"Himoyaga ruxsat etilsin"


Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə10/15
tarix02.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124123
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
DURDONA BMI 2023 (2)

2.3. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni
shakllantirish metodikasi

Zamonaviy jamiyatni rivojlanishi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini uning mazmuniga muvofiqlashtirish metodikasini amaliyotda tadbiq etish dolzarb masalalardan biri ekanligini ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan shaxs va uning o‘zi xosligiga e’tibor, ijtimoiy faolligi, dunyoqarashi va ongi, milliy va umuminsoniy madaniyatga munosabati hamda ta’lim jarayonida shaxs traektoriyasi va uning tendensiyasi alohida tadqiq etilishi taqozo etiladi.


Tadqiqotchi I.B. Kotova o‘z ilmiy qarashida bu masalaga e’tibor qaratib, XX asrning so‘nggi o‘n yilligi yangi pedagogik tafakkurning paydo bo‘lishi bilan alohida ahamiyat kasb etishi hamda ta’lim sohasiga tegishli qadriyat, texnologiya, metodika va yondashuvlar tizimini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligi va shuningdek, shaxsni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yetakchi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir, degan fikrni ilgari surgan [30].
Darhaqiqat, ta’lim sohasida yangicha yondashuv tamoyillarini shakllantirish, har bir pedagogdan yuqori psixologik-pedagogik kasbiy sifatlarni o‘z shaxsida qaror toptirish, ta’lim tizimida insonparvarlik omillari ustuvorligini ta’minlash, milliy va umuminsoniy qadriyat mohiyatiga muvofiq yo‘nalganlik, shaxsning erkin rivojlanishi hamda o‘zni o‘zi anglashi va rivojlantirish zaruratini yuzaga keltiradi.
Bu jarayon albatta, shaxs dunyoqarashi, sog‘lom nuqtai nazari, intellektual rivojlanganligi hamda madaniy va axloqiy prinsipial yondashuvlarni ta’lim mazmuni bilan uyg‘unlashganligi negizida qaror topadi.
Bunda eng avvalo, shaxs rivojlanishiga qaratilgan ta’lim texnologiyasi va o‘qitish metodikalarining yetakchi omillarini o‘quv jarayoniga singdirilganligi, maqsadlar uyg‘unligi va izchilligini ijtimoiy ahamiyati ustuvorlik kasb etadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari ijtimoiy sharoitlar bilan muvofiqlashganda, shaxsning o‘zi barcha tashabbusni nazoratiga olgan holda munosabatlarni belgilovchi markazda bo‘lib, tizimlilik va izchillik, muvofiqlik va nomuvofiqlik, tanlanganlik va yaxlitlik negizida o‘zini o‘zi kasbiy kompetentligini elementar xususiyatlarini chiziqlilik yondashuvi asosida rivojlantiradi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida inson dunyoqarashini o‘zgaritirish, ongi va tafakkurini innovatsion yondashuvga muvofiqlashtirish, ta’lim mazmunini yangi bosqichiga olib chiqish hamda o‘z xatti-harakatlariga nisbatan mas’uliyat hissini qaror toptirishdir. Shuningdek, ta’lim olish negizida istiqbolli kelajakni ko‘ra olish, o‘zini o‘zi rovojlantirish ideallarini yaratish, o‘zi va o‘zgalar taqdiriga daxldorlik, aniq maqsadni qo‘yish va rejalar tuzish, ma’naviy jihatdan yuksalish, jismoniy chiniqishni barqaror xususiyatlari va moyilligi masalalariga e’tibor qaratish lozim.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasining asosiy maqsadi, shaxsni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmasdan, balki ta’lim funksiyalarini amaliyotda to‘liq namoyon etishi uchun shart-sharoitlarni yaratish hamda shaxsning ichki potensialini yuzaga chiqarishga qaratilgan motivatsion omillardan maqsadli faoydalanish metodikalarni o‘quv jarayoni mazmuni bilan uyg‘unlashuvini ta’minlashdir. Bunda, eng avvalo, ta’lim tizimini asosiy tamoyili sifatida shaxs individualligi hamda uning tipologik xususiyatlarini e’tiborga olish, rivojlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlarni yaratish, sub’ektiv va ob’ektiv omillarni hisboga olish muhim ahamiyatga egadir.
Shu o‘rinda, shaxsning jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojini shakllantirish va uning imkoniyatlarini yuzaga chiqarish muhim ahamiyatga egadir. Jismoniy chiniqishga barqarorlik imkoniyatlari shaxsning individual hususiyati, xususan uni irodasiga bog‘liq bo‘lib, motiv va jismoniy kamolotiga bo‘lgan ehtiyoj hamda o‘zini o‘zi anglashi va boshqarish negizida ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq. Bunda shaxsni jismoniy chiniqtirish va sog‘lomlashtirishda ta’lim tizimi yangi paradigmasini ishlab chiqish hamda individual qobiliyatlarini rivojlatiruvchi metodikalarga tayanish taqozo etiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojini shakllantirishda, quyidagi metodik yondashuvni eng muhim omil sifatida ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq:

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin