"Himoyaga ruxsat etilsin"



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə12/15
tarix02.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124123
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
DURDONA BMI 2023 (2)

-to‘rtinchi metodik yondashuv - bu energiyani optimallashtirish. Bunda talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirishga ta’sir etuvchi optimal mashg‘ulot davomiyligi va davriyligi alohida qayd etilgan holda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiladi. Tananing energiya kanallari tizimi ishlashini muvofiqlashtirish, energiya diognostikasi, energiya korreksiyasi, energiya profilaktikasi, charchoq hissini kamaytirish va faol avtonom mexnizmni qaror toptirish, tana organlariga ta’sir o‘tkazish va ularni muvofiq ishlashga yo‘nalganligini ta’minlash hamda energiya doimiyligi, ritm barqarorligini ichki va tashqi omillar asosida ta’minlashni faollashtirishdan iborat.
Talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirish-ning energitik optimallashtirish mashg‘ulot davomiyligi va davriyligi muhim ahamiyat kasb etib, ruhiy va psixologik omillarga hamda aniq reglamentga to‘lq muvofiqlashgan bo‘lishini taqozo etadi.
Umuman olganda shaxsni jismoniy mashg‘ulotlar bilan ishlash jarayonida tananing energiya kanallari tizimi bilan bog‘liq masalaga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu jarayon shaxsni jismoniy mashg‘ulot bilan davomiy va davriy shug‘ullanishiga motivatsiya berishi yoki negativ omillarni shakllantirib, uni sportdan uzoqlashtirishi mumkin.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirishga muvofiqlashtirish taklif etilayotgan ushub metodik yondashuv, umumiy qabul qilingan dasturlardan har jihatdan farq qilgan holda, innovatsion pedagogik texnologiyani individual tarkibiy elementlaridan foydalanishni taqozo etadi. Bu jarayon nostandart zamonaviy metodik yondashuv bo‘lib, ma’lum ma’noda kafolatlangan natijalarni ta’minlab, o‘quv faoliyatini yaxshilash va talabalarning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatish omilini belgilaydi. Shu nuqtai nazardan talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantiruvchi innovatsion pedagogik texnologiyani tarkibiy elementlari ma’lum kombinatsiyasini amalga oshirish va uni uzviy aloqadorlik faoliyatda namoyon bo‘lishi taqozo etadi.
Ta’lim jarayonida talabalar jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantuvchi tarkibiy elementlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
- sport mashg‘ulotlari va jismoniy tarbiya jarayonida shaxs irodasining tarbiyalanganligi;
- sport bilan shug‘ullanish va chiniqishga yo‘naltirilgan sog‘lom fikr hamda ko‘nikmalar;
- sport turlarini klassifikatsiyalanganligi hamda individual sifat va xususiyatlarga muvofiqlashtirilganligi;
-individual layoqot va qiziqishlarni yo‘nalganligi;
- sport va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan talabalarning mustaqil holda shug‘ullanishi;
- ommaviy sog‘lomlashtirish sport mashg‘ulotlarida faol ishtiroki hamda sog‘lom turmush tarzi jaryonini kundalik hayot tarziga aylanganligi.
Bundan ko‘zlangan maqsad talabalarda sport va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga oid bilimni shakllantirish, sog‘lom turmush tarzi madaniyatini oshirish, individual jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash, ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda jismoniy madaniyatni qadriyatga aylantirish va ijtimoiy-madaniy munosabatlar toifasiga olib chiqishdir. Ta’kidlash lozimki, ta’lim jarayonida talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirish jismoniy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi integratsiyasini barcha oilalarga olib kiruvchi asosiy omildir. Shuningdek, jismoniy chiniqishga barqarorlikni shakllantirish jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy samarani ta’minlaydigan ko‘p bosqichli jaryon bo‘lib, shaxsni o‘zini o‘zi kamol toptirishga yo‘naltirilgan dinamik rivojlanishning asosi hamdir. Faol jihatda olib qaraydigan bo‘lsak, talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirish jismoniy madaniyatga oid qadriyatlarini o‘zlashtirish hamda qo‘llaniladigan sport mashg‘uloti vosita va usullari ko‘p qirrali o‘quv faoliyat turi sifatida e’tirof etiladi. Ta’kidlash lozimki, talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirish dinamikasi jismoniy madaniyat mohiyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularning psixoemotsional holatlari hamda individual xususiyatlari negizida qaror topadi.
Shaxsda jismoniy salohiyatini shakllantirish inson irodasi, uni tarbiyalash va ma’lum ko‘nikmalarni qaror toptirish muvofiqlashgan yaxlit zanjir halqasida aks etadi va shu ma’noda talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirishning vosita va omillari salomatlik kafolati hamda sog‘lom turmush tarzining sharti sifatida baholash mumkin. Ta’lim jarayonida jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirishning muhim elementlaridan biri - bu shaxsning motivatsion omilidir. Bunda eng muhim masala, talabaning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabati, o‘zini o‘zi sog‘lomlashtirish yuzasidan sport mashqlariga bo‘lgan moyilligi, uning turlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar hamda jismoniy madaniyat tushunchalarini shakllanganligidir. Ta’lim tizimida talabalar jismoniy madaniyatni shakllantirish, uning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish hamda muntazam faoliyat turiga aylantirish innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash va nostandart metodik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish asosida yuzaga chiqadi.
Bugungi kunda jamiyat yoshlari orasida sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish va jismoniy madaniyat, sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik tushunchalarni pasayishi kuzatilmoqda. Uning o‘rnini vertual olam o‘yinlari va unga bog‘liqlik borgan sari ortib borishi hamda shaxsni o‘zi va boshqalardan begonalashuvi simtomlari yuzaga kelmoqda. Bu esa, yoshlarda sog‘lom turmush tarzi, salomatlikni mustahkamlash, jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarni shakllantirishga bo‘lgan nofaollashuv, tananing jismoniy barkamolligi, sog‘lom dunyoqarash uyg‘unligi hamda shaxsga xos individual jismoniy xususiyatlarni rivojlantirish motivlarini sustlashishga olib keladi.
Talabalar jismoniy chiniqishga barqarorligining susayishi, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishga bo‘lgan motivatsiyasining yo‘qligi hamda to‘g‘ri tarbiyalanmaganligi bilan asoslanishi maqsadga muvofiqdir. Ta’kidlash lozimki, bu masala jamiyatning umumiy muammolaridan biri bo‘lib, yoshlar ta’lim va tarbiyasiga yetarli darajada e’tibor berilmayotganligi yoki amalda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni to‘liq oxirigacha yetkazilmayotgan-ligidandir. Shuningdek, bu jarayon mavjud pedagogik shart-sharoitlarni o‘rganmaslik oqibati bo‘lib, jamiyat ta’lim tizimida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar mazmunining yo‘qolishiga olib keladi.
Shaxs jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarni shakllantirishda jismoniy tarbiya pedagogikasi va motivlarni shakllantirish vositalariga mos keladigan quyidagi xususiyatlariga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Shaxsning jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarni shakllantirishga qaratilgan shaxs qiziqishi, jismoniy mashqlar yo‘nalishini bilan uyg‘unligini aniqlashga asoslangan eksperimental diagnostika; jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ijro mexanizmlarini o‘z ichiga oluvchi faoliyati natijalarini tekshirish va tartibga solish hamda boshqarish; tizimli mashqlar bilan uyg‘unligi hamda motivatsion tarkibiy qismlarini aniqlash.
Shu o‘rinda ta’kidlash mumkinki, spot va jismoniy mashg‘ulotlar yoshlar tarbiyasida foydali hamda rivojlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarini yuzaga chiqarishda ijodiy faollik ko‘rsatsa yuqori samaradorlikka erishiladi. Shuning uchun yoshlarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirish sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishda asosiy omil bo‘lib, shaxs faoliyatning ehtiyoji va motivni aniqlash, hamda dinamik o‘sish va moslashuvchanlik omillarini tadqiq etib borishni taqozo etadi. Bunda sport mashg‘ulotlari va jismoniy tarbiya darslarining mazmunini boyitish, uni yangi metodlar bilan amaliyotda joriy etishda shaxsni real imkoniyatlari va mavjud ehtiyojlarini hisobga olishning davr talabi ekanligini unitmaslik lozim.
Mulohazamizga ko‘ra, shaxsda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarni ta’minlashda sport mashg‘ulotlari tizimini yangilash, uning asosiy pozitsiya va metodlarini zamonaviylashtirish hamda ta’lim yo‘nalishini kuchaytirish va ijodiy rivojlanish masalalariga e’tibor qaratish muhimdir.
Talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirishda amalga oshiriladigan birinchi bosqichda, jismoniy tarbiya bo‘yicha dars mashg‘ulotlarida, talabalarning fiziologik xususiyat va imkoniyatlari hisobga olinadi. Bunda klassik sxemaga asoslangan, ma’lum ma’noda muvofiqlashtirilgan inson ta’nasiga xos bo‘lgan turli somatotiplarning funksional xususiyatlari asosiy omil etib belgilanadi.
Talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirish-ning ikkinchi bosqichida, talabalar jismoniy tayyorgarlik texnologiyasi hamda xususiyat va sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim mashg‘ulotlarini individual va guruhiy formada tashkil etishga yo‘naltirilgan dars mashg‘ulotlari metodlaridan foydalanish nazarda tutiladi. Uchinchi bosqichda esa, talabalarning jismoniy tayyorgarligini baholash masalalariga e’tibor qaratiladi. Ta’kidlash lozimki, talaba tomonidan amalga oshirilgan mashg‘ulot jarayonlarini baholash uning psixologik holatiga ta’sir o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lib, ob’ektivlik muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi yoki murabbiy tomonidan sub’ektiv baholash va adolatsizlik jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanish hamda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarni shakllantirishda negativ omillarni yuzaga keltirishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, talabada jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarni shakllantirishda pedagogik yondashuv muhim o‘rin tutib, sub’ektiv baholash va adolatsizlik ko‘pincha kerakli natijaga erishish uchun to‘siq bo‘lib, stressli vaziyatlarni yuzaga chiqishiga olib keladi. Buning natijasida talabani jismoniy tayyorgarlik darajasi ba’zi hollarda oshishi mumkin, ammo aksariyat hollarda sport va jismoniy mashg‘ulotlarga nisabatan antipatiya paydo bo‘lib, umrning oxirigacha saqlanib qolish ehtimolligi yuqori bo‘ladi. Natijada esa talabada jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvini tabiiy tendensiyasi izdan chiqadi, sa’iy harakatlar jismoniy madaniyat konteksida mazmun-mohiyatini yo‘qotadi, talabaning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqish va qobiliyatlari so‘nadi; jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarining asosiy tamoyillari o‘zini oqlamaydi; jismoniy barqarorligini shakllantirish motivlari ko‘zlangan natijani bermaydi va me’yoriy og‘ish kuzatiladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin