"Himoyaga ruxsat etilsin"



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə9/15
tarix02.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124123
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
DURDONA BMI 2023 (2)

2.2. Nomutaxassis (jismoniy tarbiya va sport sohasida bo‘lmagan) ta’lim yo‘nalishi talabalari faoliyatida sog‘lom turmush tarzini barqaror shakllantirish texnologiyalari
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida jismoniy tarbiya modelini ishlab chiqish bitiruvchilarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish bilan birgalikda ularning jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarni shakllantirish metodikasi mohiyatini, uslubiy-tashqiliy hamda psixologik-pedagogik jihatdan modellashtirishni taqozo etadi. Ushbu paragrafda ta’lim oluvchining jismoniy madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan, ularning sog‘lom turmush tarziga amal qilish barqarorligini ta’minlashning innovatsion modelini tavsiya etilish, shaxsga xos bo‘lgan asosiy komponentlar va xususiyatlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish usuli orqali mobillashuv sifatlarini shakllantirish xususida fikr yuritiladi. Shuningdek, analitik xulosalar chiqarish, shaxsning yuksalishi, o‘zini o‘zi rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojini anglash yuz bergandagini amalga oshishi va uning mexanizmlari tavsiya etiladi.
Barcha davlarda bo‘lgani kabi, XX asrning oxiri XXI asrning boshida inson salomatligi, uning jismoniy chiniqishi va doimiy sport bilan shug‘ullanishiga bog‘liqligi borasidagi fikr-mulohaza, ilmiy gipoteza va uning modellari hamda ilg‘or konsepsiyalar majmui borasida tadqiqotchilar izlanishlarini yanada chiqurlashtirish zarurligini, xususan, shaxsga yo‘naltirilganligiga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaganlar [31].
Ushbu ta’lim oluvchining jismoniy madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiya modeli talaba (o‘quvchi)ning o‘ziga xosligini, uning ongli va ijodiy o‘zini o‘zi anglash zarurligi, sub’ektiv va ob’ektiv munosabatlar faoliyatida o‘zaro uyg‘unlik masalasi, pedagogik jarayonda insonparvarlik yondashuvi, shuningdek, ta’lim sub’ektlari o‘rtasidagi qulay munosabatlarning muhimligiga asoslanadi hamda shaxsiy individual kamolot mezoni sifatida e’tirof etiladi.
Ta’lim oluvchining jismoniy madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiya modeli pedagogik faoliyatning antropotsentrik modeli bilan hamohang bo‘lib, uning negizida ta’lim oluvchi uchun zaruriy komponentlarni ajratib ko‘rsatish, ularning o‘zaro bir-biriga ta’siri, asosiy maqsadi, mobillik xususiyatlari, motivatsion ahamiyati, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligi orqali "individual ichki faoliyat asosida o‘zini o‘zi kashf etish, yashirin qobiliyatlarini namoyon etishga” qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Ushbu innovatsion texnologiya modelida jismoniy chiniqish va sog‘lomlashtirishning mobillashgan sifatlarni shakllantirish mexanizmi aks etgan bo‘lib, pedagogik jarayonda o‘qituvchi tomonidan talaba (o‘quvchi)ning o‘ziga xosligi, uning sub’ektiv faoliyatini namoyon etishda ob’ektiv shart-sharoitlarning maqsadga muvofiq yaratilganligiga bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tilgan. Jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarziga anglangan, maqsadli, ijodiy va shaxsiy yondashuv ta’lim oluvchining "jismoniy chiniqish va rivojlanish zonasiga kirish kabi" potensialni hisobga olishni, ma’naviy o‘zini o‘zi takomillashtirish, erkin tanlovni amalga oshirishni anglatadi.
Ta’lim oluvchining jismoniy madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiya modelida asosiy e’tibor komponentlarning o‘zaro bir birini taqozo etishi, o‘zlashtirish jarayonida aniq maqsad va ketma-ketlikning belgilanganligi, ta’lim jarayonida ob’ekt va sub’ektning faoliyat samaradorlikka erishishi uchun, ichki uyg‘unlikning ma’lum bir tizimga keltirilishi, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish, o‘qituvchining kreativligi va ta’lim oluvchining individualligi, o‘ziga xosligi va mustaqilligi asosiy omil sifatida belgilangan. Ushbu modelning maqsadli ko‘rsatmalari jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzini jamiyatning barcha bug‘inida pedagogik ta’lim texnologiyalarining zamonaviy va o‘ziga xos bo‘lgan yangicha yondashuvi asosida ongli va samarali psixofiziologik holatni shakllantirish, jismoniy intellektini oshirish, axloqiy va estetik rivojlanishni uyg‘unlashtirish, ijodiy rivojlanish asosida insonning jismoniy madaniyatini shakllantirishdir. Ushbu modelda alohida ajratib ko‘rsatilgan asosiy komponent va xususiyatlarni istiqbolda jismoniy madaniyatni rivojlantirish yuzasidan davlat va jamiyat dasturlari mazmuniga singdirish, ta’lim traektoriyalariga muvofiqlashtirish, pedagogik qo‘llab-quvvatlashning hayotiy zaruriyatlardan biri deb hisoblaymiz. Ushbu pedagogik jarayonda muvofiqlik va algoritmlik asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Jismoniy tarbiyada muvofiqlik va algoritmlikni ta’lim jarayoni traektoriyasida aks ettirish deganda biz, o‘quv materialini talaba (o‘quvchi)- larining o‘zlashtirishining mazmuni, mosligi, aniq hisob-kitobga tayanishi, shakllari, vositalari, usullari va darajasini muqobil tanlashga asoslangan holda o‘qitishni individualizatsiyalash texnologiyasini tushunishni nazarda tutmoqdamiz. Ushbu modelda aks etgan yangilik va mantiqiylik jismoniy madaniyatning xilma-xilligini mustaqil, mas’uliyatli va ijodiy rivojlantirish jarayonida yadro bo‘lib xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya amaliyotida ta’lim oluvchining jismoniy madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiya modelini tatbiq etishning asosiy mohiyati ta’lim mazmuniga mosligi, o‘quv jarayoni differensiatsiyasi va sub’ektlarining o‘zaro munosabatlaridagi muvofiqlik tamoyillari mazmunini belgilaydi.
Asosiy komponent sifatida ko‘rsatilgan ta’lim oluvchining faolligi va o‘zaro bir-biriga ta’siri pedagogik ta’sir mexanizmlarining zamonaviy ko‘rinish bo‘lib, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, hamrohlik, sheriklik, yordam, birgalikda ijod qilish bilan tavsiflangan holda, o‘qituvchining o‘zaro ta’sir mexanizmlari bilan almashtiriladi. Bu jarayon yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, “talaba - talabga ustoz, talaba - talabaga shogird” tamoyili asosida faoliyat amalga oshirilib, o‘quv jarayoni va undan tashqari holatda ham muntazam muvofiqlashgan hamkorlik, o‘rgatish va o‘rganish mexanizmi barqaror ishlaydi. Bu jarayon albatta, motvatsion faoliyatni qanchalik pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvtlashga va yo‘naltirishga bog‘liq.
Faoliyatni motivatsion qo‘llab-quvvatlash deganda biz ta’lim oluvchiga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini rivojlantirishdagi pedagogik yordamni tushunamiz. "Qo‘llab-quvvatlash" tushunchasining semantik ma’nosi shundaki, mavjud bo‘lgan narsalarni qo‘llab-quvvatlash mumkin, ammo yetarli darajada emas, shuning uchun, talaba (o‘quvchi) rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, uning mustaqilligi, yo‘nalganligini bosqichma-bosqich o‘z boshqaruvga o‘tkazish, o‘z-o‘zini rivojlantirishni metodik jihatdan ta’minotchisiga aylanish lozim, biroq bevosita ishtirokchisiga emas.
Ta’lim oluvchining jismoniy madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiya modelini amalga oshirishni muvaffaqiyatli mezonlari asosiy komponent va xususiyatlarning mantiqiy va mazmunan bog‘langanligi bo‘lib, jismoniy chiniqish va sog‘lomlashtirishni motivlarini boyitish maqsadida jismoniy tarbiya o‘quv vositalaridan ijodiy foydalanish, o‘quv materaillarni klassifikatsiyalash, talaba (o‘quvchi)larni o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligi, mustaqilligi va faolligi bevosita ta’lim jarayonining zamonaviy yondashuv mexanizmlari bilan bog‘langanligidadir. Shuningdek, pedagogik ta’lim va tarbiya, ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlanish, o‘zini anglash va boshqarish, sog‘lig‘i va jismoniy sharoitlariga bo‘lgan munosabat, ta’lim oluvchini iroda xususiyatlarini rivojlantirish hamda zamonaviy bilim va tajribaga ko‘nikma va malakasini qaror toptiradi.
Jismoniy madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiya modeliga asoslangan ta’lim va tarbiya natijalari tabiiy va ijtimoiy muhit ta’siriga mobillik xususiyatlarni shakllantirgan, kreativ fikr va yondashuvga ega, ijodiy faol, mustaqil va harakatchan, sog‘lom turmush tarzining targ‘ibotchisi, jismoniy madaniyat bo‘yicha tarbiyalangan "shaxs-yaratuvchi" ning ijodkoriga aylanishi mumkin.
Shu o‘rinda jismoniy madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiya modelining asosiy komponentlarini yortish masalasiga e’tibor qaratamiz:
Maqsadlarni aniqlash va vazifalarni belgilash, bu jarayon, eng avvalo, ta’lim oluvchini jismoniy chiniqish va sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyasini yaratish bo‘lib, SMART mezonlari mohiyatiga tayaniladi, ya’ni aniqlik (specific), o‘lchanadigan (measurable), erishish mumkin (attainable) bo‘lgan, ahamiyatli (relevant), vaqti chegaralangan (time-bounded). Bunda albatta maqsadni to‘g‘ri belgilash, aniqlik, o‘lchanadigan darajasi, erishish ehtimolligining yuqoriligi, ilmiy-amaliy ahmiyati, amalga oshirish muddati, uning bosqichlari nazarda tutilgan bo‘lib, aniq vazifalarni belgilash, chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, yo‘l xartiasini belgilash hamda zamonaviy texnologiya hisob kitoblariga ko‘ra ilmiy gepoteza va amaliy qiymati borasida aniq taklif hamda tavsiyalarni berish nazarda tutilgan.
Jismoniy madaniyati va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyaning nazariy-metodologik asoslarida o‘rganuvchi ilmiy tadqiqotlar, asosiy tushunchalar va ta’riflar, ilmiy izlanishlarda ritorika, ilmiy tadqiqotlarni tasniflashning yondashuvlari va tamoyillari, ilmiy tadqiqotning uslubiy asoslari, ilmiy tadqiqot usullari tasnifiga e’tibor qaratish lozim. Albatta bu borada, ilmiy tadqiqotlar uchun vositalar belgilab olinishi zarur bo‘lib, bularga axborot - tahlil tizimlari arxitekturasi, ilmiy tadqiqotlarda axborot texnologiyalari va tizimlari, ilmiy tadqiqotlarda analitik platformalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish prinsiplari masalasi diqqat markazda bo‘lib, bunda asosan ilmiy tadqiqotda mantiqiy usullar, tadqiqot loyihasini tashkil etish tamoyillari ustuvorlik kasb etishi lozim.
Jismoniy madaniyat va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning maqsad va vazifalarini aniqlashda empirik tadqiqot usullari, xususan, kuzatish usuli, tajriba usuli muhim ahamiyat kasb etadi. Belgilangan vazifalarning qay darajada nazariy va amliy jihatdan bog‘liqligini, olingan natijalarning real vaziyatga muvofiqligi rasmiylashtirish va matematik modellashtirish usullari bilan tekshirib boriladi. Olingan natijalarning amaliy ahamiyati, qo‘yilgan rejaning o‘zaro muvofiqligi ilmiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan statistik usullar yordamida, xususan ilmiy tadqiqotlarda bashorat qilish, statistik prognozlash usullari negizida amalga oshiriladi.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin