Himoyaga ruxsat etaman” O’quv va uslubiy ishlar bo’yicha prorektori


Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ekologik ta`lim maydonini tashkil etish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/18
tarix13.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#112974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
NOZIMA G`AFUROVA kurs ishi

Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ekologik ta`lim maydonini tashkil etish
MTT tarbiyalanuvchilarining ekologik ta`lim tarbiya modeli

Tabiat qo‘yni”da ekologik ta’lim va tarbiya


6.Mustaqil mehnat faoliyati orqali tabiatga nisbatan mehr uyg‘otish

5.Jonli va jonsiz tabiatga nisbatan tabiatni kuzatish, maqsadli ekskursiyalar davomida tabiat hodilari bilan tanishish

4.Tabiatni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish

3.Tabiat qo ‘ynida faoliyat yuritish ko ‘nikmasini hosil qilish

2.Jonli va jonsiz tabiatni farqlay olishi

1.Atrof tabiiy muhit haqida tushunchaga ega bo‘lishi


Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ekologik ta`lim va tarbiya maqsad va vazifalarti

Ekologik tarbiyaning bosh maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda atrofmuhit va uning muammolari haqida ongli munosabatn ihamda ular bo`yicha optimal yechimlar toppish to`g`risidagi bilim, ko`nikmava malakalarni shakllantirishdan iborat. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun bir qator vazifalarni hal qilishga to`g`ri keladi.


1. Maktabgacha yoshdagi bolalarimizga ekologik tarbiya berishda ularning yashab turgan joyi (tabiati) va boyliklarini tejab-tergashga, ularni ongli ravishda muhofaza qilishga o`rgatish.
2. Ekologik madaniyatni shakllantirish. Bu, eng avvalo, oiladan boshlanmog`i lozim. Bu haqda mazkur bobning birinchi paragrafida ma`lumot keltirildi. Maktabgacha yoshdagi bolalardagi ekologik madaniyatni shakllantirishda quyidagi jihatlarga alohida e`tibor berilib borilmog`i lozim:
• atrofni ifloslantirish kishilarga kasalliklarini olib keluvchi manba bo`lishligiga;
• yong`in oqibatlarining tabiatga zarari va yong`in chiqmaslik choratadbirlarini ko`ra bilishlikka o`rgatish;
• «suvga tuflama, uni iflos qilma», degan da`vatning mazmun mohiyatini bilishlikka;
• gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirmaslik, uning mevasidan insoniyat foydalanishligi hayotiy ehtiyoj ekanligi haqidagi bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga va shu kabilarga.
3. Ekologik savodxonlikni shakllantirish. Bunga talaba yoshlarga ta`limtarbiya berishda hayotiy misollardan foydalangan ma`qul.
• dam olishga chiqilganda o`t-o`lanlarning payhon qilinishi va bu joylarda shisha siniqlarining qolishi jamiyat, tabiat va kishilar salomatligiga ta`siri oqibatlari haqida maktabgacha yoshdagi bolalar ongida tasavvurlarni shakllantirish;
• daraxtlar, o`simliklar olamiga va hayvonlarga nisbatan murosasizlik bilan munosabatda bo`lish oqibatlarining tabiat va jamiyatga zararli ta`sirini maktabgacha yoshdagi bolalar ongiga singdirish;
• zavod va fabrikalardagi zararli chiqindilarning insoniyat taraqqiyotiga ta`sirini va uning oqibatlarini maktabgacha yoshdagi bolalar ongiga singdirishning axborot-kommunikatsion texnologiyalarini yaratishga erishish;
• bo`lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi barcha fanlarni o`qitishda ekologik tarbiyani olib borish;
• auditoriyadan tashqari mashg`ulotlarda va ekskursiya hamda sayohatlarda ekologik tarbiyani olib borish;
• fanlarni o`qitishda maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik muammolarni o`rgatish orqali ularda tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim, ko`nikma va malakalar- ni shakllantirish.
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologiya haqidagi tushunchalar va qonuniyatlar to`g`risida bilim berish. Bunda mehnat muhofazasi, tabiatni asrash, noyob jonzotlar ro`yxati, tabiat va atmosferadagi inqirozlar oldini olishga oid tushunchalar va qonuniyatlarga e`tibor beriladi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalar ekologik tarbiyasidan ko`zlangan maqsadlardan biri - bir to`mondan - muqaddas Ona zaminimizni ozoda qilib saqlash bo`lsa, ikkinchi to`ondan - musaffo osmonimizni aslidagidek saqlashdan iborat. Bu ona diyorimizni obod etishga qo`shiladigan katta hissa bo`lib, uning yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarda obodonchilik va orastalik, pokizalik va tejamkorlik, xushxulqlik va xushmuomalalik kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. Bular maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi ekologik qonuniyatlar va tushunchalarni ongli ravishda anglashni kafolatlaydi:
• tabiat haqidagi tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy o`illar va ular orasidagi bog`lanish;
• tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;
• atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash;
• tabiatni kelajak avlodlar uchun qanday boisa, o`shandayligicha qoldirishga intilish va shu kabilar. Uzoq tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak, Markaziy Osiyo xalqlari. jumladan, o`zbeklar ham jahondagi eng qadimiy xalqlardan hisoblanadi va uiar jahon ilm-faniga, ma`naviy-ma`rifiy taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligining guvohi bo`amiz. Ota-bobolarimizning bu boradagi qoldirgan boy ma`naviy merosi milliy merosimizni chuqur, har taraflama o`rganishimizga va u haqda xolisona fikr bildirishga hamda O`zbekiston mustaqilligiga erishuvida buyuk ma`naviy ozuqabo`di yoki ota-boboiarimiz qoldirgan milliy qadriyatlarimizni tiklash va ularni targ`ib qilishga keng imkoniyatlar yaratildi. «Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng, ekologik tarbiyada xalq pedagogikasidan foydalanishga katta e`tibor berib kelinmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza etish, moddiy boyliklardan oqilona foydalanishga oid tarbiyani milliy qadriyatlar va an`analar, sharqona urf-odatlar orqali berish ehtiyoji paydo bo`di. Tarbiyachining bolalarga ekologik ta`lim va tarbiya berishda xalqimizning o`ziga xos milliy tarbiyasidan o`rinli foydalanishi yaxshi samara beradi. Milliy tarbiyamizda to`rt narsa - yer, suv, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Xalqimiz juda qadim zamonlardan suvga e`tiqod qo`yib, yozning eng jazirama kunlarida «Suv sayli» oтkazgan. Ota-bobolarimiz «Suv - tabiat in`o`i, hayot manbayi», deb bejiz aytishmagan. Har tomchi suvni gavhardek qadrlab, bog`-rog`lar yaratishgan. Biz esa suvdan xo`jasizlarcha foydalanishimiz natijasida Orol muammosining tug`ilishiga sababchi bo`ldik. Sirdaryo va Amudaryoning belgilangan yerga to`la yetib bormasligi natijasida bugun 0`rta Osiyo uchun ahamiyatli bo`gan Orolning butunlay yo`qolish xavfi paydo bo`di». Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an`analar, marosimlar, nodir qo`lyozmalar va davlat arboblarining ushbu sohaga oid faoliyatlari mustahkam didaktik asos bo`lib, bular orqali ularni atrof-muhitni toza saqlashga, ozodalikka, pokizalikka va eng asosiysi sog`lo` turmush tarzi hamda muhitini tashkil eta olishga o`rgatiladi. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan taraqqiyoti darajasi undagi xalq xo`jaligining turli jabhalariga ta`sir etadi. Bu borada o`ziga xos global va mintaqaviy ekologik muammolar ham yuzaga kelaveradi. Bunda global muammolarga Orol fojiasi, Chernobil halokati, Xirosima va Nagasaki shaharlardagi bomba portlashlar hamda shu kabilar misol bo`la olsa, zavod va fabrikalardan chiqadigan zararli chiqindilar yoki ma`lum hududdagi tuproq erroziyasi, ba`zi kasalliklarning ko`payishi va shu kabilarni misol qilib olish mumkin. Shu sababli ekologik tarbiya yo`nalishlari ham turli xil bo`ladi.
Quyida ularning ba`zilari to`g`risidagi ma`lumotlar keltiramiz:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni yashab turgan joyidagi tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o`rgatish.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o`z o`quv tashkilotlarini va uning tevarak-atroflarini ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, mevali va manzarali daraxtlar ekishga o`rgatish.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash ko`nikmalarini shakllantirish.
4. Ekologik dunyoqarashni yuksaltirish.
5. Ekologik madaniyatni shakllantirish.
6. Ekologik savodxonlikni yuksaltirish.
7. Maktabgacha yoshdagi bolalar ongida atrof-muhit va uning shaxs ma`naviy dunyosiga ta`siri haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
8. Maktabgacha yoshdagi bolalar ongida tabiat va uning jamiyat taraqqiyotidagi o`rni haqidagi tasavvurlarni paydo qilish.
9. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishda o`quv tashkilotlari va oila o`rtasidagi umumiylik va xususiylik.
10.Maktabgacha yoshdagi bolalar ongida atrof-muhit muhofazasida bolalarning vazifasi haqida tasavvur hosil qilish.
11.Maktabgacha yoshdagi bolalar ongida tabiatni muhofaza qilishda otaona ibrat-namunasi haqidagi tasavvurlarni hosil qilish.
12.Maktabgacha yoshdagi bolalarni oiladagi, o`quv tashkilotidagi o`simliklar va hayvonot dunyosini e`zozlashga o`rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilishdagi bilim va ko`nikmani yuksaltirish.
13.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishda milliy an`ana va urf-odatlarni tiklashga e`tibor qaratish.
14.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishda to`garaklardan foydalanish va ularda «Tabiat va inson», «Ekologiya va inson», «Orol madad so`raydi», «Tabiatni e`zozlaylik», «Suvni muqaddas deb bilaylik» va shu kabi mavzularda davra suhbatlari uyushtirish.
Sog‘lomlashtirish yo‘nalishining vazifalari: bolalar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash; ularni tabiat bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatish; shaxsning barkamol rivojlanishi uchun tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qobiliyatini shakllantirish; o‘z xatti-harakatlarini atrof-muhit omillari bilan muvofiqlashtirishni o‘rganing.
Ta'lim yo‘nalishining vazifalari:
- elementar ekologik bilim va g‘oyalarni hamda ekologik dunyoqarashning boshlang‘ichlari, asoslarini shakllantirish;
-jonli va jonsiz tabiat haqidagi bilimlarni aniqlashtirish, tizimlashtirish va chuqurlashtirish;
- turli ekologik muammolarni mustaqil hal qilish qobiliyatini shakllantirish;
- tabiiy majmua ichidagi sabab-natija munosabatlarini tushunishga o‘rgatish: hayvonlar hayotining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish (tabiatdagi hayvonlar ma'lum joylarda yashaydi, ma'lum oziq-ovqatlarni iste'mol qiladi va ko‘payish uchun muayyan sharoitlarga muhtoj);
- o‘simlik va hayvonlarning bir-biri bilan va atrof-muhit bilan aloqasini ko‘rsatish;
- hayvon organizmlari va ularning jamoalarining xilma-xilligini ko‘rsatish;
- inson tabiatning bir qismi ekanligi, uning hayoti tabiiy ob'ektlarning holatiga bog‘liqligi va ularning xavfsizligi majburiy shaxs ekanligi haqidagi g‘oyalarni shakllantirish;
- Qizil kitob bilan tanishtirish.
Ta'lim yo‘nalishining vazifalari:
- tabiat olamiga ehtiyotkorona va mas'uliyatli munosabatni shakllantirish;
- tirik mavjudotlar bilan muloqot qilish jarayonida ularga nisbatan hissiy do‘stona munosabatni shakllantirish;
- sezgirlik va xushmuomalalikni, boshqa odamlarga hamdard bo‘lish, ularni qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatlash, o‘z xalqining an'analarini hurmat qilish istagini rivojlantirish;
- ona yurtga qiziqish va muhabbatni rivojlantirish, shaharning (qishloq, qishloq va boshqalar) ekologik muammolari haqida g‘oyalarni shakllantirish;
- o‘simliklarning o‘sishi va hayvonlarning asirlikda yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va saqlash qobiliyatini shakllantirish;
- uy hayvonlariga, maktabgacha ta'lim muassasasidagi tirik burchak hayvonlariga, o‘rmon resurslariga mas'uliyatli va ehtiyotkor munosabatni rivojlantirish; - qishloq aholisining (fermerlar, traktorchilar, o‘rmonchilar va boshqalar) mehnatiga hurmatni tarbiyalash;
- barcha tirik mavjudotlarning hayoti bog‘liq bo‘lgan Yer sayyorasining yashovchisi sifatida o‘zini tutish tushunchasini shakllantirish.
Tabiat hodisalari bilan tanishishda mehnat ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish vazifalari:
- yopiq o‘simliklar, uy hayvonlarini parvarish qilish uchun mehnat ko‘nikmalarini va ko‘nikmalarini shakllantirish;
- Tabiat burchagi ob'ektlariga g‘amxo‘rlik qilishni o‘rganish;
- hovli, bog‘cha, guruh, shahar (qishloq, qishloq va boshqalar) joyining tozaligiga g‘amxo‘rlik qilishga o‘rgatish.
Ishlab chiqarish faoliyatida ishtirok etish jarayonida tabiat to‘g‘risida estetik qarashlarni shakllantirish vazifalari:
- ona yurtga qiziqish va muhabbatni rivojlantirish va buni rasm chizish, modellashtirish va applikatsiyada aks ettirish qobiliyati;
-atrofdagi voqelikka estetik munosabatni shakllantirish;
- tabiat olamiga munosabatini ishlab chiqarish faoliyatida aks ettirishga o‘rgatish;
- xalq amaliy san’ati ustalarining tabiiy boyliklardan (yog‘och, loy, tosh va boshqalar) qanday foydalanishini, o‘z mahsulotlarida tevarak-atrofdagi tabiat go‘zalligini aks ettirishini ko‘rsatish.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin