«Himoyaga ruxsat etilsin» Pedagogika fakulteti dekani J. E. Usarov


Ijodiy topshiriqlarni tuzish va undan foydalanish



Yüklə 73,83 Kb.
səhifə7/9
tarix20.06.2023
ölçüsü73,83 Kb.
#132973
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DONO KURS ISHI

2.2. Ijodiy topshiriqlarni tuzish va undan foydalanish.
Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda «ijod», «ijodkorlik» kabi atamalarni uchratib qolmoqdamiz. Bu atamalarning adabiyotlar sahifalarida paydo bo‘lganligi bejiz emas.
«Ijod» so‘zining lug‘aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» so‘zlariga monand keladi.
Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo‘ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo‘lishidan, namoyon bo‘lishigacha jarayonini o‘z ichiga oladi. SHaxsda faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qo‘yilmagan, hal etuvchi vosita bo‘lib hisoblanmagan intilishdir.
Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. Ijodkorlik o‘zida insonning mehnatda namoyon bo‘lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob’ektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma-xil ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantiradigan yangi haqiqatni yaratadiganday mehnat ijod bo‘lishi mumkin. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati bilan belgilanadi: ixtirochi, tashkilotchi, mehnati ilmiy va badiiy mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq. Bugungi kunda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o‘z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan , texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bog‘liq. SHunga ko‘ra, jamiyat taraqqiyoti talabalaridan kelib chiqqan holda har bir o‘quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir.
Psixolog olim N.D.Levitov ijodiy faoliyatni quyidagi mezonlar asosida vujudga kelishini isbotladi1:

  • tafakkurning mustaqilligi;

  • o‘quv materialining o‘zlashtirilishi, tezligi va mustahkamligi;

  • standart bo‘lmagan vazifalarni hal qilishda, aqliy chamalashning (topqirlikning) tezligi;

  • o‘rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish orqali muhim bo‘lmagan narsadan muhimini ajrata bilish.

Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo‘lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi.
Ular quyidagilardan iborat :

  1. O‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda ularning bu borada egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari.

  2. Ijodiy faoliyatni shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqadorligi.

  3. Ijodiy faoliyatni shakllantirishga doir mashg‘ulotlar evristika muammoli vaziyatlar yaratish.

  4. O‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishga texnologik yondashuv.

Bu shart-sharoitlar quyidagicha amalga oshadi :
O‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda ular egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi.
-dastur materiallarni qay darajada o‘zlashtirganligi ;
-mavzularga doir asosiy tushuncha va qoidalarni o‘zlashtirganligi;
-tanlagan mavzu bo‘yicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi ;
-o‘rganilayotgan mavzulardagi asosiy muammolarni anglab olishi ;
-topshiriqlarni bajarishda o‘quv ashyolari va texnika vositalar, axborot texnologiyasidan foydalana olishi ;
- o‘z qobiliyatini namoyon etishi va uni rivojlantira olishi ;
-mavzu bo‘yicha o‘z oldiga erishiladigan maqsadlarni qo‘ya olishi, rejalar tuzishi va natijalarni baholay olishi ;
-mavzularni o‘rganishda o‘z fikrini dalillay olishi;
-o‘z variantini tavsiya eta olishi va hokazolar.
Mazkur talablar o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari, ularning o‘quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo‘ladi va bu borada o‘quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam beradi.
Yuqoridagi talablar asosida muammoga doir ta’limni maqsadga muvofiq tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi.
Maqsadga muvofiq yondashuv deganda o‘quv- biluv jarayoni yoki ta’lim mazmuni, metod va shakllari tizimining ijodiy faoliyatni rivojlantirishga doir maqsadli yo‘naltirilgan maxsus tashkil etilgan tuzilmasi tushiniladi.
Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri barcha bolalarning ijodiy faoliyati har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan o‘quvchilarni aniqlash, ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. Buning uchun esa: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada:

  1. O‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlash.

  2. O‘qituvchi va o‘quvchilar munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirish.

  3. Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda bilishga doir innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

Hozirgi davrda o‘quvchilarning biror- bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog‘liq bo‘lgan evristik va muammoli ta’lim o‘quv-biluv jarayoniga faol kirib kelmoqda.
V. Karimova o‘z tadqiqotlarida ilmiy faoliyatni ushbu uch turi amalga oshirilganda shaxsning unga mos bo‘lgan sifatlari :
1) O‘quvchilar tomonidan tashqi olamni kuzatish jarayonida zarur bo‘ladigan sifatlari;
2) O‘quvchilar uchun faoliyatning ijodiy mahsulini yaratish sharoitlarini ta’minlovchi ijodiy faoliyat sifatlari;
3) O‘quvchilar bilish faoliyatini tashkil etganda uning oldingi ikki holatda- bilish va ijod holatida ko‘rinadigan sifatlari namoyon bo‘lishini ko`rsatib o`tadi.
Quyida sanab o‘tiladigan sifatlar ijodiy izlanishli ta’lim turini rejalashtirish, tashkil etish va samaradorligini nazorat qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ijodiy faoliyat sifatlariga quyidagilarni kiritish mumkin :

  • ehtirosli-obrazli sifatlar: ijodiy vaziyatlardan ilhomlanish, zavqlanish, jo‘shqinlik;

  • obrazlilik, uyushganlik, yangilik va g‘ayrioddiylikni his etish, ziddiyatlarga nisbatan sezgirlik, ijodiy moyillik, ichki kurashlarni sinashga bo‘lgan qobiliyat, ramziy ijodkorlik va boshqalar.

  • tashabbuskorlik, kashfiyotchilik, zehn, o‘ziga xoslik, har xillik, nostandartlik;

  • g‘oyalarni topishga, ularning individual, o‘zga insonlar bilish ob’ektlari bilan munosabatlariga nisbatan qobiliyati;

  • maktabda, oilada va boshqa ijtimoiy muhitda beriladigan axloq me’yorlarini saqlab qolish ko‘nikmasi bilan uyg‘unlashadigan fikrlar, tuyg‘ular va harakatlar erkinligi;

  • sezgirlik, tanish narsalarni notanish narsalarda ko‘ra olish va aksincha; muammolarni hal etishda stereotiplarni yenga olish, o‘zgacha makonga chiqish qobiliyati;

  • o‘rganilayotgan ob’ekt bilan dialog olib bora olish ; bilish metodlarini tanlay olish; ob’ektning o‘xshash ob’ektlar bilan vazifa va aloqasini topish;

  • ob’ektlarning o‘zgarishi, uning o‘sish yoki rivojlanish dinamikasini aniqlash;

  • ob’ektning xossalariga ko‘ra bilishning yangi metodlarini yarata olish ;

  • gipotezalarni ta’riflay olish taxminiy fikrlar, qonuniyatlar, formula, nazariyalarni, konstruksiyalash: intuitsiya, meditatsiyaga ega bo‘lish ;

  • o‘z qobiliyatini ijodiy ishlarni bajarish va himoyalash shaklida amalga oshirish, tanlovlar, olimpiadalarda ishtirok etish tajribasiga ega bo‘lish.

Bilishga doir sifatlar:

  • fiziologik sifatlar: o‘rganilayotgan ob’ektni ta’lim yordamida ko‘rish, eshitish, sezish, his eta bilish; ishqobiliyati, shijoatni tarbiyalash;

  • intellektual sifatlar: qiziquvchanlik , zehnlilik, mulohazalilik, ziyraklik, mantiqiylik, onglilik dalillash, analitik, sintetik o‘xshashini topa olishga qodirlik, isbotlashning turli shakllaridan foydalanish, ishqibozlik ;

  • sinchkovlik, zakovatlilik, muammolarda izlanuvchanlik, tajribalarga moyillik, savollar bera bilish, ziddiyatlarni ko‘ra olish, muammo va gipotezalarni ta’riflay olish, nazariy va amaliy tadqiqotlarni bajara olish, turli xil topshiriqlarni yechish usullariga ega bo‘lish, xulosa va umumlashmalar qilish, harakatning tezkorligi tafakkurining xilma-xilligi;

  • shaxsiy faoliyatida aks etgan madaniy me’yorlar va an’analarga ega bo‘lish; o‘z bilimlari va olgan natijalarini dalillay bilish;

  • tanlash vaziyatlarida tanlay bilish;

  • paydo bo‘lgan har qanday muammo bo‘yicha o‘zining tushingani yoki tushunmaganini bildirishga qodirlik;

  • o‘zgalar nuqtai nazarini tushunish va baholay olish, mazmunli dialog yoki munozarali chiqishlar qilish;

  • o‘rganilayotgan sohalarni tizimli ko‘ra bilish; ob’ektlar aloqalari, ularning sabablari, ular bilan bog‘liq muammolarni izlab topish; har qanday ob’ekt va hodisa (tabiat, madaniyat, siyosat va hokazo) mohiyatini aniqlashga to‘g‘ri yondasha bilish ;

  • ob’ektlar orasidan asosiysini tanlay bilish, ular orasidagi bir-biriga bog‘liqlikni izlash; tanilgan ob’ektlarning yangi vazifalari va aloqalarini ko‘ra bilish; ob’ektning kelib chiqish sabablarini izlashga qodirlik, ob’ektning ma’nosi, uning manbaini topishga qodirlik ;

  • o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha ma’lumotga, tayanch bilimlarga malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

  • o‘rganilayotgan bilimning asosiy muammolarini mo‘ljalga olish;

  • ta’lim samarasi va sinfdoshlarining erishgan natijalarni qiyoslayo bilish, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini ajratish, shaxsiy ta’limiy natijalarni qayta aniqlash yoki qayta ishlash ;

  • -madaniy-tarixiy o‘xshashliklarning kelib chiqish (namoyon bo‘lish) sabablarini izlashga qodirlik, uning tuzilishini aniqlay bilish, o‘xshash ideal ob’ektlar bilan aloqalarni topish, ideal ob’ektlar tizimini tuzish, ularning shakllangan tamoyillar va mezonlar asosida madaniy- tarixiy o‘xshashliklarning tegishli real ob’ektlar bilan aloqalari tizimini anglay bilish;

  • ma’naviy, moddiy va faoliyat shaklida erishilgan bilimlarni ruyobga chiqarishga qodirlik.

Tashkiliy faoliyat- sifatlari:

    • o‘quvchi tomonidan o‘zining individual xususiyatlarini, fe’l-atvoridagi belgilarini, har bir o‘quv fani va ta’lim sohasidagi mashg‘ulotlarning maqbul shakllarini bilish;

  • mavzu yoki boshqa o‘quv fanidan o‘z mashg‘ulotining maqsadini anglab olish va tushuntira bilish, nimalarni bajarayotganini aniq tushuna bilish;

  • yangi yoki erishilmagan yaxshi maqsad, unga erishish dasturining mavjudligi, ishni oxirigacha yetkazish uchun qat’iyat, maqsadga sodiqlik; maqsadni qo‘ya bilish, maqsadga intiluvchanlik maqsadga erishish uchun qat’iyatlilik;

  • berilgan bilim sohasiga yoki faoliyatga o‘quv maqsadini qo‘ya bilish, unga erishish rejasini tuza olish; o‘zining individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan rejani bajarish; o‘z natijasini olish va anglash; uni sinfdoshlarining shunga o‘xshash natijalari bilan qiyoslash;

  • egallangan malakada ifodalanadigan faoliyat qoidalari, uning qonunlari tizimini shakllantirish, faoliyat natijalarini prognozlash ;

    • o‘z-o‘zining faoliyatini rejalashtirish, harakatni dasturlash, faoliyat bosqichlari va usullarini yaxshilash, harakatning o‘zgaruvchanligi rejalarning bajarilishi; faoliyatga yondashuvning xilma-xilligi, ayni paytda turli xil muqobillarini esda saqlash ;

  • o‘zining keyingi o‘qish rejasini tuza bilish; faoliyati ma’no mazmunini aniqlash, natijalarni maqsadlar bilan birlashtira olish, o‘z-o‘zini kuzatish, o‘z-o‘zini tahlil qilish va o‘z-o‘zini baholay bilish;

  • ta’limning boshqa sub’ektlari bilan hamda atrof-olam bilan o‘zaro harakatga qodirlik; o‘z g‘oyalarini himoya qila bilish, atrofdagilarning mulohazalarini tinglay olish, “zarbaga dosh berish”; mustaqillik, intiluvchanlik, qat’iyatlilik, kirishimlilik;

  • o‘zgalar ijodiy faoliyatini tashkil etishga qodirlik, boshqa o‘quvchilar bilan birgalikda g‘oyalar yaratish, unda ishtirok etish; g‘oyalar, bahs, munozaralarni qiyoslash va chog‘ishtirish.

Shunday qilib evristik ta’lim, kam deganda o‘quvchining uchta integratsion qobiliyati; ijodiy qobiliyati, bilishga doir va faoliyatga oid qobiliyatiga tayanadi. Demak, evristik ta’lim deyilganda o‘quvchining ta’lim samaradorligini ta’minlashga qaratilgan faoliyat va harakatni amalga oshirishdagi kompleks imkoniyatlari tushuniladi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda o‘quvchilar maqsadlarni quyidagicha guruhlash mumkin;
Shaxsga yo‘nalgan maqsad- ta’lim maqsadini idrok etish, o‘zida ishonch hosil qilish, o‘zining potensial imkoniyatlari, aniq individual qobiliyatlarini amalga oshirish;
Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga doir maqsad majmuini tuzish, sharhli insho, texnik modellarni konstrksiyalash, rasmlar chizish va boshqalar.
Bilishga oid maqsad- atrofdagi borliq ob’ektlarini bilish; paydo bo‘lgan muammolarni yechish usullarini o‘rganish, birinchi manbalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lish, tajriba qo‘yish, tajribani o‘tkazish;
Tashkiliy maqsad- o‘quv faoliyatini o‘zi tashkil etish malakasiga ega bo‘lish, o‘z oldiga maqsad qo‘ya bilish va faoliyatni rejalashtirish, jamoada ishlash malakasini rivojlantirish , munozara olib borish texnikasini egallash;
Fanga oid maqsad- o‘rganilayotgan fanga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish: o‘rganilayotgan mavzuga kirgan asosiy tushuncha, voqea-hodisa va qonunlarni bilish; oddiy asboblardan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish; mavzu bo‘yicha ijodiy topshiriqlarni izlanishli ta’limning asosiy texnologik elementi-darsda izlanuvchan ta’lim vaziyatini yaratish, ya’ni dolzarb faolllashtiruvchi vaziyat, yaratishdan iborat an’anaviy darsga muqobil holatda bo‘ladi. Uning maqsadi maxsus tashkil etilgan faoliyat davomida o‘quvchilar tomonidan shaxsiy ta’limiy natijalar (g‘oya, muammo, gipoteza, chizma, tajriba, matn)ni ta’minlashdan iborat.
Izlanishli ta’limiy vaziyat o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan yoki o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan, uning barcha ishtirokchilaridan evristik faoliyat orqali o‘z yechimini talab qiladigan ta’limiy harakat bilan baholanadi. Ta’lim samaradorligi natijasini oldindan aytib bo‘lmaydi, avvalo muammo qo‘yiladi, so‘ng faoliyat texnologiyasi yaratiladi, o‘quvchilarning ta’limiy harakati kuzatib boriladi, biroq oldindan olinishi lozim bo‘lgan ta’limiy natijalari ma’lum bo‘lmaydi.
Izlanishli ta’limiy vaziyatlarning asosiy texnologik elementlari: motivatsiya, muammolar qo‘yish, vaziyat ishtirokchilari tomonidan muammni yechish, ta’limiy natijalarni namoyon etish, ularni bir-birlari bilan qiyoslashdan iborat.
Ta’limiy vaziyat o‘qituvchi tomonidan quyidagi tarzda tashkil qilinadi: kerakli material va ta’limiy ob’ekt ajratiladi, ular o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganiladi, asosiy tushunchalar tanlanadi. Tadqiqotning umumiy ob’ekti, uning ma’nosini izlash, faoliyatning yangi usullari hamda turlarini izlash zarurati evristik vaziyatning asosi bo‘lishi mumkin.
O‘qish darslarida o‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishga mo‘ljallangan turli ijodiy topshiriqlardan foydalanish asosida o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritishga zamin hozirlash mumkin. Quyida shunday topshiriqlarni tashkil qilish shakllaridan namunalar keltiramiz:










Xulosa


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor qo‘nalishlarini izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.
Bozor munosabatlariga asoslangan jamiyatda yashash har bir insondan ayniqsa, o‘quvchi-yoshlardan keng bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. SHunday ekan, voyaga yetayotgan yosh avlodni oilada va ta’lim-tarbiya muassasalarida ijodiy mushohada qilishga o‘rgatib borish zarur.
Ilmiy izlanish jarayonida uzluksiz, yaxlit, o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlovchi ta’lim to‘laqonli amalga oshmayotganligi sababli o‘quvchi-yoshlarning ijodiy faoliyat darajasi sust darajada rivojlanayotganligi aniqlandi. Ayrim paytlarda mustaqil mushohada yuritmaslik oqibatida ta’lim jarayonida muammolar yuzaga kelmoqda.
Shunday qilib, boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyati shaxsning shakllanishi bilan o‘zaro aloqada real pedagogik jarayonni vujudga keltiradi va bu jarayon turli ta’lim konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtirilishi va ta’lim muassasalarida tadbiq etilishi maqsadga muvofiq.
Intellektuallik, mustaqil va erkin fikrga egalik, yuksak onglilik va intellektual madaniyatlilik kabi hislatlarni shakllantirish hamda o‘quvchilarni ob’ektiv va hissiy bilishlarini rivojlantirish uchun maxsus metodika, maxsus pedagogik ta’sir o‘tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali erishish mumkin.


Yüklə 73,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin