshdagi bolalarga pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali ekologik ta`lim – tarbiya berish bo‘yicha ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish.


I BOB. MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA EKOLOGIK TARBIYANI TASHKIL ETISH
1.1 O`zbekiston Respublikasining yangi ekologik siyosati va uni Maktabgacha ta`lim tizimida tutgan o`rni
Xalqaro miqyosda 2015 yil 24 sentyabrda BMT tomonidan umume`tirof etilgan «Barqaror rivojlanish maqsadlari»ga ko`ra insoniyat ham rivojlanishdan to`xtamaslik, yashash makonimiz bo`lgan tabiat ham o`z evolyutsion qoidalaridan inqirozga tomon yuz tutmasligi uchun bizlar «tabiat–jamiyat uyg`unligi»da yashashimizga to`g`ri keladi. Buni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirzieyov 2020 yilning 6 martida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga bag`ishlangan maxsus yig`ilishida alohida ta`kidlab o`tdi va mazkur davlat boshqaruv tizimida kadrlar tayyorlash muammosi jiddiy masala ekanligini e`lon qildi .
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta utuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni so`zsiz amalga oshirish, respublikada ekologik muammolar yechimini topishga xizmat qiladigan ta`lim tizimini joriy qilish bilan hissa qo`shish, o`sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ongi hamda madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik ta`lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2019 yil 27 maydagi 434-sonli «O`zbekiston Respublikasida ekologik ta`limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risidagi» qarorining 2-band 2-xatboshida belgilangan «Ta`lim dasturlarini mavjud ekologik muammolar va ularni bartaraf etish vazifalaridan kelib chiqib takomillashtirish» ustuvor yo`nalishlar sifatida belgilangan. Maktabgacha ta`lim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti professor-o`qituvchilarining tashabbusi bilan institutdagi kadrlarni malakasini oshirish kurslarining o`quv jarayoniga 2019 yilning yanvarь oyidan «Ekologik ta`lim va tarbiya» o`quv moduli tanlov fani sifatida o`quv rejaga kiritildi. O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va Maktabgacha ta`lim vazirligining 2019 yil 7 avgustdagi qo`shma qaroriga binoan 2020 yilning yanvarь oyidan esa “Ekologiyaning dolzarb muammolari” deyarli barcha toifalarga tatbiq etildi. Ekologik ta`lim konsepsiyasiga muvofiq ravishda MTTda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak bo`ladi.
Maktabgacha ta`limda «Ekologik ta`lim va tarbiyani rivojlantirish»ga doir yangi qarorlarning asosiy vazifasi, ya`ni 2018 yilgacha amalda bo`lgan «Bolajon» va amaldagi «Ilk qadam» davlat o`quv dasturlaridan farqli ravishda tarbiyalanuvchilarni (bolajonlarni, zero maktabgacha ta`lim –tarbiya tashkiloti emas balki ta`lim muassasi) tabiat bilan tanishtirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ularni ekologik madaniyatli qilishning ilk qadamlarini singdirishdan iborat bo`lmog`i darkor.
M TTda ekologik ta`lim va tarbiyani rivojlantirish tarbiyalanuvchilarni tabiat bilan tanishtirish davomida ularni o`rab turgan mahalliy sharoitdagi atrof tabiiy muhiti− ekotizimlarni (yashash joyi, makoni, uyini) muhofaza qilish, undagi tabiiy resurslardan oqilona foydlanish va buzilganlarini qayta tiklashda kerak bo`ladigan ma`lumotlarga ega bo`lishlik vazifasi yuklatiladi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin